
Mirzo Ulug'bek maktabi
📚
KRK — KASBIY RIVOJLANTIRISH SOATLARI DAVOM ETMOQDA!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda har shanba
Kasbiy rivojlantirish kuni (KRK)
doirasidagi mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.
Bugungi kasbiy rivojlantirish soatlarida pedagoglar:
🔹
zamonaviy pedagogik yondashuvlar;
🔹
ilg‘or metod va texnologiyalar;
🔹
dars samaradorligini oshirish usullari;
🔹
tajriba almashish va amaliy ko‘nikmalar ustida ishlamoqdalar.
🎯
Maqsad — o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash va ta’lim sifatini yanada oshirish. Har bir rivojlangan pedagog — sifatli ta’lim garovi!
📢
Farzandini Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'qitish istagida bo'lgan ota-onalar va kuzatuvchilar diqqatiga
!!
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab biror bir o'quv markazi yoki kurs bilan o'zaro kelishuv asosida o'quvchi tayyorlash yoki qabul qilish amaliyotini yuritmaydi. Maktabga qabul jarayoni faqat Agentlik tomonidan belgilangan qoidalar va bilim asosida amalga oshiriladi.
OTMlar va o‘quv markazlar bilan imzolangan memorandumlar esa ta'lim sohasida tajriba almashish, birgalikda loyihalar va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash kabi umumiy hamkorlik yo'nalishlarini nazarda tutadi.
Maktab bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, maktab tomonidan
Ochiq eshiklar kunlari
tashkil etiladi — barcha o'quvchilar, o'quv markazlari vakillari va ota-onalar tashrif buyurib, ta'lim jarayoni va sharoitlar bilan bevosita tanishishlari mumkin.
🚪
Eshigimiz hammaga ochiq — shaffoflik va ishonch biz uchun ustuvor.
🏆
YANA BIR YUTUQ — IELTS 7.0!
🌟
10-sinf o‘quvchimiz Boyqobilov Behro‘z
xalqaro
IELTS Academic
imtihonida yuqori natija qayd etdi!
🏅
Overall Band Score — 7.0
🎓
CEFR — C1
Bu natija — o‘quvchining muntazam mehnati, aniq maqsadi va ingliz tilini puxta egallashga bo‘lgan intilishining yorqin natijasidir.
10-sinfda IELTS 7.0 — katta marralar sari mustahkam qadam!
🚀
👏
Behro‘zni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Kelajakdagi xalqaro ta’lim va katta imkoniyatlar sari yo‘lingiz yanada muvaffaqiyatli bo‘lsin!
👏
Biz sen bilan faxrlanamiz, Behro‘z
!
🔥
YANA BIR ULKAN YUTUQ — IELTS 8.0!
Natija raqamlarda. Mehnat esa uning ortida.
11-sinf o‘quvchimiz
Abdullazizov Behzod
IELTS Academic xalqaro imtihonida
8.0
natijani qayd etdi!
🎯
📊
Natijalar:
🎧
Listening —
8.5
📖
Reading —
9.0
✍️
Writing —
7.0
🗣
Speaking —
7.0
🏆
Overall — 8.0 | CEFR — C1
Ayniqsa,
Reading — 9.0
— IELTS mezonidagi maksimal natija!
🔥
Bu — shunchaki yuqori ball emas. Bu
maqsad, intizom va izchil mehnatning natijasi.
👏
Biz sen bilan faxrlanamiz, Behzod!
#hamkorlik
#integratsiya
Bugun maktabimizda
Yangi O‘zbekiston Universiteti
professorlari ishtirokida 10–11-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi integratsiyalashgan darslar tashkil etildi.
PF-55-son Farmon
doirasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida kimyo fani professori
Amjad El-Qaniy
, fizika va matematika fanlari professori
Xudoyor Mamayusupov
maktabimizga tashrif buyurib, yuqori sinf o‘quvchilariga rejalashtirilgan dasturga muvofiq maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Mazkur darslar o‘quvchilarning
chuqurlashtirilgan bilimlarini rivojlantirish, fanlarni oliy ta’lim bilan integratsiya qilish va ilmiy-tadqiqotga qiziqishini oshirish
ga xizmat qilmoqda.
IYMC va xalqaro yutuqlar sari!
Bugun maktabimizning 11-A sinf o‘quvchisi,
rasmiy IYMC elchisi hamda xalqaro matematika olimpiadalari g‘olibi Sherzodbek Jo‘raqulov
tomonidan 7–8–9-sinf o‘quvchilari uchun maxsus taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida
IYMC xalqaro olimpiadasida ishtirok etish, yuqori natijalar va medallarga erishish, xalqaro sertifikat hamda akademik yutuqlar portfoliоsini shakllantirish
bo‘yicha tajriba va tavsiyalar berildi.
🎯
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda
matematika olimpiadalariga qiziqishni oshirish, iqtidorli va salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishga yo‘naltirish.
Bugungi qiziqish — ertangi g‘alabaning boshlanishi!
🏆
Matematika salohiyatingizni oching: IYMC va Xalqaro "Honors" (Yutuqlar) sirlari bilan tanishing!
🧠
✨
Sizni rasmiy IYMC elchisi (Ambassador) hamda bir nechta milliy va xalqaro matematika olimpiadalari gʻolibi 11-A sinf o‘quvchisi
Sherzodbek Jo'raqulov
tomonidan oʻtiladigan maxsus taqdimot-maʼruzaga taklif etamiz.
Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — IYMC xalqaro olimpiadasida qanday qilib
medallar (Honors)
, xalqaro sertifikatlar hamda yuqori natijalarni qoʻlga kiritish sirlari bilan boʻlishishdir. Ayniqsa,
chet el universitetlariga grant yutish uchun eng kerakli boʻlgan "Honors" (akademik yutuqlar) portfoliosini qanday toʻgʻri yigʻish
va xalqaro miqyosda oʻz nomingizni koʻrsatish strategiyalari haqida batafsil gaplashamiz!
📅
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt:
[ 7- sentabr ] 11:45—12:15 (7-8-9-sinflar)
Joy:
[ Faollar zali ]
Maʼruzachi:
Sherzodbek Jo'raqulov
(Rasmiy IYMC elchisi va xalqaro olimpiadalar gʻolibi)
🚀
Nima uchun qatnashishingiz kerak?
Chet el uchun "Honors" strategiyasi:
Dunyoning eng top universitetlari (AQSH, Yevropa, Osiyo) talab qiladigan xalqaro darajadagi akademik unvon va medallarni qanday toʻplashni oʻrganasiz.
IYMC sirlari:
Dunyodagi eng yirik global onlayn matematika musobaqalaridan birida qatnashish va unda mutloq gʻolib boʻlish yoʻllarini bilib olasiz.
Medal va Sertifikatlar:
Qanday qilib rasmiy xalqaro sertifikatlar, oltin, kumush va bronza medallarini yutib, rezyumeingizni (CV) kuchaytirishni tushunasiz.
Jonli tajriba:
Milliy va xalqaro olimpiadalarning eng qiyin bosqichlarini muvaffaqiyatli bosib oʻtgan elchidan toʻgʻridan-toʻgʻri shaxsiy maslahat va tavsiyalar olasiz.
🧩
Kimlar qatnashishi mumkin?
Kelajakda chet elda oʻqishni maqsad qilgan, oʻzining tanqidiy fikrlash qobiliyatini sinab koʻrmoqchi va matematika orqali katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchi boʻlgan barcha oʻquvchilarni kutib qolamiz!
➡️
Imtiyozlari:
- Qatnashish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati
- G‘olib va sovrindorlar uchun maxsus diplom hamda sertifikatlar
- Xalqaro darajadagi portfolio va rezyumeni boyitish
🔗
Ro'yxatdan o'tish uchun:
www.iymc.info/amb/sjoraqulov
iymc.info
IYMC | International Youth Math Challenge
An educational mathematics competition open to students from around the world: Unleash your problem-solving skills and expand your knowledge
📢
DIQQAT!
Ertaga,
8-sentabr kuni, soat 11:00
da maktabimizda
CQUniversity Australia
universitetining rasmiy vakili ishtirokida prezentatsiya tashkil etiladi!
🇦🇺
🎓
9, 10 va 11-sinf o'quvchilari
taklif etiladi — Avstraliyada tahsil olish imkoniyatlari, grantlar va xalqaro ta'lim yo'nalishlari haqida bevosita ma'lumot olish imkoniyatidan foydalaning!
🏆
CQUniversity haqida qisqacha:
- Dunyo bo'yicha
TOP 500
universitet (Times Higher Education va QS World University Rankings 2026)..
- Yosh universitetlar orasida
TOP 125
o'rinda (THE Young University Rankings)..
- Ijtimoiy ta'sir bo'yicha dunyoda
TOP 25
- Avstraliyada bitiruvchilarning
to'liq bandligi
bo'yicha yetakchi o'rinlarda..
- 50 dan ortiq davlatdan
5500+ xalqaro talaba
- Har yili xalqaro talabalarga
20 million dollardan ortiq
stipendiya ajratiladi.
Prezentatsiyada universitet dasturlari, qabul shartlari, stipendiyalar va Avstraliyada o'qish bo'yicha barcha savollaringizga javob olasiz.
📍
Vaqt: 11:00
📅
Sana: 8-sentabr, dushanba
“KELAJAK SOATI”
Maktabimizda har dushanba kuni 1-soatda
“Kelajak soati”
rukni asosida mashg‘ulotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va kelajak oldidagi maqsadlarini aniq belgilash
ga alohida e’tibor qaratiladi.
Har bir dushanba — yangi mavzu, yangi fikr va yangi maqsad sari bir qadam.
Kelajak bugundan boshlanadi!
ERTALABKI SAFLANISH
Maktabimizda navbatdagi ertalabki saflanish o‘tkazildi. Saflanish avvalo
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
ni ijro etish bilan boshlandi.
Saflanish davomida o‘quvchilarga maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, darslarga
o‘z vaqtida kelish va kechikmaslik
, shuningdek, maktab hududiga
taqiqlangan yegulik va buyumlarni olib kelmaslik
yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Tartib-intizom, mas’uliyat va o‘zaro hurmat — ta’lim muhitining muhim mezonlaridir.