
🤗 Mumtozbegim she'rlari💝
Keling " Yangi alifbo"miz rasman tasdiqlangani, yoʻgʻe "Eski alifbo"mizga oʻzgartirish kiritilgani haqida fikrlashamiz! Alifbomizda kamchiliklar bormidi? Albatta! Tuzatish kerakmidi? Ha. Lekin... Oʻ,gʻ harflari - ijtimoiy tarmoqlarda heshteglar orqali…
Keling " Yangi alifbo"miz rasman tasdiqlangani, yoʻgʻe "Eski alifbo"mizga oʻzgartirish kiritilgani haqida fikrlashamiz!
Alifbomizda kamchiliklar bormidi?
Albatta!
Tuzatish kerakmidi?
Ha.
Lekin...
Oʻ,gʻ harflari - ijtimoiy tarmoqlarda heshteglar orqali yozishga noqulay edi. Va auditoriya yigʻish borasida muommo keltirib chiqarardi.
#o
'z
❌
#õz
✔️
#g
'am
❌
#ğam
✔️
40-50 betlik kurs ishimni bir nechta "oʻ" harfining belgisi 6 emas, 9 soniga oʻxshab qolganligi uchun qabul qilishmagandi.
"Sh" harf birikmasini yozishga eringanlar "w" dan foydalanish holatlari ham uchrab turardi.
"Ch" harf birikmasidagi "C" harfi esa bizning alifboda yoʻq edi. Biriktirish uchun qaysidir alifbodan qarzga olib turgandik.
Lekin meni oʻylantirgan masala : "Ng" harf birikmasi haqida.
Internet tarmogʻlari keng muhokamakarga sabab boʻlayotgan ushbu birikma haqida yechim berilmadi.
Eng, keng, teng, mening...
Yuqoridagilarga oʻxshash soʻzlarni endi qanday yozamiz?
En, ken, ten, menin... boʻladimi?
"N" va "G" harflarini oʻzimiz qoʻshib yozib olarmiz. Lekin talaffuzimizda muommolar kelib chiqmasmikan?
Talaffuzimizda muommoli harflar boshqa yoʻqmidi?
Agar "Turk alifbosi"ga taqlid qilayotgan ekanmiz : " i " harfi bilan ham oʻylanishimiz kerak edi.
"ishq"
✔️
mayli
❌
maylı
Bizga "ı" harfi kerak edi. Agar bu harf faqat shevaga oid muommo keltiradi desak...
Bizda ikki xil oʻqiladigan "J" harfimiz bor.
Jurnal, Jasur, jajji...
Qaysi soʻzda bu harfni qanday oʻqish kerakligi haqida maktablarda boshlangʻich sinflar oʻqituvchilariga yillardirki oson boʻlmayapti.
Oʻzgartirish kiritar ekanmiz, nega kengroq oʻylab koʻrmadik?
"Xalq alifbosi ", "Xalq tili", talaffuzi borasida referendum oʻtkazish kerakmidi?
Balki bizga oʻzgarishlar kerak emasdir?
Yaqinda :
"Пулингдан ишлатсам майлими болам "
nomli sheʼriy toʻplamimni kirill alifbosi asosida chop ettirdim.
Chunki mening ota-onam va u toʻplamdagi sheʼrlarni oʻqiydigan avlod hali lotin alifbosini toʻliq tushunmaydi. Endi biz yangi alifboni qabul qilishga oqsayapmiz.
Tarmoqlarda koʻpchilik oʻz ismi oʻzgaradimi? Rasmiy hujjatlarda yangilanishlar qilishga majburlarmi? Shunday jiddiy tushunmovchiliklar haqida postlar koʻpaydi.
Mening dardim esa yozayotgan she'riy toʻplamlarim, asarlarimni 3 avlod vakillariga 3 xil alifboda qanday yetkazishimda.
Maslahatingiz kerak...
Yangi alifbodan foydalanmasam maylimi? Bunga haq-huquqlarim bormi?
©
Mumtozbegim
Oʻqishni tashlamoqchiman
Kontrakt sabab emas
Kontrakt dardi... Begʻamlarcha oʻynab-kulib yurgan edim, Bugun qalbim yashashdan ham bezdi meni. Orzu qilib oliygohga kirgan edim, Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni! Boshqa tashvish yuragimga botmay qoldi, Asov aqlim oldga sira tortmay qoldi, Perashkiga…
Kontrakt dardi...
Begʻamlarcha oʻynab-kulib yurgan edim,
Bugun qalbim yashashdan ham bezdi meni.
Orzu qilib oliygohga kirgan edim,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Boshqa tashvish yuragimga botmay qoldi,
Asov aqlim oldga sira tortmay qoldi,
Perashkiga hatto pulim ortmay qoldi,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Doʻst-u yordan avtobuschi tanishim koʻp,
Hatto shundan piyoda yoʻl yurishim koʻp,
Yolgʻon toʻla bahonalar qilishim koʻp,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Fe'li itday ustozlarim qopib bering,
Bir-ikkita fan kredit yopib bering,
"Oltin davr" degan qayda topib bering,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Hayolimda turfa oʻylar, ming bitta gʻam,
Tunlar uyqu qayoqda-e yostigʻim nam,
Ushbu mavsum bir soʻmi ham toʻlanmagan,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Bu yerlarga topshirmasam oʻlarmidim?
Mehnat qilib bir kunimni koʻrarmidim?
Onam aytgan: oʻqib olim boʻlarmidim?
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Dardim ogʻir tushunmaydi meni hech kim,
Yuragimda isyon toʻla zabonim jim,
Majburlikdan she'r yozyapti Mumtozbegim,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Ishonmanglar men unchalar kuchlimasman,
Ojizligim bugun dilim sezdi menim
Tilanchidan moliyaviy jichcha pastman,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
✍
Mumtozbegim
@mumtozbegim_sherlari
Anchadan beri silardan soʻramapman qaysi mavzuda she'r yozamiz?