Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

πŸ€— Mumtozbegim she'rlariπŸ’

mumtozbegim_sherlari
Siz shoira Xayonova Mumtozbegimning rasmiy kanalidasiz ☺️ Inshaalloh hammasi hayrli boʻladi! Reklama va xizmatlar uchun: @reklama_va_hizmatlar Murojaat: @mumtozbegim_admini yoki: +998911538474
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 122
24 часа
1
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
β€”
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
91
ER
8,11%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
89
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
477
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
Π˜ΡΠΊΡƒΡΡΡ‚Π²ΠΎ ΠΈ ΠΊΡƒΠ»ΡŒΡ‚ΡƒΡ€Π°
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π”ΠΈΠ·Π°ΠΉΠ½ ΠΈ творчСскиС искусства
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 26, 16:47
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Keling " Yangi alifbo"miz rasman tasdiqlangani, yoΚ»gΚ»e "Eski alifbo"mizga oΚ»zgartirish kiritilgani haqida fikrlashamiz! Alifbomizda kamchiliklar bormidi? Albatta! Tuzatish kerakmidi? Ha. Lekin... OΚ»,gΚ» harflari - ijtimoiy tarmoqlarda heshteglar orqali…

October 26, 12:33
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Gashti bor
❣️

October 26, 09:08

Keling " Yangi alifbo"miz rasman tasdiqlangani, yoΚ»gΚ»e "Eski alifbo"mizga oΚ»zgartirish kiritilgani haqida fikrlashamiz!
Alifbomizda kamchiliklar bormidi?
Albatta!
Tuzatish kerakmidi?
Ha.
Lekin...
OΚ»,gΚ» harflari - ijtimoiy tarmoqlarda heshteglar orqali yozishga noqulay edi. Va auditoriya yigΚ»ish borasida muommo keltirib chiqarardi.
#o
'z
❌
#Γ΅z
βœ”οΈ
#g
'am
❌
#ğam
βœ”οΈ
40-50 betlik kurs ishimni bir nechta "oΚ»" harfining belgisi 6 emas, 9 soniga oΚ»xshab qolganligi uchun qabul qilishmagandi.
"Sh" harf birikmasini yozishga eringanlar "w" dan foydalanish holatlari ham uchrab turardi.
"Ch" harf birikmasidagi "C" harfi esa bizning alifboda yoΚ»q edi. Biriktirish uchun qaysidir alifbodan qarzga olib turgandik.
Lekin meni oΚ»ylantirgan masala : "Ng" harf birikmasi haqida.
Internet tarmogΚ»lari keng muhokamakarga sabab boΚ»layotgan ushbu birikma haqida yechim berilmadi.
Eng, keng, teng, mening...
Yuqoridagilarga oΚ»xshash soΚ»zlarni endi qanday yozamiz?
En, ken, ten, menin... boΚ»ladimi?
"N" va "G" harflarini oΚ»zimiz qoΚ»shib yozib olarmiz. Lekin talaffuzimizda muommolar kelib chiqmasmikan?
Talaffuzimizda muommoli harflar boshqa yoΚ»qmidi?
Agar "Turk alifbosi"ga taqlid qilayotgan ekanmiz : " i " harfi bilan ham oΚ»ylanishimiz kerak edi.
"ishq"
βœ”οΈ
mayli
❌
maylΔ±
Bizga "Δ±" harfi kerak edi. Agar bu harf faqat shevaga oid muommo keltiradi desak...
Bizda ikki xil oΚ»qiladigan "J" harfimiz bor.
Jurnal, Jasur, jajji...
Qaysi soΚ»zda bu harfni qanday oΚ»qish kerakligi haqida maktablarda boshlangΚ»ich sinflar oΚ»qituvchilariga yillardirki oson boΚ»lmayapti.
OΚ»zgartirish kiritar ekanmiz, nega kengroq oΚ»ylab koΚ»rmadik?
"Xalq alifbosi ", "Xalq tili", talaffuzi borasida referendum oΚ»tkazish kerakmidi?
Balki bizga oΚ»zgarishlar kerak emasdir?
Yaqinda :
"ΠŸΡƒΠ»ΠΈΠ½Π³Π΄Π°Π½ ΠΈΡˆΠ»Π°Ρ‚ΡΠ°ΠΌ ΠΌΠ°ΠΉΠ»ΠΈΠΌΠΈ Π±ΠΎΠ»Π°ΠΌ "
nomli sheΚΌriy toΚ»plamimni kirill alifbosi asosida chop ettirdim.
Chunki mening ota-onam va u toΚ»plamdagi sheΚΌrlarni oΚ»qiydigan avlod hali lotin alifbosini toΚ»liq tushunmaydi. Endi biz yangi alifboni qabul qilishga oqsayapmiz.
Tarmoqlarda koΚ»pchilik oΚ»z ismi oΚ»zgaradimi? Rasmiy hujjatlarda yangilanishlar qilishga majburlarmi? Shunday jiddiy tushunmovchiliklar haqida postlar koΚ»paydi.
Mening dardim esa yozayotgan she'riy toΚ»plamlarim, asarlarimni 3 avlod vakillariga 3 xil alifboda qanday yetkazishimda.
Maslahatingiz kerak...
Yangi alifbodan foydalanmasam maylimi? Bunga haq-huquqlarim bormi?
Β©
Mumtozbegim

October 26, 02:52
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Meni nega sevmading?

October 25, 22:04
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🀫

October 25, 20:14
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

October 25, 04:31

OΚ»qishni tashlamoqchiman
Kontrakt sabab emas

October 25, 04:10

Kontrakt dardi... BegΚ»amlarcha oΚ»ynab-kulib yurgan edim, Bugun qalbim yashashdan ham bezdi meni. Orzu qilib oliygohga kirgan edim, Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni! Boshqa tashvish yuragimga botmay qoldi, Asov aqlim oldga sira tortmay qoldi, Perashkiga…

October 24, 14:32

Kontrakt dardi...
BegΚ»amlarcha oΚ»ynab-kulib yurgan edim,
Bugun qalbim yashashdan ham bezdi meni.
Orzu qilib oliygohga kirgan edim,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Boshqa tashvish yuragimga botmay qoldi,
Asov aqlim oldga sira tortmay qoldi,
Perashkiga hatto pulim ortmay qoldi,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
DoΚ»st-u yordan avtobuschi tanishim koΚ»p,
Hatto shundan piyoda yoΚ»l yurishim koΚ»p,
YolgΚ»on toΚ»la bahonalar qilishim koΚ»p,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Fe'li itday ustozlarim qopib bering,
Bir-ikkita fan kredit yopib bering,
"Oltin davr" degan qayda topib bering,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Hayolimda turfa oΚ»ylar, ming bitta gΚ»am,
Tunlar uyqu qayoqda-e yostigΚ»im nam,
Ushbu mavsum bir soΚ»mi ham toΚ»lanmagan,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Bu yerlarga topshirmasam oΚ»larmidim?
Mehnat qilib bir kunimni koΚ»rarmidim?
Onam aytgan: oΚ»qib olim boΚ»larmidim?
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Dardim ogΚ»ir tushunmaydi meni hech kim,
Yuragimda isyon toΚ»la zabonim jim,
Majburlikdan she'r yozyapti Mumtozbegim,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
Ishonmanglar men unchalar kuchlimasman,
Ojizligim bugun dilim sezdi menim
Tilanchidan moliyaviy jichcha pastman,
Shu kontrakt dardi yomon ezdi meni!
✍
Mumtozbegim
@mumtozbegim_sherlari

October 24, 10:54

Anchadan beri silardan soΚ»ramapman qaysi mavzuda she'r yozamiz?