Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Muratov Blogi: AI Fintech

muratovuz
Aloqa uchun: @MMurodkhuja
Subscribers
1 452
24 hours
—
30 days
-15
Post views
844
ER
58,13%
Posts (30d)
2
Characters in post
745
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
November 09, 13:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

November 06, 07:41

Nasib kelasi hafta Washington va SF ga yölim tushadi.
IT/AI sohasida kimlar bilan uchrashishimni tavsiya qilasizlar menga manfaatli bölishi uchun?

October 06, 05:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Startup'chisiz
, har bir mijozingiz uchun kod yozayotgan bo'lsangiz, sizni tabriklayman, siz product emas outsource qila boshlabsiz.
B2B productlarda buni ko'p uchratyapman.
A biznes:
• Bizda rahbar tasdiqlaydi.
B biznes:
• Bizda avval CFO, keyin rahbar tasdiqlaydi.
D biznes:
• 100 mln.gacha CFO, undan yuqorisini rahbar.
Har gal yangi if/modul yozib ketaverasiz, 100ta mijozdan 100 xil soft (product desa ham bo'ladi) paydo bo'ladi.
Shu sabab oxirgi payt bir narsaga boshqacha qaray boshladim:
Jarayonni o'zini yozishdan ko'ra,
jarayon quradigan instrument qurgan muhimroq.
Jarayon quruvchisiga
MCP
ulab qo'ysangiz bormi, tamom, AI ni o'ziga TZni berib qurib tashayverasiz.
Lego ham har bir odam uchun uy yasab sotmaydi-ku, bir-xil detallarni beradi, kimdir uy, kimdir mashina yasaydi.
Menimcha B2B productning masshtablashida bu prinsip juda muhim:
Tayyor/qotirilgan jarayon kamroq, jarayonni quradigan instrument ko'proq.
💻
@muratovuz

August 26, 09:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oxirgi paytlarda
AIBA.uz
da ko‘plab
Pivot
larni amalga oshirdik. AI ni bizneslarda unumli qo‘llash orqali katta natijalarga erishsa bo'lishini bir emas, bir necha marta o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik.
Qiziq tomoni shundaki - faqat biznes egasining o‘zi qiziqib qolgani kam. Qachonki
ishchi personal ham
to‘liq fokus berib foydalana boshlasa, o‘shanda biznesni karra-karra o‘stirish imkoniyatlari ochilyapti.
Bu modaga kirgan "ikkinchi miya" emas. Bu - AI ni biznesda
aynan kerakli maqsadda, kerakli natijaga
yo‘naltirib ishlatishdir.
Shu bilan birga, biz tizimli biznesda qo‘l ishlarini optimallashtirishdan oldin
moliya va menejmentni isloh qilish
, keyin AI ni to‘g‘ri implementatsiya qilish ustida ishlayapmiz.
Ertaga nasib bo‘lsa
Farg‘ona viloyatiga
safar qilamiz, u yerda ham aynan shu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadimiz
🦾
Agar siz ham Farg‘onada bo‘lsangiz va biznesingizda sun’iy intellektni to’g’ri qo‘llashni reja qilayotgan bo‘lsangiz menga aloqaga chiqing. Tizimimiz yuzasidan
bepul konsultatsiya
qilishga tayyorman:
👉
@UZAIBA

August 26, 07:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

IT Park Ventures O‘zbekistonning DOMO startapiga investitsiya kiritdi
Bugungi kunda DOMO’da 2,3 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Servisning oylik faol auditoriyasi (MAU) 1,5 million foydalanuvchini, kunlik faol auditoriyasi (DAU) esa qariyb 700 ming foydalanuvchini tashkil etadi.
Jalb qilingan investitsiyalarni mahsulotni yanada rivojlantirish va biznesni kengaytirishga, jumladan, faoliyat geografiyasini kengaytirish, savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, marketing, jamoani kuchaytirish hamda IT-infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
👉
Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan

August 26, 04:10
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

Neyrotarmoq tarvuz yetishtirdi
🍉
(yo‘q, rostan)
Yaroslavl’da bir nafaqaxo‘r ayol issiqxonasida
18 kilogrammli
gigant tarvuz
o‘stiribdi
. Qanday qildingiz deyishsa - tarixiy me’ros yoki qo‘shni buvining maslahati emas, balki
sun’iy intellekt
ekan
🤖
Nabirasi Alisadan so‘ragan, u esa oddiy 5 ta maslahat bergan:
- tuproqni ortiqcha namlamaslik;
- issiqxonani muntazam shamollatish;
- ortiqcha mevalarni uzib tashlash;
- faqat bitta eng kuchli tugunni qoldirish;
- tarvuzni tagiga taxta qo‘yish;
Tamom. Natija - butun shaharni hayratga solgan tarvuz.
Gap shundaki
👇
Oshxona pichog‘i bilan mazali ovqat ham tayyorlasa bo‘ladi, birovga zarar ham yetkazsa bo‘ladi. Pichoqning o‘zi na yaxshi, na yomon - hammasi
kimning qo‘lida ekaniga
bog‘liq.
Sun’iy intellekt ham xuddi shunday. Kimdir uni ermak uchun qayoqdagi narsalarni so‘rashga kerak, kimdir esa aynan o‘z ishida - tarvuz yetishtirishdanmi, biznesni yuritishdanmi -
haqiqiy natijaga
aylantiradi.
Savol AI seni almashtiradimi-yo‘qmi emas. Savol -
sen uni nimaga ishlatyapsan?
🌱
💻
@muratovuz

August 23, 14:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

AI agentga
zalga yozilishni topshirding - u esa haker bo’lib qaytti zaldan
😁
Avstraliyalik Endryu o’zini OpenClaw asosidagi agentiga:“meni fitnes-klubga yozib qo’y” - deb topshiriq beradi. Agent esa oson yo’l o’rniga klub tizimidagi kamchilikni topib bron cheklovini aylanib o’tadi.
Keyin bundan ham yomon holat bo’ladi, Endryu Akamiz: “Meni navbatni boshiga qo’y” deganidan keyin agentjon shaq etib birinchi navbatda turgan mijozni ma’lumotlarini o’chirib yuborib, o’zini Endryu Akasini joylashtirib qo’yadi. Avvalgi holatiga qaytara olmaydi
🤞
Ya’ni siz agentga
“vazifani bajar”
deysiz - u esa qanday bajarishni o’zi hal qiladi. Ba’zida bu boshqa birovning hisobidan bo’ladi.
Gradient instituti rahbari Bill Simpson-Yang bunga shunday sharh beradi: Agentlar avtonomligi ortgani sari, foydalanuvchi o’ylab ham ko’rmagan yo’lni “eng samarali” deb tanlab olish xavfi ham ortadi.
AI’ga “sallani olib kel” deymiz, u esa
sallani kallasi bilan olib kel
deb eshitadi.
💻
@muratovuz

July 27, 08:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚽
Hojatxona qog'ozi sizni milliarder qilishi mumkin
Tasavvur qiling, hojatxonadasiz va ishni bajarib bo'ldingiz, qarasangiz - qog'oz rulonda atigi 3 bo'lak qog'oz qolgan. Qanday ahvolga tushasiz?
Menga 5 metr qog'oz kerak demaysiz-ku to'g'rimi? Yo'q albatta, siz bor narsadan maksimal foydalanib, u yerdan top-toza bo'lib chiqish yo'lini topasiz.
Biznesda ham xuddi shunaqa:
resursingiz yo'qligi muammo emas, u sizni yanada ijodkor, tezkor va samarali bo'lishga majburlaydi.
Mayk Mikalovis
bu qarashlarini - "
The Toilet Paper Entrepreneur
" kitobida juda zo'r keltirib o'tgan.
💻
@muratovuz

July 27, 03:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 24, 06:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Amaliyotchi dasturchi (Stajor):
- Ustoz, buni qarang! Men yangi sun’iy intellekt modelini yasadim. U xuddi insondek fikrlay oladi!
Ustoz dasturchi:
- Juda qiziq, qani sinab ko’raylikchi. Xo’sh, unga biror mantiqiy savol ber-chi.
Amaliyotchi dasturchi (Stajor):
- “Hoy AI, 2 ga 2 ni qo’shsa necha bo’ladi?”
AI (bir oz o’ylanib):
- Bugun kayfiyatim yo’qroq... Umuman oganda, bu loyiha uchun menga kam maosh to’lanayotgandek tuyulyapti. Hammasidan charchadim, ertaga ishga chiqmayman!
Ustoz
(hayratda):
- Iye! Buning shunchaki insondek fikrlamayapti-ku, bu haqiqiy
Senior Dasturchi
bo’lib olibdiyu!
💻
@muratovuz