
Muratov Blogi: AI Fintech
Oxirgi paytlarda
AIBA.uz
da ko‘plab
Pivot
larni amalga oshirdik. AI ni bizneslarda unumli qo‘llash orqali katta natijalarga erishsa bo'lishini bir emas, bir necha marta o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik.
Qiziq tomoni shundaki - faqat biznes egasining o‘zi qiziqib qolgani kam. Qachonki
ishchi personal ham
to‘liq fokus berib foydalana boshlasa, o‘shanda biznesni karra-karra o‘stirish imkoniyatlari ochilyapti.
Bu modaga kirgan "ikkinchi miya" emas. Bu - AI ni biznesda
aynan kerakli maqsadda, kerakli natijaga
yo‘naltirib ishlatishdir.
Shu bilan birga, biz tizimli biznesda qo‘l ishlarini optimallashtirishdan oldin
moliya va menejmentni isloh qilish
, keyin AI ni to‘g‘ri implementatsiya qilish ustida ishlayapmiz.
Ertaga nasib bo‘lsa
Farg‘ona viloyatiga
safar qilamiz, u yerda ham aynan shu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadimiz
🦾
Agar siz ham Farg‘onada bo‘lsangiz va biznesingizda sun’iy intellektni to’g’ri qo‘llashni reja qilayotgan bo‘lsangiz menga aloqaga chiqing. Tizimimiz yuzasidan
bepul konsultatsiya
qilishga tayyorman:
👉
@UZAIBA
IT Park Ventures O‘zbekistonning DOMO startapiga investitsiya kiritdi
Bugungi kunda DOMO’da 2,3 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Servisning oylik faol auditoriyasi (MAU) 1,5 million foydalanuvchini, kunlik faol auditoriyasi (DAU) esa qariyb 700 ming foydalanuvchini tashkil etadi.
Jalb qilingan investitsiyalarni mahsulotni yanada rivojlantirish va biznesni kengaytirishga, jumladan, faoliyat geografiyasini kengaytirish, savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, marketing, jamoani kuchaytirish hamda IT-infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
👉
Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan
Neyrotarmoq tarvuz yetishtirdi
🍉
(yo‘q, rostan)
Yaroslavl’da bir nafaqaxo‘r ayol issiqxonasida
18 kilogrammli
gigant tarvuz
o‘stiribdi
. Qanday qildingiz deyishsa - tarixiy me’ros yoki qo‘shni buvining maslahati emas, balki
sun’iy intellekt
ekan
🤖
Nabirasi Alisadan so‘ragan, u esa oddiy 5 ta maslahat bergan:
- tuproqni ortiqcha namlamaslik;
- issiqxonani muntazam shamollatish;
- ortiqcha mevalarni uzib tashlash;
- faqat bitta eng kuchli tugunni qoldirish;
- tarvuzni tagiga taxta qo‘yish;
Tamom. Natija - butun shaharni hayratga solgan tarvuz.
Gap shundaki
👇
Oshxona pichog‘i bilan mazali ovqat ham tayyorlasa bo‘ladi, birovga zarar ham yetkazsa bo‘ladi. Pichoqning o‘zi na yaxshi, na yomon - hammasi
kimning qo‘lida ekaniga
bog‘liq.
Sun’iy intellekt ham xuddi shunday. Kimdir uni ermak uchun qayoqdagi narsalarni so‘rashga kerak, kimdir esa aynan o‘z ishida - tarvuz yetishtirishdanmi, biznesni yuritishdanmi -
haqiqiy natijaga
aylantiradi.
Savol AI seni almashtiradimi-yo‘qmi emas. Savol -
sen uni nimaga ishlatyapsan?
🌱
💻
@muratovuz
AI agentga
zalga yozilishni topshirding - u esa haker bo’lib qaytti zaldan
😁
Avstraliyalik Endryu o’zini OpenClaw asosidagi agentiga:“meni fitnes-klubga yozib qo’y” - deb topshiriq beradi. Agent esa oson yo’l o’rniga klub tizimidagi kamchilikni topib bron cheklovini aylanib o’tadi.
Keyin bundan ham yomon holat bo’ladi, Endryu Akamiz: “Meni navbatni boshiga qo’y” deganidan keyin agentjon shaq etib birinchi navbatda turgan mijozni ma’lumotlarini o’chirib yuborib, o’zini Endryu Akasini joylashtirib qo’yadi. Avvalgi holatiga qaytara olmaydi
🤞
Ya’ni siz agentga
“vazifani bajar”
deysiz - u esa qanday bajarishni o’zi hal qiladi. Ba’zida bu boshqa birovning hisobidan bo’ladi.
Gradient instituti rahbari Bill Simpson-Yang bunga shunday sharh beradi: Agentlar avtonomligi ortgani sari, foydalanuvchi o’ylab ham ko’rmagan yo’lni “eng samarali” deb tanlab olish xavfi ham ortadi.
AI’ga “sallani olib kel” deymiz, u esa
sallani kallasi bilan olib kel
deb eshitadi.
💻
@muratovuz
🚽
Hojatxona qog'ozi sizni milliarder qilishi mumkin
Tasavvur qiling, hojatxonadasiz va ishni bajarib bo'ldingiz, qarasangiz - qog'oz rulonda atigi 3 bo'lak qog'oz qolgan. Qanday ahvolga tushasiz?
Menga 5 metr qog'oz kerak demaysiz-ku to'g'rimi? Yo'q albatta, siz bor narsadan maksimal foydalanib, u yerdan top-toza bo'lib chiqish yo'lini topasiz.
Biznesda ham xuddi shunaqa:
resursingiz yo'qligi muammo emas, u sizni yanada ijodkor, tezkor va samarali bo'lishga majburlaydi.
Mayk Mikalovis
bu qarashlarini - "
The Toilet Paper Entrepreneur
" kitobida juda zo'r keltirib o'tgan.
💻
@muratovuz
Amaliyotchi dasturchi (Stajor):
- Ustoz, buni qarang! Men yangi sun’iy intellekt modelini yasadim. U xuddi insondek fikrlay oladi!
Ustoz dasturchi:
- Juda qiziq, qani sinab ko’raylikchi. Xo’sh, unga biror mantiqiy savol ber-chi.
Amaliyotchi dasturchi (Stajor):
- “Hoy AI, 2 ga 2 ni qo’shsa necha bo’ladi?”
AI (bir oz o’ylanib):
- Bugun kayfiyatim yo’qroq... Umuman oganda, bu loyiha uchun menga kam maosh to’lanayotgandek tuyulyapti. Hammasidan charchadim, ertaga ishga chiqmayman!
Ustoz
(hayratda):
- Iye! Buning shunchaki insondek fikrlamayapti-ku, bu haqiqiy
Senior Dasturchi
bo’lib olibdiyu!
💻
@muratovuz
DOMO qanday qilib millionlar ehtiyojiga aylandi?
12 oy ichida 2.3M+ auditoriya va MRR ko'rsatkichining 100 barobarga o'sishi — bu shunchaki omad emas, to'g'ri sinalgan gipotezalar va puxta unit-ekonomika natijasi.
🔹
Navbatdagi Pivot Talk’da DOMO asoschisi Alisher Tojiyev bilan ushbu keskin oʻsish ortida turgan real tajriba haqida ochiq gaplashamiz.
Efirda nimalarni bilib olasiz?
• Mahsulotni kunlik odatga aylantirish psixologiyasi
• Mass-marketga chiqish va retention (foydalanuvchilarni ushlab qolish)
• Investorlar bilan muzokarada hal qiluvchi metrikalar
🗓
Vaqt:
25-iyul | 20:00
🔥
Jonli efir havolasi
Alisher Tojiyevga savolingiz bormi? Izohlarda qoldiring, eng yaxshilariga efirda javob beramiz!
@pivotuzbekistan
🚀
Meet the Speakers of Data Fest 2026
Data Fest 2026 brings together experts from
H&M Group, Dropbox, Google, and DOMO
to share practical insights on data, AI, analytics, and software engineering.
🎤
Firdavs Alinazarov
Microsoft Fabric & Power BI Technology Leader at H&M Group
AI & Agentic Analytics in Power BI and Fabric: Essential Skills Data Analysts Must Master
🎤
Otabek Nurmuhammad
Building Infrastructure Inference for AI Agents | Ex-Staff Software Engineer @ Dropbox, Google | Co-Founder @
42.uz
Don’t GPT Everything
🎤
Ibrokhim Jalolov
Data/Software Engineer at DOMO
Analyze Data with AI
Join us to hear practical insights from professionals building data platforms, AI systems, and products used by millions of users worldwide.
📅
July 18, 2026
🕘
9:00 AM
📍
Ministry of Digital Technologies, Tashkent
🎟️
Registration is open
#DataFest2026
#DataAnalytics
#PowerBI
#MicrosoftFabric
#BusinessIntelligence
@mdcuzbekistan
ChatGPT yangilanish chiqarsa xursand bo'ladigan bo'lib qolganmiz
😄
U yana bir kuchli model chiqarganiga emas, aynan Claude
limitlarni yangilab yuborishiga
💻
@muratovuz