
Musayev blogi
🇪🇺
Erasmus Mundus mentorligiga taklif
👨🏫
Oramizda Erasmus Mundus dasturi g'oliblarini
MentorGO
loyihasi va keyingi mavsum mentorlik dasturimizga taklif qilib qolamiz.
Kimlarni qidiryapmiz?
➡️
Erasmus Mundus dasturida istalgan yo'nalishda
g'oliblar
➡️
Dasturga hujjat topshirishda o'zingiz
mustaqil izlangan
, dasturlarni o'rganib chiqqan va bu borada boshqalarga ulashishga arziydigan ma'lum bilim va tajribangiz bor
➡️
Dasturni
yaqin yillarda
yutgan bo'lish maqsadga muvofiq, ammo qat'iy talab emas
➡️
Eng muhimi o'zingizdagi bilim va tajribalarni boshqalarga ulashish va
mentorlik faoliyati
ngizni tashkil qilishni xohlashingiz
➡️
Avvaldan mentorlik qilib kelayotgan bo'lishingiz shart emas. Bu borada o'zimdagi
4-5 yillik
tajriba
va bilimlarni ulashaman
Nimalar va qancha vaqt talab qilinadi?
➡️
Noyabr-Dekabr oylarida
haftasiga
maksimum
2-3 soat
ajrata olsangiz yetarli. Ko'proq ajrata olsangiz yana ham yaxshi
➡️
Onlayn darslar yoki
masterklasslar
o'ta olish qobiliyat va xohishingiz bo'lsa yaxshi, ammo qat'iy talab emas
Nimalarga ega bo'lasiz?
➡️
Mentorlik faoliyati va shaxsiy brendingizni yo'lga qo'yasiz
➡️
Telegramdagi shaxsiy blog/kanalingiz auditoriyasini ancha oshirib olishingiz mumkin
➡️
MentorGO loyihasida doimiy mentor sifatida qolasiz (xohishga ko'ra)
➡️
Tashkil qilinayotgan maxsus dasturda hamkor sifatida faoliyat olib borasiz
📤
Qiziqish va savollaringiz bo'lsa
@JanobMusayev
ga yozing.
#mentorlik
#ErasmusMundus
@Musayev_blogi
Talabalar uchun "ultimate guide"lar to'plami O'tgan yillarda talaba bo'lgan uka-singillarimiz uchun bir, ikki va uchinchi kurslarni qanday o'tkazish va ba'zi boshqa tavsiyalar yozilgan postlar yozgandim. Bugun shularni hammasini bitta postga jamlab qo'ymoqchiman.…
Nega hamma 4-kursda so'raydi nima qilish kerakligini?
10 ta gapdan iborat savol keladi. 1 ta gapdan iborat javob beraman: "Va alaykum assalom, 4 yil nima qildingiz?".
Bizning diyorlarda universitetga kirgan inson xursand bo'lishi kerak. "O'qish", "Kasb", "Diplom" uchun emas, 4 yillik bo'sh vaqt yutib olgani uchun. Bu degani, 4 yil sizni ota-onangiz bezovta qilmaydi. O'sish, rivojlanish uchun eng to'g'ri davr.
Siz universitetda nechinchi kursda o'qiysiz? Iloji bo'lsa, shuni 1-2-kurs tanishlaringizga yuborib qo'ying. Anavi xoli bor bola aytdi, nimadir qilishing kerak ekan deng )
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati! Yakuniy masterklassimizda Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova bilan suhbatlashamiz.…
Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati!
Yakuniy masterklassimizda
Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik
yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan,
DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova
bilan suhbatlashamiz.
Suhbat davomida:
— Kompyuter lingvistikasi aslida nima va bu yo‘nalishda nimalar o‘rganiladi
—
Filologiya va Lingvistika yo'nalishlari o‘rtasidagi asosiy farqlar
— Tilshunoslikka qiziqqanlar uchun Kompyuter lingvistikasi qanday imkoniyatlar berishi
— Mohiyaxonning shu yo‘nalishdagi o‘qish va rivojlanish tajribasi
— Xalqaro ta’lim va grantlar uning akademik yo‘lida qanday o‘rin tutgani
🗓
28-sentabr, dushanba | 20:00
📍
Eksklyuziv Telegram kanalida
💰
Bepul ishtirok
🔔
Masterklassga qo'shiling va so'nggi darsni o'tkazib yubormang
👉
Masterklassga qo‘shilish
#magistratura
#daad
#kompyuterlingvistikasi
#tilshunoslik
#grant
MentorGO
|
GrantGO
|
EventGO
♟
🔥
O'zbekiston
terma jamoasi Samarqandda o'tkazilayotgan
butunjahon shaxmat olimpiadasi
g'olibi.
Har bir doskadagi yigitlarimiz judayam kerakli g'alabalarni taqdim qilishdi. Butun jamoa ajoyib turnir o'tkazdi.
Hammasining ota-onasiga mingdan-ming rahmat.
👑
Endi navbat Javohirdan
jahon chempionligiga
@Musayev_blogi
Qudratxo'ja Musayev o'zi kim? O'ylab qarasam oxirgi marta tanishuv postini yozganimga ham salkam 2 yil bo'libdi. 2 yil davomida hayotimda juda ko'p narsalar o'zgardi, hayotim atrofida ham. Shaxsiy blogim esa bu vaqt davomida ancha tinch bo'ldi. Yaqinda…
Tanishuv V5.0 Assalomu alaykum. Men Musayev Qudratxo'ja, asli Farg'onadanman. Hozirda Microsoft Dublin ofisida dasturiy muhandis bo'lib ishlayman. GrantGO, EventGO va MentorGO kabi loyihalar ham-asoschisiman. Onajonimni juda yaxshi ko'raman Yomon jihatlarim…
🇩🇪
Germaniyaning eng nufuzli granti — DAAD g'oliblari masterklasslari
🔥
MentorGOda DAAD granti bo'yicha
eng keng mashtabdagi
masterklasslar seriyasi. DAAD granti
11 nafar g'olibi
6 kun davomida
6 xil soha
: iqtisod, tibbiyot, ta'lim, IT, huquq va tilshunoslik yo'nalishlarida g'oliblik tajribalarini ulashishadi.
🎓
Mentorlarimiz masterklasslar davomida yuqoridagi yo'nalishlarda o'zlarining akademik yutuqlari, DAADga
tayyorgarlik tajribasi
va aynan qaysi jihatlari ularga g'oliblikda bo'lishda yordam bergani haqida maslahatlar berishadi.
📃
Masterklasslar amaliy qismida esa ular o'zlarining CVlarini tahlil qilib Germaniyada shu yo'nalishda qanday
universitetlar
borligini ko'rsatib beradilar.
Masterklasslar jadvali
📈
Iqtisod va Moliya yo'nalishida — Timur Akmalov va Ismoil Karimov; 23-sentabr 21:30
🩺
Farmasevtika va Sog'liqni saqlash yo'nalishida — Azizaxon Yusupova va Barno Kamilova; 24-sentabr 21:00
👩🏫
Ta'lim boshqaruvi yo'nalishida — Sevara Khamdamova; 25-sentabr 20:00
💻
IT va Kompyuter ilmi yo'nalishida — Mavlyudabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova; 26-sentabr 21:00
⚖️
Xalqaro huquq yo'nalishida — Mahmudxo'ja Mirzayev va Quvonchbek Otabekov; 27-sentabr 20:30
🗣
Kompyuter Lingvistikasi yo'nalishida — Mohiyaxon Uzoqova; 28-sentabr 20:00
🗓
23.09-28.09.2026
📍
Online
💰
Bepul ishtirok mavjud
👉
Masterklassga qo'shilish
#magistratura
#daad
#toliq_talim
💼
MentorGO
|
GrantGO
|
EventGO
6 oyli bolaga o'yinchog'ini bersangiz va u teskari qarab ketsa, demak u hayolida
"Bu narsani yeb ko'rib bo'lganman"
deb o'ylayotgan bo'ladi. Unga yeb ko'rish uchun doimiy yangi narsa topib berib turishingiz kerak.
#fatherhood_life
@Musayev_blogi