Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Musayev blogi

musayev_blogi
Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim — Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish — Maqsad va rejalar — Vaqtni boshqarish — Chet el hayoti Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun! Takliflar @JanobMusayev Co-founder of @eventgouz & @grantgouz
Подписчики
3 170
24 часа
30 дней
10
Просмотры
1 126
ER
35,52%
Посты (30д)
11
Символов в посте
884
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Путешествия и география
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 04, 20:41

Oila — quvvat zanjiri
Erkak
uyga charchab kelganda unga talpinib kutib oladigan bolalaridan quvvat oladi.
Bola har safar oldiga borganda uni bag'riga oladigan onasidan quvvat oladi.
Ayol yelkasiga bemalol boshini qo'yib o'zini xotirjam his qila oladigan umr yo'ldoshidan quvvat oladi.
Ammo shu zanjirning qaysidir bo'g'ini uzilsa, undan hamma zarar ko'radi. Oila hech kim uchun quvvat manbayi bo'lmay qoladi. Uzilgan bo'g'inning o'zi uchun ham...
Oila zanjirini uzadigan bo'g'in bo'lmang!
#family_life
@Musayev_blogi

June 04, 13:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

June 02, 05:39

O'zbekistonda iqtisodiy muhokamalar ko'pincha bitta savolga borib taqaladi: "nima qilish kerak?" Javoblar ko'p- soliqni kamaytirish, subsidiya berish, kreditni arzonlashtirish, ta'limga ko'proq sarflash vhkz. Lekin eng muhim savol odatda chetda qoladi: bularning…

June 02, 05:26

O'zbekistonda iqtisodiy muhokamalar ko'pincha bitta savolga borib taqaladi: "nima qilish kerak?"
Javoblar ko'p- soliqni kamaytirish, subsidiya berish, kreditni arzonlashtirish, ta'limga ko'proq sarflash vhkz. Lekin eng muhim savol odatda chetda qoladi: bularning qaysi biri haqiqatan ishlaydi? Qayerdan bilamiz va natijani qanday o'lchaymiz?
Mana shu savolga iqtisodiyotni jiddiy o'qiganlar javob bera oladi. Ta'sirni qanday o'lchashni, sabab va korrelyatsiya farqini, qaysi data va qaysi model kerakligini bilish muhim.
Yangi O'zbekiston universitetida ochilgan 2 yillik MSc in Economics and Data Science dasturi aynan shu yo'nalishda. Mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, ekonometrika, machine learning va master thesis- bir joyda. Bu "data analytics bootcamp" emas; iqtisodiy savollarga data bilan ilmiy javob berishni o'rgatadigan dastur.
Nega 2 yil muhim? Python sintaksisini bir oyda o'rganish mumkindir, regressiya tugmasini bosishni ham, balki. Lekin qaysi savolga qaysi metod mos, model qayerda xato qiladi, natijani qaror qabul qiluvchiga qanday tushuntirish kerak - buni bootcamp logikasi bilan o'rganib bo'lmaydi.
Dastur 2 yil, 120 ECTS. Birinchi yilda mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, matematik iqtisodiyot, statistika, ekonometrika va data science asoslari bor. Ikkinchi yilda data science va machine learning, tadqiqot metodlari, elective kurslar va katta master thesis/capstone bor.
Bunday mutaxassislar O'zbekistonda hali juda kam. Vazirliklar, think tank'lar, banklar, konsalting, texnologiya kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarda talab katta, taklif esa haliyam nisbatan cheklangan.
Iqtisodiyot, data science, davlat siyosati yoki kelajakda PhD yo'nalishi sizga qiziq bo'lsa, ko'rib chiqishga arziydi.
Batafsil ma’lumot:
https://newuu.uz/en/graduate-program/msc-in-economics-and-data-science

May 27, 02:10

Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin!

May 23, 07:41

💼
GrantGO loyihasi qayta tug'ildi! Sizlarga 5 yildan ortiq beminnat xizmat qilgandan so'ng GrantGO loyihasi platformasi to'liq yangi ko'rinishda qayta tug'ildi! Ammo bu shunchaki saytimiz dizayni yangilanishi emas.
🚀
Ushbu o'zgarish orqali loyihamizga yanada…

May 23, 07:37

Channel photo updated

May 23, 05:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💼
GrantGO loyihasi qayta tug'ildi!
Sizlarga 5 yildan ortiq beminnat xizmat qilgandan so'ng
GrantGO loyihasi platformasi
to'liq
yangi ko'rinishda
qayta tug'ildi! Ammo bu shunchaki saytimiz dizayni yangilanishi emas.
🚀
Ushbu o'zgarish orqali loyihamizga
yanada ko'proq yangiliklar
qo'shish imkoniyati yaratildi hamda u yana
uzoq yillar
xizmat qilishi ta'minladi.
Ayni vaqtda
:
➡️
Saytimizni zamonaviy texnologiyalar bilan
to'liq yangidan
qurib chiqdik
➡️
Jarayon davomida mavjud ma'lumotlar bazasini
saqlab qoldik
(barcha avvalgi grantlar va linklar ishlashda davom etadi)
➡️
O'zingizga mos grantlarni topishni yanada
osonroq va tezroq
qilishga erishdik
➡️
Loyihamiz
mini ilovasi
sifatida
@grantgouzbot
telegram botini ishga tushirdik
➡️
Faqat o'zingizni qiziqtirgan
grant dedlayn eslatmalaridan bot orqali
xabardor bo'lishni yo'lga qo'ydik
Tez orada:
➡️
Sizning
shaxsiy
profilingiz va qiziqishlaringiz
dan kelib chiqib sizga mos grantlarni avtomatik aniqlash
➡️
Tanlagan grantingizga
mos mentorlar va kurslar
topish
➡️
Profilingizdan kelib chiqqan holda hujjat topshirishda
sun'iy intellekt orqali
yordam berish
➡️
Yana boshqa ko'plab yangiliklar, masterklasslar va qulayliklar taqdim qilish reja qilingan.
Tashrif buyuring va baho bering!
🫴
https://grantgo.uz
❤️
Sizlar uchun uzoq yillar xizmat qilgan qadrdon saytimizni esa
classic.grantgo.uz
da saqlab qo'ydik.
Bizga ishonch bildirib, bizni kuzatishda davom etganingiz uchun katta rahmat! Doimo biz bilan qoling! :)
— "Effort Team" nomidan Qudratxo'ja Musayev
#news
#updates
Telegram
|
YouTube
|
MentorGO

May 22, 15:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💼
Loyihamizda 5 yil ichidagi eng katta o'zgarishga sanoqli soatlar qoldi!
GrantGO loyihasi
5 yil
dan beri sizlarga eng saralangan grantlarni topishda yordam berib kelmoqda.
Ertaga loyihamizda shu vaqt oralig'idagi eng katta va keyingi yanayam ko'proq yangiliklar uchun debocha bo'ladigan o'zgarishni e'lon qilmoqchimiz.
O'zgarishni kutayotgan bo'lsangiz
🔥
orqali bizni qo'llab-quvvatlang!
#news
#updates
Telegram
|
YouTube
|
MentorGO

May 21, 10:52

Mazmunli uchrashuvlarga boy ta'til
Bu safar O'zbekistonga kelish oldi oldindan qandaydir suhbatlar, uchrashuvlar qilaman deb rejalashtirib yoki o'ylab kelmagandim. Ammo imkoni boricha
odamlar bilan jonli ko'rishish
niyati bor edi.
Asosiy vaqtim o'z shaharcham Farg'onada o'tyapti. Toshkentga faqat bir kunga 5-may kuni do'stimga sherik bo'lish bahonasida yaqinlar bilan ko'rishib kelishni niyat qilib bordim. Avvaliga hamkor loyihalarimiz asoschisi
Nurbek Alisherov
va
EduGrants jamoasi
a'zolari bilan ko'rishdik. Ularga buyog'iga nimaga ko'proq e'tibor berish va nima qilmaslik haqida maslahatlar berdim.
Shundan keyin
Musayev blogi sodiq kuzatuvchilari
bilan jonli uchrashuv va erkin suhbat qildik. Uchrashuv haqida kanalda o'sha kun o'zida e'lon qilgan va hamma uchun ideal bo'lmagan vaqt tanlangan bo'lsa ham
20 dan ortiq odam
vaqt ajratib keldi. Ular haqida har doimgidek chetda o'qish, karyerada o'z yo'lini topish, grantlar va shaxsiy hayotni to'g'ri qurish haqida ochiq suhbat qildik.
Kechga borib esa
universitetdagi qadrdon do'stlarim
, guruhdoshlar bilan ko'rishdik. Guruh sardorimiz ko'rishish haqida tushlikda e'lon qilgan bo'lsa ham 15-20 ta atrofida odamlar vaqt ajratib keldi. Anchadan beri bunday ko'p odam yig'ilmagan ekan. O'zim ham ular bilan suhbatlarni sog'ingan ekanman.
Toshkentdan kelgan kunim ertasiga kuni
Muhammadkarim To'xtaboyev
Farg'onaga keladigan bo'lib qoldi. Uning tashrifi bahonasida esa Farg'onadagi IT hamjamiyati bilan o'zbekcha netvorking markazi — choyxonada tanishib oldim. Farg'onada ham IT jamiyati turli tajribaga ega odamlar bilan ancha boyib qolgani, eksport va startaplar bo'yicha Toshkentdan keyingi o'rinlarda ketayotganini bildim.
O'sha uchrashuvda Farg'ona viloyati hokimi IT maslahatchisi
Bahrom aka Jalilov
bilan tanishdim. Ular ertasi kuniga (7-may) viloyatda yangi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"
ga olib bordi. Rahbar sifatida emasku, aka sifatida o'zim qanday qilib Farg'onada Microsoftgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tganimni aytib berdim. U yerdagi o'quvchilar yasagan GrantGOga o'xshash
ScholarFinder
loyihasi bilan tanishib keyinroq o'z maslahatlarimni berdim. Keyinroq viloyat hokimligiga o'zim haqimda qisqa
intervyu ham
berdim (14-may).
16-may kuni esa Farg'onalik yosh dasturchilar uchun tashkil qilib kelinayotgan
DevPev hamjamiyati
21-mehmoni bo'lib
"Road to Microsoft" mavzusida suhbat
qilib keldim. Bugun esa shu mavzuda Andijondagi Qo'qon universiteti filalida talabalar bilan uchrashuvda qatnashdim.
Bu uchrashuvlar hammasi haqida alohida yozish mumkin edi aslida. Shunchaki hozir asosiy vaqtimni yozish bilan emas AI bilan nimalardir qurishga sarflayotganim uchun bittada esdalik uchun yozib qo'yyapman.
Avvalombor IT va startaplar muhiti, yirik loyihalardan tortib yoshlar uchrashuvlarigacha oldingidek
faqatgina Toshkentda emas viloyatlarda ham
ancha ko'payib qolgani juda xursand qildi. Juda ko'p iqtidorli yoshlar bilan ko'rishdim. Aniq rejam bo'lmasa ham vaqtim mazmunli uchrashuvlarga boy o'tyapti :)
#journal
#meetup
@Musayev_blogi