
Muslimbek Abdurahimov
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
❗️
Kelasi yildan Prezident olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.
🥇
1-o‘rin sohiblariga — 25 million;
🥈
2-o‘rin uchun — 12 million;
🥉
3-o‘rin uchun — 6 million so‘m beriladi.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Kelgusi yildan Prezident olimpiadasi g‘oliblariga bir yillik stipendiya berish boshlanadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
♟
V “Zakovat-Gambit” turniri g‘oliblarini 620 mln so‘mlik mukofot jamg‘armasi kutmoqda!
“Zakovat” intellektual klubi tomonidan 5-bor o‘tkazilayotgan turnirda havaskorlar ham, professionallar ham o‘z reytingiga mos ravishda 5 ta guruhga (A, B, C, D, E) bo‘linib kurash olib boradi. Har bir guruhda g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
• 1-o‘rin — 50 mln so‘m;
• 2-o‘rin — 30 mln so‘m;
• 3-o‘rin — 20 mln so‘m;
• Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin — 20 mln so‘m.
Shuningdek, eng yoshi katta va eng yoshi kichik ishtirokchilarga 10 mln so‘mdan maxsus mukofot ajratilgan. 28-oktyabrda yarim final, 29-30-oktyabrda esa final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
🩺
Tibbiyotda yangi tashabbus va islohotlar
- Tibbiyot xodimlari uchun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta'sis etish taklifi ilgari surildi.
- Tibbiyotni raqamlashtirish tizimi sun'iy intellekt bilan boyitiladi. Kelgusi yildan 10 ta SI tizimi ishga tushiriladi.
- Oilaviy shifokorga biriktirish modeli kelasi yildan yana 100 ta tumanda yo'lga qo'yiladi.
- Saratonni erta aniqlash Samarqanddan boshlanib, 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi. Bunga yiliga 700 mlrd so'm ajratiladi.
- Infarkt va insultni erta aniqlash dasturi kelasi yil barcha tuman va shaharlarni qamrab oladi.
- Kafolatlangan paket kengayadi: kelasi yil bepul dorilar turi 73 taga, tibbiy tekshiruvlar turi 36 taga yetadi.
- "Yangi O'zbekiston tibbiyot standartlari" joriy etiladi. Birlamchi bo'g'in xodimlari maxsus kiyim bilan bosqichma-bosqich bepul ta'minlanadi.
- Kelasi yildan talabalar haftada 3 kun bemor bilan ishlashni o'rganadi. Bitiruvchilar oxirgi o'quv yilida to'liq tibbiyot muassasasida amaliyot o'taydi.
- 2027-yildan rezidentura bepul, stipendiya 3 mln so'm. Tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi universitet klinikalarida bo'lishi kerakligi ko'rsatildi.
- Birlamchi bo'g'in va tumanlardagi xodimlarning malaka oshirish xarajatlarini davlat to'liq qoplaydi.
Qayerda o'qishni xodim o'zi tanlaydi.
- Shifokor va farmatsevtlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish kelasi yil 1-iyuldan boshlanadi: avval ixtiyoriy, 2030-yildan majburiy. Ustama: shifokor va farmatsevtlarga 7 mln so'mdan, hamshiralarga 3,5 mln so'mdan.
- Xususiy klinikalar uchun hokimlar har yili yer uchastkalarini belgilab, auksionga chiqaradi. Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga o'tiladi.
- Yangi tibbiyot muassasalari aholi soni va hududlar joylashuviga qarab master-reja asosida tashkil etiladi.
- Kelasi yil har bir hududga kamida 150 mln dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasi qo'yildi.
- Bioetika va biotexnologiya uchun huquqiy asos yaratiladi. Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar bo'yicha mutaxassislar o'qitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.
- Neyroxirurgiya tajribasini yoyish uchun yaxlit jarrohlik jamoalari hududlarga yuboriladi. Tibbiyot guruhlari markazlarda 3–4 oylik stajirovkadan o'tadi.
- 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori kelasi yildan bir yillik kontrakt asosida ishlaydi va yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi.
- Har bir shifoxona va poliklinika faoliyatiga aholi baho beradigan mexanizm joriy etiladi. Shifokor va hamshira oyligi KPIga bog'lanadi.
- Shifokorlar assotsiatsiyalari rahbarlari a'zolar tomonidan ko'pi bilan 2–3 yilga saylanadi.
- Kelasi yil viloyat bosqichida g'olib bo'lgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanadi.
Sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi eng yaxshi 10 ta loyiha muallifiga 200 mln so'mdan grant beriladi.
- Ipoteka: kamida 15 yil ishlagan xodimlar ipotekasining bir qismini qoplashga 50 mlrd so'm ajratildi, kelasi yil 1 000 nafar xodim yangi uyga ko'chadi. Har yili 500 nafar yosh xodimning boshlang'ich badalining 25 foizi qoplanadi.
- Olis hududlardagi shifokorlar ustamasi 2 mln so'mdan 4,5 mln so'mga oshadi. Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 mln so'm bir martalik rag'bat puli beriladi.
👩⚕
👨⚕
Tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
⚽
Harri Keyn — “Oltin to‘p–2026” sohibi
U o‘tgan mavsumda “Bavariya” safida
🇩🇪
Germaniya Bundesligasi chempionligi, kubok va superkubokni qo‘lga kiritdi.
🏴
Angliya terma jamoasi bilan esa Jahon chempionatida yarim finalga qadar yetib borib, 3-o‘rinni egalladi.
Futbolchi, shuningdek, o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 73 ta gol urib, Yevropada klublar miqyosida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi va Bundesliga to‘purari bo‘ldi.
Keyn 33 yoshida “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Shu tariqa u Maykl Ouen g‘alabasidan 25 yil o‘tib, ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ilk angliyalik futbolchiga aylandi.
Boshqa nominatsiyalar:
🏆
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aleksiya Putelyas (“London City Lionesses” / Ispaniya terma jamoasi);
🧤
Eng yaxshi darvozabon — Unay Simon (“Atletik Bilbao” / Ispaniya);
🧤
Eng yaxshi ayol darvozabon — Kata Kol (“Barselona” / Ispaniya);
👔
Eng yaxshi murabbiy — Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi);
👔
Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Pere Romeu (“Barselona”);
🏅
Eng yaxshi jamoa — “PSJ” (Fransiya);
🏅
Eng yaxshi ayollar jamoasi — “Barselona” (Ispaniya);
🌟
Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal (“Barselona” / Ispaniya);
🌟
Ayollar futbolida eng yaxshi yosh futbolchi — Viki Lopes (“Barselona” / Ispaniya);
⚽
Eng yaxshi to‘purar — Harri Keyn (“Bavariya” / Angliya);
⚽
Ayollar futbolida eng yaxshi to‘purar — Charlin Korral (“Pachuka” / Meksika).
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
“Onam bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan uchrashuvida “Zo‘r TV” prodyuseri Dilshod Mirzamurodov onasining quvonchini samimiy so‘zlab berdi.
“Bugun oldingizga kelishimni onamga aytgan edim. Avvaliga ishonmadilar. Ular bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi. Xursandchilikdan yig‘ladilar. Qo‘shilib men ham yig‘ladim”, — dedi u.
Dilshod Mirzamurodov telekanaldagi ilk maoshi 16 million so‘m bo‘lganini, hozir esa oyiga 100 million so‘mdan ortiq maosh olayotganini aytdi. Shuningdek, propiska bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingach, uyli bo‘lganini ta’kidlab, onasining duolari va minnatdorligini yetkazdi.
Davlatimiz rahbari uning onasiga alohida rahmat aytdi:
“Onaning mehri, onaning duosi, onaning ehtiromi, hurmati juda katta kuch va qudrat”.
❌
O‘zbekistonda 1 million so‘mlik banknota chiqarilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda nominal qiymati 1 million so‘m bo‘lgan banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Markaziy bank bu ma’lumotlarni rad etdi.
“Ushbu ma’lumotlar asossiz, yolg‘on va soxta ekanini ma’lum qilamiz. Ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”,
— deyiladi regulyator xabarida.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ziroat Mirziyoyeva birinchi xonimlar bilan birga Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
“Bolalar farovonligiga investisiya” sammiti doirasida Ziroat Mirziyoyeva xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari va yuqori martabali mehmonlar bilan birga Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga
tashrif buyurdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Turizm qo‘mitasi bolalarga hojatxonadan foydalanish madaniyatini o‘rgatishga kirishibdi
Bu bo‘yicha maxsus
videorolik tayyorlanib
, unda jamoat hojatxonalaridan to‘g‘ri foydalanish, qo‘llarni sovunlab yuvish va atrofni ozoda saqlash qoidalari tushuntirilgan.
Jamoat joylarimizdagi ayrim holatlarni ko‘rib, bunday videoroliklarga ham ehtiyoj borligini tushunasan kishi.
Bunday oddiy qoidalarni bolalarga yoshligidan, avvalo, oilada o‘rgatish kerak.Bideorolik esa bu borada yaxshi qo‘llanma bo‘libdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ziroat Mirziyoyeva boshchiligida bola taqdiriga bag‘ishlangan ko‘rgazma namoyish etildi
«Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan noyob ko‘rgazma bilan tanishdi. Unda bolaning dunyoga kelishidan to mustaqil kasb tanlashigacha bo‘lgan butun bir hayot yo‘li va bu jarayondagi davlat hamda jamiyatning mas’uliyati
ochib berildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ashxobodda xayriya fondi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Saida Mirziyoyeva e’lon qilgan videodan o‘rin olgan kadrlar Ashxobodda o‘tgan muhim muloqotlardan
hikoya qiladi.
Xususan, u yerda Gʻamxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vise-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vise-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uch tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani qayd etildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov