Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Muslimbek Abdurahimov

muslimbek_abdurahimov
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi ❗️ Inson... 👉 @YozibQoldiring_bot 👉 instagram.com/muslimbek__abdurahimov
Подписчики
74 241
24 часа
45 800
30 дней
47 279
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
4 304
ER
5,8%
Посты (30д)
44
Символов в посте
628
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 11:53

👩‍🍼
O'zbekistonda 6 oy ichida 50 yoshdan oshgan 8 nafar ayol farzandli bo’lgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda
373 ming 389 ta
tirik tug‘ilish
qayd etilgan
.
Tug‘ilishlar onalarning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

25 yoshgacha —
147 ming 355 nafar;

25-39 yoshdagilar —
219 ming 588 nafar;

40 yosh va undan kattalar —
6 ming 446 nafar

Shundan, 50 yosh va undan kattalar —
8 nafar.
Shuningdek, ushbu davrda 40-59 yoshli
29 ming 403 nafar
, 60-69 yoshli
249 nafar
hamda 70 yosh va undan katta
29 nafar
erkak ota
bo'lgan
.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 11, 05:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❗️
Barcha darsliklar 2031-yilgacha to’liq takomillashgan alifboga o’tkaziladi
,
bunga qo’shimcha xarajat ketmaydi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyevning ma’lum qilishicha, qonun
2027-yildan
kuchga kirsa,
1-sinf
darsliklari yangi alifboda chop etiladi.
Amaldagi tartibga ko’ra, 1-sinf darsliklari shundoq ham
har yili
qayta chop etiladi. 2-4-sinflar uchun darsliklar
har 3 yilda
yangilanishi kerak. 5-11-sinflar uchun esa
har 5 yilda
darsliklar yangilanadi.
Shunday qilib,
2031-yilgacha
darsliklar o’z navbati kelganda toʻliq yangi alifboda nashr etiladi. Buning uchun
qoʻshimcha mablagʻ talab etilmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, takomillashgan alifbo kuchga kirgan taqdirda ham, barcha darsliklar muddatidan avval bittada qayta chop etilmaydi. Barchasi qonunchilikda belgilangan navbati kelgandagina almashadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 10, 12:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada yana bir bor g‘olib chiqdi
Kvangju shahrida o‘tkazilgan “III Xalqaro merganlar musobaqasi”da 8 ta davlatdan 28 ta jamoa ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi jamoasi 678.4 ball bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Vyetnam, uchinchi o‘rin esa Turkiyaga nasib qildi.
O‘zbekiston jamoasi 2025-yilda ham birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 08, 16:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbek oshini dunyoga tanitgan rekordga 9 yil bo‘ldi
2017-yil 8-sentabr kuni Toshkentda o‘zbek oshining tarixidagi unutilmas voqealardan biri yuz bergan edi. “O‘zbegim” festivali doirasida 7 tonna 360 kilogramm palov tayyorlanib, Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
Ulkan qozonda tayyorlangan osh uchun qariyb 2 tonna guruch, 2,7 tonna sabzi va 1,5 tonna mol go‘shti ishlatilgan. Uni tayyorlashda 50 dan ortiq oshpaz qatnashgan.
Komil Allamjonov o‘zining Telegram sahifasida mazkur voqeani eslab post
qoldirdi
.
“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9-yil bo‘libdi.
Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”,
– deb yozadi Allamjonov.

👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 07, 13:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tadbirkorlik subyektlariga huquqbuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF–175-son Farmoniga
muvofiq, biznes sohasida mutlaqo yangi tartib-taomil amaliyotga joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, birinchi marotaba yo‘l qo‘yilgan ayrim turdagi qoidabuzarliklar uchun bevosita moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi.
Ushbu amaliyotning mazmun-mohiyati va qulayliklari xususida “Dodo Pizza” rahbari Dinara Islomova oddiy chek misolida tushuntirib berdi.
“Mazkur qonunchilik hujjatining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ish jarayonida kamchiliklar yuzaga kelishi tabiiy holat bo‘lib, ularni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatining berilishi alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish har bir tadbirkorning ustuvor mas’uliyati bo‘lib qoladi,” – dedi u.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 06, 14:56
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

O‘zbekistonda madaniyat sohasidagi islohotlar xalqaro bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekistonda san’at va ijodni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga chiqdi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan “CCA Tashkent” Zamonaviy san’at markazining ochilishi buning yaqqol isbotidir. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bevosita tashabbusi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan amalga oshgan ushbu loyiha o‘zbekistonlik iste’dod egalarining xorijiy sahnalarda e’tirof topishiga zamin yaratadi.
Saida Mirziyoyeva loyihaning strategik ahamiyatiga to‘xtalib, shunday ta’kidladi:
“Bugungi yutug‘imiz madaniyatni milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida belgilab bergan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasidir.”
Milliy madaniyatni ijtimoiy ne’mat sifatida qadrlash yo‘lidagi bu kabi yirik amaliy ishlar xalqimizning ma’naviy yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 05, 22:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga
xizmat
qiladi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 04, 17:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tavsiya
❗️
Toshkentdan 1 soatlik yo'l...

Chotqol
📞
+998707000233
📞
+998955120060
📞
+998955120040

September 04, 08:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 15:20
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

Saida Mirziyoyevaning Qatarga tashrifi — yuqori darajadagi uchrashuv va O‘zbekiston merosi
Saida Mirziyoyeva Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan
uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbus va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Qatar Islom san’ati muzeyida
“O‘zbekiston: harakatdagi meros”
ko‘rgazmasi ham ochildi. Unda mamlakatimizning turli tarixiy davrlariga oid noyob eksponatlar, milliy hunarmandchilik va to‘qimachilik namunalari
namoyish etilmoqda.
Shuningdek,
“Ektashif O‘zbekiston”
ko‘rgazmasida Toshkent, Samarqand va Buxorodan ilhomlangan qatarlik hunarmandlarning zargarlik buyumlari, xattotlik asarlari, gilam va fotosuratlari taqdim etildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov