
Mutolaa sehri
🗓
#bugun
#kun_tarixi
25-oktyabr Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavallud topgan kun
Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951).
Roman va qissalari:
⏺
«Uch ildiz» (1958),
⏺
«Qora ko‘zlar» (1966),
⏺
«Olmos kamar» (1976),
⏺
«Yulduzli tunlar» (1979),
⏺
«Avlodlar dovoni», (1989),
⏺
«Ona lochin nidosi» (2000)
⏺
" Erk"
va b.
Unvon va mukofotlari:
⏺
O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988).
⏺
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978).
⏺
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981),
⏺
«El-yurt hurmati» (1998),
⏺
«Buyuk xizmatlari uchun» (2006)
⏺
«Shuhrat» medali (1994)
❔
Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz?
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri
“QO'RQMA” ROMANI MUALLIFI VA “KITOBXON OILA” G‘OLIBLARIGA UY BERILADI
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qo‘rqma” romani muallifi, yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Uchrashuvda yozuvchi davlat rahbariga O‘zbekiston ayollarining yuz yillik hayoti haqida hikoya qiluvchi yangi — “Katta qizlar” romanini sovg‘a qildi.
Shuningdek, respublika miqyosidagi “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladi.
Bugundan hamma "Kitobxon oila" bo'lishga kirishsin )
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri
21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
____
ONA TILIM O‘LMAYDI
Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.
“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
“Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”.
– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga!
Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”.
Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!
“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!
©
Erkin VOHIDOV
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
〰
ONA TILIMGA
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman...
©
Abdulla ORIPOV
__
📖
@mutolaa_sehri
Asarlarni o'zgartirib chop etilishidan maqsad nima?
Asarlarni keyingi nashrlarida o'zgartirilganini uncha qabul qilolmayman. ba'zida muallifning o'zi o'zgartirsam.
Evril Turonning O‘rta Osiyoga rus bosqinini qoralab yozgan «O‘lmas qoyalar» romani 1981 yilda «Sharq Yulduzi» jurnalida chop etilgan.
1991-yilda roman "Bu tog'lar, ulug tog'lar" nomi bilan "Yozuvchi" nashriyotida chop etilgan.
2025-yilda Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan Evril Turon saylanmasida ham bu roman "O'lmas qoyalar" nomi bilan kiritilgan.
Asarni 1991 va 2025 yillardagi nashrlarini taqqolab ko'rdim. Juda ko'p farqli joylari bor. Ko'p joylari qisqartirilgan, diologlar yo'q. Jumlalar sinonimiga almashgan joylar bor. Asar yakuni ham farqli. Keyingi nashrida 1 sahifa qo'shilgan. (suratda ayrim misollar)
Bilmadim, bu o'zgartirishlar muallifning ishimi, yoki nashr etuvchi tahririyat jamoasi ishimi...
Negadir, baribir kitoblarning ilk nashri qolishini istayman. (Sobiq SSSR senzurasi sabab olib tashlangan satrlar qaytarilsa qarshiligim yo'q. Ammo SSSR tuzumiga qarshi fikrlar bo'lsayu, bugun ular olib tashlansa... bu endi yaxshimas deb o'ylayman)
❔
Sizning fikringiz qanday bu borada?
💬
📹
📹
@komiljon_aslonov
“Hilol-Nashr” o‘zining 15 yoshini nishonlayotgan ekan.
Nashriyot haqida fikringizni izohda qoldirishingiz mumkin
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri
Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofoti olgan ayollar soni 19ta bo'libdi.
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri
Uolter Tevisning "Qirolichaning yurishi“ romani haqida
Amerikalik yozuvchi
Uolter Tevis
(1928–1984) qalamiga mansub „The Queen’s Gambit“ romani ilk marta
1983-yilda
nashr etilgan. Oʻzbek tiliga „Qirolichaning yurishi“ nomi bilan tarjima qilingan.
Yetimxonaga tushib qolgan qiz...uning yertoʻlada keksa farroshdan shaxmat oʻrganishi... qatʼiyatli va beshafqat yurishlar...gʻalaba....magʻlubiyat... ayriliq... yolgʻizlik...oʻziga ishonch...
Asar yuqoridagi barcha mavzularni qamrab oladi. Insonning oʻz ishini puxta oʻrganishi uning barcha muvaffaqiyatlari siri ekanini anglatadi.
Asar bosh qahramoni Elizabet (Bet) Harmon kentukkilik yetim qiz. Uning ota-onasi avtohalokatga uchragan, oʻzi esa Metuen-Xoum nasroniylik yetimxonasiga tushib qolgan. Yetimxonadagi taqiqlar, qatʼiy tartiblar, erkinlikning yoʻqligi yosh qizda odamlarga nisbatan ishonchsizlik va nafratni oshiradi. Unga tasalli beradigan narsa – farrosh janob Sheybeldan oʻrgangan oʻyini (shaxmat).
U oʻyinni tezda oʻrganib oladi, avval Sheybelning oʻzini, soʻngra shtatdagi koʻplab chempion erkaklarni tor-mor etadi. Asar bir savolga javob berishga intiladi: Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ayollar shaxmat oʻynayotgan va yutuqlarga erishayotgan davrda nima uchun rivojlangan Amerikada ayollar bu oʻyinda arzirli natijaga erishmagan?
Asarda tez erishilgan yutuqlar insonni havolantirib yuborsa, oqibati yaxshi tugamasligi ham uqtirib oʻtiladi. Jumladan, qahramonimiz Elizabetning oʻgay onasi vafot etgach, tushkunlikka tushgan Harmon ichkilikka ruju qoʻyadi, ammo bu omil uning isteʼdodiga koʻlanka soladi, xayolida oʻynaydigan shaxmat partiyalarini esidan chiqarib ayanchli magʻlubiyatlarga sabab boʻladi.
Umuman olganda, asar bitta chempion qizning shakllanishi, inqirozi, qayta tiklanishi va gʻalaba qozonishi haqidagina emas, balki insonning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun tinimsiz kurashlar ichida chiniqishi haqida.
Asar asosida ishlangan mini-serial (2020) ham mashhurlikka erishgan.
🪶
Azamat Fayzullayev
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri
Adabiyot yo‘nalishida 2026-yilgi Nobel mukofoti kanadalik adib Enn Karson (Anne Carson)ga nasib etdi
.
U Klassik adabiy an’analar bilan ijodiy uyg‘unlikda zamonaviy adabiyotning yangi shakllarini yaratgan jasoratli va o‘ziga xos ijodi uchun taqdirlandi.
Bu yilgi
Nobel mukofoti laureati Anne Carson
1950-yilda Kanadaning Toronto shahrida tug‘ilgan. 1981-yilda u klassika yo‘nalishidagi doktorlik dissertatsiyasini
“Odi et Amo Ergo Sum”
nomi bilan nashr ettirgan. Shundan buyon u butun ijodiy faoliyati davomida nazmda tarjimonlik va turli universitetlarda dars berish bilan shug'illanib keladi.
#NobelPrize
Siz bu ijodkorni qaysi kitoblarini o'qigansiz?
💬
📹
📹
@mutolaa_sehri