Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|

muzrabot_tuman
Музработ туман ҳокимлигининг Матбуот хизмати расмий каналига қўшилинг ва туманда бўлаётган янгиликлардан хабардор бўлиб боринг 👍 https://t.me/joinchat/AAAAAEnLfLFhbWlV9_Ne4w Веб сайт: https://www.muzrabot.uz Мурожаат учун: +998959493334
Subscribers
8 280
24 hours
30 days
-180
Post views
1 671
ER
0,15%
Posts (30d)
233
Characters in post
894
December 11, 10:09
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 6-dekabr kuni Muzrabot tumani 25-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘qituvchilari Er-Jahongir ota ziyoratgohiga sayohat uyushtirdilar.
Sayohat davomida ustozlar mazkur ziyoratgoh va uning atrofidagi diqqatga sazovor, tarixiy va qadimiy maskanlarni ziyorat qilib, boy ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga
ulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook

Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

December 11, 10:07
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 6-dekabr kuni Muzrabot tumani 24-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘qituvchilari Oks Aleksandriya (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligiga sayohat uyushtirdilar.
Sayohat davomida ustozlar ushbu hududdagi diqqatga sazovor, tarixiy va qadimiy joylarni ziyorat qilib, boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga
ulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook

Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

December 11, 09:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi
Manba
:
PQ-247-son, 2025-yil 12-avgust.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 11, 07:08
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Saida Mirziyoyeva Avaza shahrida gumanitar hamkorlikka doir uchrashuvlar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva
Turkmanistonning Avaza shahriga tashrifi doirasida Gʻamxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti
Oguljahon Atabayeva
bilan
uchrashdi
.
Saida Mirziyoyeva
Turkmaniston Betarafligining 30 yilligi
munosabati bilan tabrik bildirib,
gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy tashabbuslar va bolalarni himoya qilish sohasida tajriba almashish
masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining yaqindagi muzokaralari natijalari, jumladan
Shovot–Toshhovuz savdo zonasi
ning ochilgani qayd etildi. “
Jamg‘arma ko‘rgazmasi va tibbiyot klasteri
loyihalari bilan tanishib, qo‘shma tashabbuslarni davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Shu kunning o‘zida u Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti
Laylo Aliyeva
bilan ham uchrashib, O‘zbekiston–Ozarbayjon o‘rtasidagi qo‘shma tashabbuslar, jumladan, gumanitar loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini
muhokama qildi
.

MILLIY KONTENT
‌‌

December 10, 10:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

Insoniy birodarlik yo‘lida muhim uchrashuv va madaniy tashriflar
Shayx Zoid nomidagi
“Insoniy birodarlik” mukofoti
hay’ati yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva
“Al-Azhar” majmuasi Bosh imomi
Shayx Ahmad Muhammad Tayyib
bilan uchrashdi.
Tomonlar
tinchlik, o‘zaro anglashuv
va
inson qadr-qimmati
ni yuksaltirish orqali mukofot missiyasini amalga oshirish hamda
Insoniy birodarlik deklaratsiyasi
tamoyillarini rivojlantirish masalalarini muhokama
qildilar
.
Tashrif davomida
Al-Azhar masjidi
ziyorat qilindi, shuningdek,
Giza piramidalari
yonidagi yangi
Katta Misr muzeyi
bilan tanishildi. Bu tashrif
Tutanxamon xazinalari
kabi noyob tarixiy boyliklarni ko‘rish hamda Misrning madaniy merosni asrash bo‘yicha tajribasini o‘rganish imkonini
berdi
.

MILLIY KONTENT
‌‌

December 10, 10:34
Media unavailable
8
Show in Telegram

Giza piramidalari yonidagi yangi ulkan muzey majmuasi - Katta Misr muzeyini katta qiziqish bilan tomosha qildim.
Bu nafaqat Tutanxamon xazinalari to‘plami kabi noyob tarixiy boyliklarni ko‘rish, balki milliy madaniy merosni saqlash tajribasi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

С большим интересом посетила Большой Египетский музей — новый крупнейший музейный комплекс у пирамид Гизы.
Это хорошая возможность не только увидеть уникальные исторические ценности, такие как коллекция сокровищ Тутанхамона, но и познакомиться с опытом сохранения национального культурного богатства.

December 10, 06:51
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

💧
Kanal va ariqlarni betonlash — suvni tejash, hosildorlikni oshirish va barakani ko‘paytirishning eng samarali chorasi
So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va irrigatsiya tizimining samaradorligini oshirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muzrabot tumanida ham ushbu yo‘nalishda izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov rahbarligida ishchi guruh tuzilib, tumanning barcha hududlarida ariqlar va kanallarni betonlash jarayonlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida suvning isrof bo‘lishi keskin kamaymoqda, ekin maydonlariga suv yetkazib berish sifati yaxshilanmoqda va hosildorlikning oshishi uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Muzrabot tuman Fermerlar kengashi tashabbusi bilan tumanning
“Navbahor” hududi, “Murodbek Agro servis” fermer xo‘jaligida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda agronomlar, fermerlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi.
Ushbu keng qamrovli tashabbuslar tuman qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilib, kelajak hosiliga mustahkam asos bo‘lmoqda.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga
ulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook

Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

December 10, 06:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

Kecha Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida "Al-Azhar" majmuasi Bosh imomi Shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tinchlik, o‘zaro anglashuv va inson qadr-qimmatini yuksaltirish orqali mukofot missiyasini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Insoniy birodarlik deklaratsiyasida belgilangan tamoyillarni saqlab qolish va rivojlantirish, global miqyosda hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, eng qadimiy masjidlardan biri – Al-Azharni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘ldik.

Вчера в рамках заседания жюри премии имени шейха Заида «За человеческое братство» состоялась встреча с Верховным имамом комплекса «Аль-Азхар» шейхом Ахмадом Мухаммадом Тайибом.
Обсудили актуальные вопросы реализации миссии Премии в контексте продвижения мира, взаимопонимания и человеческого достоинства. Отмечена необходимость сохранения и развития принципов, заложенных в Декларации о человеческом братстве, а также поддержки инициатив, направленных на укрепление сотрудничества и взаимного уважения на глобальном уровне.
Мы также имели честь посетить одну из старейших мечетей — Аль-Азхар.

December 10, 05:16
Media unavailable
6
Show in Telegram

“Xavfsiz va sog‘lom yurt”: Tezkor tadbirlar samarasi
Joriy yil
20 noyabrdan
respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan
“Xavfsiz va sogʻlom yurt”
oyligi doirasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida
giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikning har qanday koʻrinishi
ga qatʼiy barham berilmoqda.
Oylikning dastlabki
15 kunida
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida
1 048 ta jinoyat aniqlanib
,
242 kg narkotik moddalarning
noqonuniy muomalasiga barham berildi.
Andijon viloyatida
o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida
4 milliard so‘mga yaqin qiymatga ega bo‘lgan
, jami
14 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari
hamda
9 509 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari
musodara qilindi.
Toshkent viloyatida
o‘tkazilgan tadbir chog‘ida 1970 yilda tug‘ilgan poytaxtlik fuqaroning Uchtepa tumanidagi uyidan
1 835 dona “Regapen”
preparati topildi. Tarkibida pregabalin bo‘lgan ushbu psixotrop vositalar
biologik faol qo‘shimcha
qadoqlariga joylab, dorixonalar orqali yashirin realizatsiya qilishga tayyorlangani aniqlandi.
27 noyabr – 4 dekabr
kunlari davom etgan tadbirlarda jami
8 kg 71 g giyohvandlik moddalari
,
750 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari
va
4 dona qurol
aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek,
Respublika bojxona organlari
tomonidan noyabr–dekabr oylarida aniqlangan
91 ta kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi
holatlarida
113 kg narkotik moddalar
, jumladan, sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Shu davrda yana
41 ta holatda
, umumiy og‘irligi
40 kg bo‘lgan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar
ning noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Bu kabi keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar respublikamiz hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, aholi va hududlarning xavfsizligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

MILLIY KONTENT
‌‌

December 10, 04:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

10 декабр – Ўзбекистон Республикаси давлат мадҳияси қабул қилинган кун!
Ўзбекистон Республикаси мадҳияси 1992 йил 10 декабр куни қабул қилинган. Мадҳия Мутал Бурхонов мусиқаси, Абдулла Орипов шеъри асосида яратилган.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga
ulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook

Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site