Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|

muzrabot_tuman
Музработ туман ҳокимлигининг Матбуот хизмати расмий каналига қўшилинг ва туманда бўлаётган янгиликлардан хабардор бўлиб боринг 👍 https://t.me/joinchat/AAAAAEnLfLFhbWlV9_Ne4w Veb sayt: https://gov.uz/uz/muzrabot Murojaat uchun: +998959493334
Подписчики
7 789
24 часа
-9
30 дней
-191
Просмотры
1 419
ER
18,22%
Посты (30д)
179
Символов в посте
1 214
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 15:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

​
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

October 26, 15:28
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Muzrabotda chorvachilik maktabi va sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari o‘rganildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov
Muzrabot tumanining Madaniyat mahallasida joylashgan
“Mehnat rohat”
xususiy korxonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Dastlab korxona hududida tashkil etilayotgan chorvachilik maktabi, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash hamda saqlash yo‘nalishlaridagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, turli zotdagi chorva mollarini parvarishlash, chorvachilikda ilg‘or tajribalarni joriy etish va baliqchilikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlar ham o‘rganildi.
Mazkur loyihalar chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va tajribalarni keng joriy etish, sut mahsulotlarini qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
O‘rganish davomida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 13:59
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Muzrabotda qurilish ishlari va loyihalar ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
Bugun
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov
Muzrabot tumanining Yangi Diyor mahallasida zamonaviy ko‘ngilochar markaz, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan 7 gektar yer maydonini zarur infratuzilma bilan ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Prezident qarorlari asosida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik loyihalarining borishi, ishlar sifati hamda mavjud muammolar mas’ul tashkilotlar, quruvchi-pudrat tashkilotlari va texnik nazoratchilar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Mas’ullarning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglanib, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan vazifalar ijrosi va obyektlarda ishlarni tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi Yangi Diyor mahallasida rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish, hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, loyihalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan quruvchi-pudrat tashkilotlari va mas’ul mutasaddilar qat’iy ogohlantirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 13:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:14
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

Shaffof mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Muzrabot tumani hokimi
Abdulla Mamatqulov
, tuman IIB boshlig‘i
G‘olib Badalov
ishtirokida
Shaffof
mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mahalladagi ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaroning holati tahlil qilindi. Davlat ta’minotidagi oilalar, shuningdek, kambag‘allikning qizil va sariq toifalaridagi oilalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning qiziqishlari va imkoniyatlari o‘rganildi.
Fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha individual rejalar asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 12:43
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

KUNLIK VAZIFALAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Muzrabot tumani hokimi
Abdulla Mamatqulov
, tuman IIB boshlig‘i
G‘olib Badalov
rahbarligida barcha mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi hududlari raislari, fermerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kunlik ko‘rsatkichlar ijrosi, viloyat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, xatlov natijalari asosida aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash, g‘alla ekish hamda paxta yig‘im-terimi jarayonlari, hududlarni obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi mas’ullarga xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, g‘alla ekish hamda paxta yig‘im-terimi ishlarini belgilangan muddatlarda tashkil etish, shuningdek, hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 08:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 08:01
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 26, 03:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔥
Isitiş mavsumi: is gazidan qanday saqlaniş kerak?
Havo sovib, uy-joylarni isitiş boşlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi şu munosabat bilan aholiga xavfsizlik böyiça
maslahatlar berdi
. Eng muhimlari:
🔍
1. Mavsum oldidan körikdan ötkazing
Peç va gaz jihozlarini tekşiring. Mörkon, dudburon va şamollatiş tizimi berkilib qolmaganiga e’tibor bering, çunki ötgan qişdan beri ularga heç kim qaramagan.
🚫
2. Sifatsiz peç örnatmang
Quyidagi peçlardan foydalanmang:
— muvofiqlik sertifikati yöq;
— ilgari işlatilgan va nosoz;
— özboşimçalik bilan özgartirilgan.
🛠
3. Malakasiz ustalarga işonmang
Nosozlikni özingiz tuzatişga urinmang. Sertifikati va tajribasi yöq ustalarni ham çaqirmang. Bu işni faqat gaz va elektr ta’minoti mutaxassislari qilişi kerak.
🌙
4. Nazoratsiz qoldirmang
— Yoqilgan peç va gaz jihozini qarovsiz qoldirmang.
— Xonani tez-tez şamollatib turing.
— Tunda isitiş jihozlarini öçirib qöying.
🏢
5. Köp qavatli uylarda
Şamollatiş kanalini peçning dudburoni sifatida işlatiş yoki uni berkitib qöyiş taqiqlanadi.
⚠️
Is gazi rangsiz va hidsiz, uni sezmay qoliş oson. Özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site

October 24, 14:19
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Viloyat hokimi Muzrabot tumanidagi qurilish-ta’mirlash loyihalari bilan tanishdi
Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov
Muzrabot tumaniga tashrifi davomida tuman Mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari hamda tumanning chegara hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari loyihalari bilan tanishdi.
Jarayonda loyihalarni sifatli amalga oshirish, belgilangan talablar asosida ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ayni paytda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
✍️
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalgaulanish
⬇️
t.me/muzrabot_tuman
🌐
Facebook
❤
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube
🕸
Web-site