Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NAMANGAN AKM

namanganakm
🖥 Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazi rasmiy kanali: 📱 Telegram. @nodirabegimakmbot 📱 Bizga bog’lanish https://nodirabegimakm.taplink.ws/
Subscribers
7 050
24 hours
30 days
-560
Post views
67
ER
0,95%
Posts (30d)
113
Characters in post
982
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 07:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

#mutolaa_vaqti

June 12, 06:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buyuk adib merosiga ehtirom!
Nodirabegim nomidagi Axborot-kutubxona markazining Jahon va xorijiy adabiyotlar o‘qish zali tomonidan Amerikalik taniqli yozuvchi Jek London tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Jek London — jahon adabiyotining buyuk vakili" nomli viktorina o‘yini tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar adibning hayoti, ijod yo‘li hamda "Oq tish", "Hayotga muhabbat" kabi o‘lmas asarlaridagi inson irodasi va tabiat bilan uyg‘unlik mavzularini chuqur tahlil qildilar. Qiziqarli savol-javoblar va viktorina shartlari yosh kitobxonlarning adib asarlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Mazkur tadbir nafaqat Jek London ijodini targ‘ib qilish, balki yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Viktorinada 15 nafardan ortiq kitobxon guruhlarga bo‘lingan holda ishtirok etdi.

June 12, 04:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ijtimoiy tarmoqlar dunyosidan kitoblar olamiga: Raqamli tobelikdan qutulish vaqti keldi
Smartfoningizni shunchaki "bir daqiqaga" qo'lga olib, qanday qilib bir soat o'tib ketganini payqamay qolgan paytlaringiz bo'ladimi? Siz yolg'iz emassiz. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo'lsa-da, ularga haddan tashqari bog'lanib qolish ruxiy va jismoniy salomatligimizga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Xo'sh, bu salbiy ta'sirlardan qanday himoyalanish mumkin? Eng sinalgan va foydali yechim —
kitob mutolaasiga qaytish
.
Ijtimoiy tarmoqlarga o'rganib qolishning 4 ta asosiy xavfi
Dofamin tuzog'i va diqqat tarqoqligi:
Har bir layk, komment yoki qisqa video (Reels, Shorts) miyamizda dofamin (huzur-halovat gormoni) ajralishini chaqiradi. Bu esa bizni telefonga qayta-qayta qarashga majbur qiladi. Natijada, uzoq vaqt davomida biror ishga diqqatni jamlash qobiliyatini (fokusni) yo'qotamiz.
Virtual hayot va depressiya:
Tarmoqlardagi "ideal hayotlar", sayohatlar va muvaffaqiyatlarni ko'rish insonda beixtiyor o'zini kamsitish, hayotidan qoniqmaslik va tushkunlik hissini (buni psixologiyada FOMO —
biror narsadan qolib ketish qo'rquvi
deyishadi) kuchaytiradi.
Vaqt o'g'risi:
Kuniga o'rtacha 2-3 soat vaqt ijtimoiy tarmoqlarga sarflanadi. Bu yiliga deyarli bir oyni bekorga ko'kka sovurish deganidir.
Uyqu buzilishi:
Kechasi telefondan tarqaladigan ko'k nur uyqu gormoni — melatonin ishlab chiqarilishini to'xtatadi. Oqibatda odam surunkali charchoq va uyqusizlikdan azob chekadi.
Nega aynan kitob mutolaasi chalg'ishga yordam beradi?
Kitob o'qish — shunchaki vaqt o'tkazish emas, bu miya uchun haqiqiy "detoks" (tozalanish) jarayonidir.
Psixologik fakt:
Sasseks universiteti tadqiqotchilarining aniqlashicha, bor-yo'g'i
6 daqiqa
kitob o'qish stress darajasini 68% gacha kamaytiradi. Bu ko'rsatkich sayr qilish yoki muzika tinglashdan ham samaraliroqdir.

June 11, 11:44
Media unavailable
10
Show in Telegram

Норин туманида замонавий “Ёшлар кутубхонаси” фойдаланишга топширилди
Норин тумани марказида ёшлар маънавиятини юксалтириш, уларнинг китобхонлик маданиятини ривожлантиришга хизмат қиладиган замонавий “Ёшлар кутубхонаси”нинг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.
Тадбирда туман ҳокими Жўрабек Нурматов, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар раҳбарлари, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари ҳамда кенг жамоатчилик иштирок этди.
2 минг нусхадан зиёд китоб фондига эга бўлган кутубхонада 100 дан ортиқ турдаги дарсликлар, илмий, маърифий ва бадиий адабиётлар жамланган. Ушбу маскан ёшларнинг билим олиши, изланиши ва бўш вақтларини мазмунли ташкил этиши учун барча шароитлар билан таъминланган.
Норин тумани марказида жойлашган кутубхона бир вақтнинг ўзида 20 нафардан ортиқ китобхонга хизмат кўрсатиш имкониятига эга. Шунингдек, у бепул Wi-Fi тармоғи ва замонавий ахборот-коммуникация технологиялари билан жиҳозланган.
Норин туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

June 11, 10:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

“Yoshlar kuni” doirasida tuman AKT mutaxassislari uchun maxsus master-klass darsi o‘tkazildi.
Bugun 11-iyun Axborot-kutubxona markazi direktori o‘rinbosari
A.Mamatova
boshchiligida tuman AKT mutaxassislari uchun Zoom platformasi orqali
"Ijtimoiy tarmoqlarda AI va Canva dasturidan foydalanib yuritish hamda kiberxavfsizlik"
mavzusida masofaviy master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida quyidagi 3 ta eng muhim yo‘nalish amaliy misollar bilan tushuntirib berildi:
AI va Kontent:
Ijtimoiy tarmoqlar uchun sun’iy intellekt (ChatGPT, Gemini) yordamida tezkor, kreativ va ta’sirchan matnlar hamda g‘oyalar yaratish;
Canva va Vizual dizayn:
Sahifalarni vizual jihatdan go‘zal va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, Canva platformasining tayyor shablonlari hamda uning ichiga integratsiya qilingan AI vositalaridan unumli foydalanish;
Kiberxavfsizlik:
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar va shaxsiy ma’lumotlarni kiberhujumlardan, xakerlardan ishonchli himoya qilish usullari.
Interaktiv ruhda o‘tgan mahorat darsida AKT mutaxassislari nafaqat nazariy ma’lumotlar, balki zamonaviy raqamli kontent yaratish bo‘yicha eng kerakli amaliy ko‘nikmalarni ham qo‘lga kiritdilar.
🚀
Zamonaviy texnologiyalar, yuqori dizayn va xavfsiz raqamli kelajak sari olg‘a!

June 11, 09:50
Media unavailable
5
Show in Telegram

KELAJAK EGALARI BILAN SAMIMIY MULOQOT: YOSHLAR KUNI KUTUBXONADA KENG NISHONLANDI
Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni"ga bag'ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni kutubxonaning "Abonementlar" sektori mudiri Karimova Madina kirish soʻzi bilan ochib berdi va boshqardi. U bugungi kunda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati darajasida koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, xususan, ziyo maskanlarida kitobxon yoshlar uchun yaratilgan keng sharoitlar va innovatsion imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, tadbirga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar soʻzga chiqib, oʻzlarining samimiy tilaklari va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi raisi oʻrinbosari Yorqinoy Hojimatova yoshlarning jamiyatdagi faolligi, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda kitobning oʻrni beqiyos ekanligini alohida taʼkidladi.
Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati vakili Mamadiyev Muhiddin Omad esa bugungi axborot asrida yoshlarning media-savodxonligini oshirish, axborotlarni toʻgʻri tahlil qila olish koʻnikmasini shakllantirish hamda kitob mutolaasi orqali dunyoqarashni kengaytirish muhimligiga eʼtibor qaratdi.
Tadbir davomida "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Namangan shahar kengashi raisi Mirzaraxmat Olimov ham soʻzga chiqib, navqiron avlod vakillarini bayram bilan qutladi va ularning ilm-fan hamda ijod yoʻlidagi intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash partiyaning ham ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini qayd etdi.
Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularda qonunga hurmat hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish borasida Namangan shahar IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati kadrlar boʻlimi inspektori Abduvohidov Fozilbek oʻzining hayotiy va foydali tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv nafaqat jiddiy muloqotlar, balki bayramona shukuh bilan ham boyitildi. Namangan shahar madaniyat boʻlimi xonandasi Feruza Axunova tomonidan ijro etilgan diltortar kuy va qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishlab, yigʻilganlarning kayfiyatini koʻtardi va davraga haqiqiy bayramona joziba berdi.
Tadbir yakunida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar va mehmonlardan batafsil javoblar oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning komil inson boʻlib yetishishida hamda kutubxona atrofida yanada jipslashishida xizmat qilishi shubhasizdir.

June 11, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌸
📚
"ABONEMENTLAR" SEKTORI
TAQDIM ETADI:
"KITOB VA GUL — MA'NAVIYAT XAZINASI"
Kitob va gul — inson ma'naviyati va qalb go‘zalligining ramzidir. Kitob tafakkurni charxlab, dunyoqarashni kengaytirsa, gullar hayotimizga go‘zallik, nafosat va ezgulik ulashadi.
Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi "Abonementlar" sektori tomonidan tayyorlangan "Kitob va gul — ma'naviyat xazinasi" nomli videorolik kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish hamda go‘zallikni qadrlash g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan.
📖
Mutolaa insonni komillikka yetaklaydi,
🌺
gullar esa qalbga iliqlik va ilhom baxsh etadi.

Keling, kitob bilan do‘stlashaylik, ma'naviyatimizni boyitaylik va go‘zallikni qadrlaylik!
Videorolik muallifi:
📚
Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi "Abonementlar" sektori mudiri Madina Karimova
#KitobVaGul
#ManaviyatTimsoli
#AbonementlarSektori
#MKarimova
#MutolaaMadaniyati
#Kitobxonlik
#NamanganAKM

June 11, 04:22
Media unavailable
3
Show in Telegram

Navbatdagi kitobingizni qanday tanlashni bilmayapsizmi?
🤷‍♂️
📖
Mana sizga bugungi mutolaangiz uchun kichik shpargalka:
Agar motivatsiya va yangi kuch kerak bo‘lsa:
Shaxsiy rivojlanish va psixologiyaga oid asarlar.
Agar reallikdan qochib, sayohat qilgandek bo‘lishni istasangiz:
Fantastika yoki sarguzasht romanlari.
Agar hayotiy xulosalar va chuqur his-tuyg‘ularni xohlasangiz:
Klassik adabiyot.
Agar mantiqiy fikrlashni charxlamoqchi bo‘lsangiz:
Detektiv janri.
Muhim maslahat:
Kitob o‘qishni majburiyatga aylantirmang, uni sevimli mashg‘ulot sifatida ko‘ring. Har kuni bor-yo‘g‘i 10-15 sahifa o‘qish ham bir yilda o‘rtacha 12-15 ta kitob deganidir!

June 10, 06:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

2026 yil 10-iyun kuni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazining Madaniy –ma’rifiy ishlar boʻyicha yoshlar bilan ishlash sektori tomonidan “Gul Namongonim” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmaga 20 ga yaqin  kitob qoʻyildi.

June 09, 11:24
Media unavailable
4
Show in Telegram

Aziz kitobxonlar. Kutubxonamiz javonlarida sizlarni andijonlik o‘tkir qalam sohibi
Farid Usmon
qalamiga mansub bir qator kitoblar kutmoqda.
1.     Koronaviruv qichqirig‘i
2.     Aruzni o‘rganish ishtiyoqi
3.     Do‘stim hayoti va ijodi haqida badia
4.     Tilak
5.     She’riyat va shoirlar
6.     Muhammad Shayboniyxon qismati
Janrlari va mavzulari rango-rang bo‘lgan ushbu kitoblarni yaqinlaringiz bilan ulashishingizni kutib qolamiz. Sizlarni mutolaaga chorlash asnosida kutubxonamizga tashrifingizni kutib qolamiz.