Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAMANGAN AKM

namanganakm
🖥 Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazi rasmiy kanali
Подписчики
1 855
24 часа
-2
30 дней
-62
Просмотры
114
ER
6,15%
Посты (30д)
122
Символов в посте
847
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 10:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazining O‘zbekiston — milliy adabiyotlar o‘qish zalida o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan “Tohir Malik asarlari qalblarda mangu” nomli davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston — milliy adabiyotlar o‘qish zali mutaxassisi Mamajanova Matluba tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma, yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi hamda asarlarining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini keng targ‘ib etishga qaratildi. Shuningdek, tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasida adibning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, mashhur asarlari hamda kitobxonlarga tavsiya etiladigan nashrlar namoyish etildi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda yozuvchi ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Tohir Malikning asarlari — kitobxon qalbida yashaydigan, avlodlarni ezgulikka chorlaydigan mangu ma’naviy merosdir.
#O
'zbekiston milliy adabiyotlar o'qish zali

October 27, 09:18
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Jahon adabiyoti durdonalari — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati
Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazining “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘qish zali tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, jahon adabiyotining nodir asarlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jahon adabiyoti durdonalari — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida jahon adabiyotining mashhur namoyandalari, ularning hayoti va ijodi, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, insoniy qadriyatlar va hayotiy saboqlar haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar, ulardan olgan taassurotlari va sevimli adabiy qahramonlari haqida so‘z yuritdilar.
Zero, jahon adabiyoti — insoniyat tafakkuri va ma’naviyatini birlashtiruvchi bebaho xazinadir!

October 26, 11:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
KITOBLARDA YASHAGAN UMRLAR
Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi “Bilimdon” klubi tomonidan “Kitoblarda yashagan umrlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlarni o‘zbek va jahon adabiyotining nodir namunalari, buyuk adiblar hayoti va ijodi, ularning bebaho ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
Kitob — inson umrining eng go‘zal izlari, qalb va tafakkur ko‘zgusidir. Har bir asarda bir umrning hikmati, bir qalbning kechinmalari, bir davrning nafasi mujassam. Adiblar o‘z asarlari orqali avlodlarga hayot saboqlarini, ezgu g‘oyalarni va unutilmas xotiralarni meros qilib qoldiradilar.
“Kitoblarda yashagan umrlar” ko‘rgazmasi kitobxonlarni ana shu betakror olamga chorlab, buyuk ijodkorlar merosini o‘rganish, asarlarni mutolaa qilish va ulardan ma’naviy ozuqa olishga undaydi.
#Bilimdon
klubi
Xamdamova Gavhar

October 26, 09:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📰
“ADOLAT” GAZETASI — DOLZARB FIKRLAR VA HAYOTIY MULOHAZALAR MINBARI
Baxtiyor Isoqovning “Adolat” gazetasi haqidagi samimiy fikrlari aks etgan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.
📖
Siz ham jamiyat hayotidagi muhim voqealar, dolzarb mavzular va hayotiy mulohazalar bilan tanishishni istaysizmi?
Unda sizni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazining “Tafakkur” o‘quv zaliga taklif qilamiz!
🗞
“Adolat” gazetasi “Tafakkur” zalimizda sizni kutmoqda! Keling, o‘qing, mushohada qiling va dunyoqarashingizni yanada boyiting.
📚
“Tafakkur” zali — bilim, mutolaa va teran fikrlar maskani!
#TafakkurZali

October 26, 09:19

📚
MUTOLAA MADANIYATI VA KUTUBXONA: KITOBXONLAR O‘RTASIDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI
Kutubxonamizda kitobxonlarimizning mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish, ularning taklif va mulohazalarini tinglash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida "Kitobxonlik va kutubxona faoliyati" mavzusida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada kutubxonamizning doimiy va faol kitobxonlari, yoshlar hamda turli sohaga qiziquvchi mutolaachilar faol ishtirok etishdi.
📊
So‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
* Kitobxonlarning sevimli adabiyot turlari va mutolaa odatlarini aniqlash;
* Kutubxonamizdagi kitob fondiga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish;
* Kelgusida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda kitobxonlar klubi faoliyatini kitobxonlar istagiga ko‘ra tashkil etish.
So‘rovnoma jarayoni juda samimiy va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Kitobxonlarimiz tomonidan bildirilgan har bir taklif va fikrlar diqqat bilan o‘rganib chiqiladi hamda kelgusi faoliyatimizda albatta inobatga olinadi!
>
💬
Barcha ishtirok etgan va o‘z fikr-mulohazalarini ulashgan kitobxonlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Kutubxonamiz eshiklari siz uchun har doim ochiq!
>
📍
Abonementlar sektori
📖
Kutubxonamiz bilan birga bo‘ling, mutolaadan uzilmang!

October 26, 09:19
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

October 26, 08:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📺
G
uldasta dasturida
KUTUBXONA - MA`NAVIYAT O`CHOG`I
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Live
|
FM-103.6
|
Facebook

October 26, 04:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
✨
Har bir kitob — yangi olam, har bir mutolaa — yangi kashfiyot!
Sevimli asarlar, unutilmas qahramonlar va qalbga yaqin hikoyalar bilan yuzlashishga tayyormisiz?
💫
📖
Abonementlar sektorida “Hafta kitobi” loyihasi davom etmoqda!
Bu gal ham sizni yangi kitob, yangi taassurotlar va mutolaa zavqi kutmoqda. Balki aynan shu kitob hayotingizda unutilmas iz qoldirar…
💜
🌿
Bu haftaning kitobini tanlang, mutolaa qiling va o‘zingiz uchun yangi olam eshiklarini oching!
Abonementlar sektori — kitobsevarlar maskani!

October 24, 13:40

2026-yil 23-oktabr kuni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Usmon Nosir” nashriyoti direktori, yozuvchi va shoir Alisher Jo‘rayev bilan “Yangi kitob — yangi tafakkur” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitobxonlik ma’daniyatini yuksaltirish, yangi nashr etilgan kitoblarni keng targ‘ib qilish, ijod ahli va kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Ijodiy uchrashuvda Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Dilfuzaxon Hakimova, Isoqjon Nishonov, mehnat faxriysi Bahodir Mamatxanov hamda yozuvchi va shoir Alisher Jo‘rayev ishtirok etib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va ma’naviyat rivojidagi ahamiyati, yosh avlodni kitobsevarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Alisher Jo‘rayev bilan kechgan samimiy muloqot davomida ijodkorning adabiyot va nashriyot sohasidagi faoliyati, yangi kitoblarning ahamiyati hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish va adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi

October 24, 13:40
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram