
NAMSIFL YOSHLAR ITTIFOQI BT
🚀
START UP KLUBI DOIRASIDA NAVBATDAGI LOYIHA AMALGA OSHIRILDI!
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Start Up klubi doirasida talabalar tomonidan navbatdagi ijtimoiy loyiha ustida ish olib borildi.
🤝
Loyiha doirasida institut uchun hayriya qutisi tayyorlandi va unga mos kreativ rasm chizildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi ehtiyojmand insonlar, xususan, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarda mehr-oqibat, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat.
👨🎓
Talabalar o‘z ijodkorligi va tashabbuskorligini namoyon etib, oddiy g‘oyani ezgulikka xizmat qiluvchi loyihaga aylantirish yo‘lida amaliy qadam tashladilar.
👍
Zero, haqiqiy innovatsiya — nafaqat yangilik yaratish, balki insonlar hayotiga yaxshilik olib kirishdir!
😎
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
🍿
MOVIE CLUB — INGLIZ TILINI FILMLAR ORQALI O‘RGANAMIZ!
📚
Mashg‘ulot davomida talabalar filmda qo‘llanilgan zamonaviy inglizcha iboralar va yangi so‘zlar bilan tanishdilar. Shuningdek, qahramonlarning nutqini tahlil qilish orqali talaffuz, tinglab tushunish (
listening
) hamda ingliz tilida fikrlarni to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
🗣️
Uchrashuv davomida filmning eng qiziqarli va ta’sirli lavhalari muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘z taassurotlari va fikrlarini ingliz tilida bayon etdilar. Samimiy suhbatlar va faol muhokamalar orqali talabalar yangi bilimlarini amalda qo‘llash, o‘zaro fikr almashish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🎓
To‘garak rahbari: Baxtiyorova Mubinabonu
📲
Movie Club safiga qo‘shiling:
@thebkhtyrva
😎
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
🏓
STOL TENNISI TO‘GARAGIDA NAVBATDAGI MASHG‘ULOT!
👍
Til va tarjima fakultetida o‘g‘il talabalar uchun tashkil etilgan “Stol tennisi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti ko‘tarinki kayfiyat va yuqori faollikda bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida talabalar sport bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.
💪
Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar o‘zaro bahs olib borib, stol tennisi bo‘yicha mahoratlarini yanada oshirishga harakat qildilar. Sport orqali chaqqonlik, tezkor fikrlash va sog‘lom raqobat ko‘nikmalari rivojlantirildi.
✨
Har bir mashg‘ulot — yangi tajriba, yangi harakat va yangi g‘alabalar sari bir qadam! Siz ham safimizga qo‘shiling va sport bilan birga yangi marralar sari intiling!
🗓
Mashg‘ulot kunlari: dushanba va chorshanba
⏰
Vaqti: 15:00–17:00
📲
To‘garak guruhiga qo‘shiling:
https://t.me/+aQohitsBVuljZDJi
😎
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🎬
TALABALAR BILAN IBRATLI KINO KECHASI!
Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan birgalikda Besh muhim tashabbus yo‘nalishi koordinatori Abdufattoyeva Mushtariybonu tomonidan tashkil etilgan mazmunli kino kechasida o‘zbek kinematografiyasining bebaho durdonalaridan biri — “Sen yetim emassan” filmi tomosha qilindi.
🎥
Filmda urush yillarida turli millatga mansub bolalarni o‘z bag‘riga olgan Shomahmudovlar oilasining mehr-oqibati, insonparvarligi va bag‘rikengligi yorqin aks ettirilgan.
✨
Kino kechasi davomida talabalar insoniylik, mehr-muruvvat, millatlararo do‘stlik va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlar haqida fikr yuritish imkoniga ega bo‘ldilar. Film tomoshabinlarni tarixdan saboq olishga, mehrning qadriga yetishga va har qanday vaziyatda insoniylikni saqlashga undaydi.
📌
Mazkur tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy kinematografiyamizga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
🎞️
Zero, haqiqiy insoniylik — boshqalarga mehr ulashish va yaxshilik qilishdan boshlanadi!
Bunday mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlar davom etadi!
🖥
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
👍
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Besh tashabbus yo‘nalishi koordinatori Abdufattoyeva Mushtariy tomonidan sportning volleybol turi boʻyicha toʻgarak tashkil etilgan.
🗓
Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.
—Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
👍
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti boshlangʻich tashkiloti
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
#Til_va_tarjima_fakulteti
🥋
TAEKVONDO — KUÇ, MATONAT VA INTIZOM MASKANI!
🏛
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari institutida RUS-BR-25-guruh talabasi tomonidan tögarak taşkil etildi. Talaba-qizlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning jismoniy faolligini oşiriş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida taekvondo tögaragi maşğulotlari olib borilmoqda.
🥋
Maşğulotlar davomida talabalar özlarining jismoniy imkoniyatlarini rivojlantiriş, çaqqonlik, epçillik va çidamlilikni oşiriş bilan birga, öziga bölgan işonç, intizom va qat’iyat kabi muhim fazilatlarni ham şakllantirmoqdalar.
💪
Soğlom tana — soğlom fikr! Sport bilan muntazam şuğullaniş nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki yoşlarning irodasi va hayotga bölgan intilişini ham oşiradi.
🌟
Sport — salomatlik garovi, muvaffaqiyat sari dadil qadam!
Taşkilotçi: R. Qosimova
RUS-BR-25
👍
Bizni kuzatişda davom eting:
@namsiflBT
#Til_va_tarjima_fakulteti
🇰🇷
KOREYS TILI TO‘GARAGINING NAVBATDAGI MASHG‘ULOTI BO‘LIB O‘TDI!
📌
Bugun koreys tiliga qiziquvchi talabalar uchun koreys tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti qiziqarli va amaliy tarzda tashkil etildi.
✔️
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar:
🌟
Koreys alifbosi — 한글 (Hangul) bilan tanishdilar;
🌟
Koreys tilidagi harflar va ularning talaffuzini o‘rgandilar;
🌟
Unli harflar va bo‘g‘inlar haqida bilimlarini mustahkamladilar;
🌟
Yangi koreyscha so‘zlar va ularning ma’nolarini o‘rgandilar.
⭐
Mashg‘ulot davomida nazariy bilimlar talaffuz mashqlari, harflarni takrorlash va amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi. Ishtirokchilar koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirib, dastlabki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🎓
To‘garak tashkilotchisi va rahbari: KOR-AU-25 guruh talabasi Qo‘ziboyeva Zebo
📢
Tyutor: Mohiraxon Usmonova
🇰🇷
한국어를 배우고, 함께 성장해요!
Koreys tilini o‘rganamiz, birgalikda rivojlanamiz!
👍
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
🇺🇿
“YURTIM QADRIYATLARI” TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI!
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✨
Tanlov davomida ishtirokchilar milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni keng namoyish etib, xalqimizning boy madaniy merosini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shuningdek, yoshlar o‘zlarining ijodiy salohiyati, iste’dodi va bilimlarini namoyon etdilar.
📚
Mazkur tanlov yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿
Milliy qadriyatlarimiz — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi, milliy o‘zligimiz va avlodlar davomiyligining mustahkam poydevoridir!
😎
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
🇹🇷
TÜRK TILI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI!
🎓
Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti talabalari ishtirokida tashkil etilgan turk tili to‘garagi o‘z bilimlarimizni oshirish, yangi so‘zlarni o‘rganish va turk tilida erkin muloqot qilish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir.
⭐
Mashg‘ulotlar davomida biz turk tilining o‘ziga xos jihatlari, kundalik suhbatlarda ishlatiladigan iboralar, qiziqarli so‘zlar va turk xalqining boy madaniyati bilan tanishamiz. Eng muhimi, o‘rgangan bilimlarimizni amaliy mashqlar va dialoglar orqali mustahkamlaymiz.
💡
Bugungi qiziqarli ibora:
“Damlaya damlaya göl olur.”
Tomchi-tomchi bo‘lib ko‘l bo‘ladi.
📍
Manzil: Namangan davlat chet tillari instituti
🎓
To‘garak rahbari: Mamatkarimova Umidaxon
👩🏻🏫
Tyutor: Nuritdinova Xurshidaxon
⭐
Biz bilan birga yangi so‘zlarni o‘rganing, o‘z bilimlaringizni boyiting va turk tilida o‘z imkoniyatlaringizni kashf eting!
✈️
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT