Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAMSIFL YOSHLAR ITTIFOQI BT

namsiflbt
🏛 O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat chet tillari instituti boshlang'ich tashkiloti Rasmiy telegram kanali ☆YANGILIKLAR ☆YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR 🖐 Barchasiga birgalikda erishamiz! 💬 Murojaat uchun: @dilnoza_komiljonova
Подписчики
1 378
24 часа
15
30 дней
405
Просмотры
396
ER
28,74%
Посты (30д)
64
Символов в посте
943
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 13:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
YANGI O‘QUV YILI — YANGI IMKONIYATLAR!
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yangi o‘quv yilidagi faoliyatini klub va loyihalardan boshlaydi!
🔎
Oldinda yangi loyihalar, qiziqarli tanlovlar, uchrashuvlar, ijodiy va ta’limiy tashabbuslar, eng muhimi — talabalar uchun yangi imkoniyatlar bor.
📈
Barchamiz birga harakat qilamiz, birga o‘rganamiz, birga natija qilamiz.
Biz tayyormiz. Siz-chi? Tayyormisiz?
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 13:12
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🎉
TALABALAR TURAR JOYIDA KO‘NGILOCHAR DASTUR!
🏛
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Til va tarjima fakulteti Talabalar turar joyida
talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.

Tadbir
Til va tarjima fakulteti yetakchisi hamda 5 muhim tashabbus yo‘nalishi koordinatori tomonidan
tashkil etilib, talabalar uchun quvnoq va ko‘tarinki kayfiyatga boy lahzalar taqdim etdi.
🎶
Dastur davomida turli qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar shartlar va jamoaviy faoliyatlar tashkil etilib, talabalar o‘zlarining ijodkorligi, faolligi va topqirligini namoyon etdilar.

Bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
🌟
Talabalik — nafaqat bilim olish, balki unutilmas xotiralar yaratish davri!
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
Instagram
sahifamizga ham obuna bo'lishni unutmang!

September 11, 10:48
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🎓
TALABALIKKA BAG‘ISHLOV — YANGI BOSQICHGA ILK QADAM!
🏛
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Til va tarjima fakultetida
yangi o‘quv yilining unutilmas lahzalaridan biri —
“Talabalikka bag‘ishlov”
tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida 1-kursga qabul qilingan yoshlar talabalik maqomini tantanali tarzda qarshi olib, oliy ta’lim dargohidagi yangi va mas’uliyatli hayot bosqichiga qadam qo‘ydilar.
🎤
Bayram dasturi davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy tilaklar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
📚
Talabalik — bu shunchaki talaba maqomi emas. Bu bilim, izlanish, yangi do‘stlar, katta maqsadlar va unutilmas xotiralar sari ochiladigan yangi sahifadir.
🌟
Aziz talabalar! Institutimizning katta va ahil oilasiga xush kelibsiz! Talabalik yillaringiz mazmunli, sermahsul va yorqin yutuqlarga boy bo‘lsin!
Talabalik muborak bo‘lsin!
🎓

🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT
Instagram
sahifamizga ham obuna bo'lishni unutmang!

September 11, 09:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
“O‘ZBEKISTON — MENING G‘URURIM!” INSHOLAR TANLOVI
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari o‘rtasida
“O‘zbekiston — mening g‘ururim!”
mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash.
❗️
Ishtirokchilar: institutning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalar.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: Fakultet bosqichi:
🔹
14–18-sentabr 2026-yil;
Institut bosqichi:
🔹
23–26-sentabr 2026-yil.
Inshoga qo‘yiladigan asosiy talablar:
• ishtirokchining shaxsiy ijod mahsuli bo‘lishi;
• boshqa manbalardan ko‘chirilmagan bo‘lishi;
• mavzuni to‘liq yoritishi;
• adabiy o‘zbek tilida yozilishi.
📄
Tavsiya etiladigan hajm — qo‘l yozma 3–5 bet.
🏆
Institut bosqichida:
🥇
I o‘rin — 300 000 so‘m;
🥈
II o‘rin — 200 000 so‘m;
🥉
III o‘rin — 100 000 so‘m hamda institut rektorining maxsus diplomi bilan taqdirlanadi.
☑️
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar o‘z ijodiy ishlarini belgilangan muddatlarda fakultet mas’ullariga taqdim etishlari mumkin.

O‘z fikringizni yozing, Vatanga bo‘lgan munosabatingizni so‘z orqali ifodalang!
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 08:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎨
“O‘ZBEKISTON YOSHLAR-NIGOHIDA” RASMLAR TANLOVI
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida”
rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.Tanlovning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
❗️
Tanlov mavzusi:
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”
Ijodiy ishlar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin:
• Yangi O‘zbekiston va uning taraqqiyoti;
• yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari;
• ilm-fan va innovatsiyalar;
• ta’lim va zamonaviy yoshlar;
• sport va sog‘lom turmush tarzi;
• volontyorlik va xayriya;
• milliy qadriyatlar va an’analar;
• O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy qiyofasi;
• bunyodkorlik va obodlik;
• tinchlik va osoyishtalik
🎨
Ijodiy ishlar: rangtasvir, grafika, akvarel, qalam, moybo‘yoq, akril, milliy uslubdagi tasviriy ishlar hamda zamonaviy va kreativ badiiy ishlanmalarda bajarilishi mumkin.
Tanlov bosqichlari:
11–18-sentabr — tanlovni e’lon qilish va ijodiy ishlarni qabul qilish;
18–23-sentabr — ijodiy ishlarni hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish va baholash;
25-sentabrgacha — g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash.
📌
Muhim: har bir ishtirokchi 1 ta, yakka tartibdagi mustaqil ijodiy ish taqdim etishi mumkin. Jamoaviy ishlar qabul qilinmaydi.
📋
Ijodiy ish bilan birga ishtirokchining F.I.Sh., fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi, ijodiy ish nomi va bog‘lanish uchun telefon raqami taqdim etiladi.
🏆
Tanlov g‘oliblari:
🥇
I o‘rin — Faxriy yorliq va 300 000 so‘m;
🥈
II o‘rin — Faxriy yorliq va 200 000 so‘m;
🥉
III o‘rin — Faxriy yorliq va 100 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📍
Ijodiy ishlar belgilangan muddatda fakultetlarning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari orqali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotiga yoki tashkiliy ishchi guruhiga topshiriladi.
O‘zbekistonni qanday ko‘rasiz? Uni o‘z nigohingiz bilan tasvirlang!
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 08:05
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🏢
TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida bunyod etilgan talabalar turar joyiga
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov
tashrif buyurdi.
🔍
Tashrif davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash va maishiy sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar hamda mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishildi. Talabalar bilan muloqot qilinib, ularning ta’lim olishi, yashash sharoiti, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
🎉
Shuningdek, tashrif doirasida institut tomonidan
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan tashkil etilgan
“Yoshlar oqshomi”
konsert dasturi ham kuzatildi. Unda talabalar o‘zlarining musiqiy, sahnaviy va ijodiy chiqishlari orqali faol ishtirok etib, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 04:17
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram


“Yangi hayot — baxt sari qadam”
📌
Isʼhoqxon ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti xotin-qizlar psixologi
Shoxista Mamadjanova
hamda Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan Filologiya fakulteti talabalariga
"Yangi hayot — baxt sari qadam”
nomli aksiya va trening tashkil etildi.
🎯
Tadbirlarning asosiy maqsadi 1-kurs talabalarining institut hayotiga moslashuvini yengillashtirish, ularda ijobiy kayfiyat va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni shakllantirish hamda ularni yangi maqsadlar sari ruhlantirishdan iborat bo‘ldi.
🚀
Trening davomida talabalarga hayotdagi har bir yangi bosqich ulkan imkoniyatlar eshigi ekani ta’kidlandi. Yangi muhit, do‘stlar, bilim va maqsadlar talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor bo‘lishi uqtirildi. Shuningdek, qiyinchiliklarni yengib o‘tish, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash hamda samimiy muloqot o‘rnatish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎓
TALABALAR NIGOHIDA — INSTITUTIMIZ
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish koordinatorlari tomonidan talabalar bilan qisqa intervyular tashkil etildi.
🎤
Suhbat davomida talabalardan institutda ularga eng yoqayotgan jihatlar, ta’lim muhiti, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda talabalik hayotidagi ilk taassurotlari haqida fikrlar olindi.
💬
Bunday samimiy suhbatlar orqali talabalar nigohida institut hayoti, ularning qiziqishlari va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga munosabati namoyon bo‘ldi
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 11, 01:09

#Til_va_tarjima_fakulteti
#NamSIFL_BT_RADIOFM
📻
Bugungi efirimiz sizga ilhom, ijobiy kayfiyat va foydali fikrlar ulashsin.
🎧
Tinglang va bahramand bo‘ling!
🎙️
Mikrafon qarshisida
Til va tarjima fakulteti yetakchisi Gulzoda Egamberdiyeva
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti boshlangʻich tashkiloti
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

September 10, 16:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
VATAN — QALBIMIZDAGI ABADIY TUYG‘U
📌
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti volontyorlik jamoasi
tomonidan Vatanga bo‘lgan muhabbat, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini tarannum etuvchi ijodiy chiqish namoyish etildi.
📝
Volontyor yoshlar shoir
Sirojiddin Sayyid
ijodiga mansub
“Vatan abadiy”
she’rini ijro etib, Vatan inson qalbida nechog‘li muqaddas va betakror tuyg‘u ekanini o‘z chiqishlari orqali ifoda etdilar.
🇺🇿
Zero, Vatan — shunchaki hudud emas. U bizning tilimiz, xotiralarimiz, orzularimiz va kelajagimiz mujassam bo‘lgan muqaddas maskandir.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT