
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
#1_kurs
#monitoring
#doktorantlar
🤩
Namangan davlat pedagogika instituti 1-kurs doktorantlari faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
Namangan davlat pedagogika institutida 1-kurs doktorant hamda tayanch doktorantlarning 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan faoliyati monitoring qilindi.
Monitoring jarayoni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi mas’ullari tomonidan olib borildi. Jarayonda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish darajasi, dissertatsiya mavzularining dolzarbligi va ilmiy yangiligi, shuningdek, metodologik yondashuvlarning asoslanganligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Hisobotlar davomida doktorantlarning olib borayotgan ilmiy izlanishlari, olingan dastlabki natijalar, ilmiy maqolalar chop etish faolligi hamda tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilindi. Shu bilan birga, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirda kafedra mudirlari ishtirok etib, doktorantlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, tadqiqot ishlarining sifatini oshirish hamda ilmiy izlanishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar bildirdilar.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
#kitobxonlik
NAMDPIDA KITOBXONLIK MADANIYATIGA E'TIBOR YANGI BOSQICHDA
!
📚
“Kitob o‘qish soati”
professor-
o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar tomonidan faol ravishda davom etmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida ustozlar hamda talabalar quyida tavsiya etilgan kitoblar mutolaasi orqali oʻz bilimlarini yanada boyitib bormoqda.
📚
PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA XODIMLARLAR UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN KITOBLAR RO‘YXATI
:
⬇️
⬇️
⬇️
✔️
Aprel oyida
1. Amir Temur — Temur tuzuklari
2. Xayriddin Sulton — Yaldo kechasi
3. Paulo Koelo — Alkimyogar
✔️
May oyida
4. Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
5. Abdulla Avloniy — Turkiy guliston yoxud axloq
6. Marsel Brion — Menkim, sohibqiron – jahongir Temur
✔️
Iyun oyida
7. Javlon Jovliyev — Qo‘rqma
8. Said Ahmad — Ufq
9. Jorj Oruell — 1984
✔️
Iyul oyida
10. Cho‘lpon — Kecha va kunduz
11. O‘tkir Hoshimov — Ikki eshik orasi
12. Ernest Xeminguey — Alvido, qurol
✔️
Avgust oyida
13. Pirimqul Qodirov — Avlodlar dovoni
14. Bobur — Boburnoma
15. Jek London — Martin Iden
✔️
Sentabr oyida
16. Odil Yoqubov — Ulug‘bek xazinasi
17. Abdulla Qodiriy — O‘tkan kunlar
18. Chingiz Aytmatov — Asrga tatigulik kun
✔️
Oktabr oyida
19. Asqad Muxtor — Chinor
20. Abdurauf Fitrat — Abulfayzxon
21. Fyodor Dostoyevskiy — Telba
✔️
Noyabr oyida
22. Murod Muhammad Do‘st — Lolazor
23. Tog‘ay Murod — Otamdan qolgan dalalar
24. Gabriel Garsia Markes — Yolg‘izlikning yuz yili
✔️
Dekabr oyida
25. Oybek — Navoiy
26. Pirimqul Qodirov — Olmos kamar
27. Rey Bredberi — Fahrenheit 451
📚
TALABALAR UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN KITOBLAR RO‘YXATI
:
⬇️
⬇️
⬇️
✔️
Aprel oyida
1. Xayriddin Sultonov — Boburiynoma
2. Pirimqul Qodirov — Avlodlar dovoni
3. O‘lmas Umarbekov — Odam bo‘lish qiyin
✔️
May oyida
4. Bo‘riboy Ahmedov — Amir Temur
5. Otabek Xasanov — Liderlar kitobi
6. Chingiz Aytmatov — Birinchi muallim
✔️
Iyun oyida
7. Mirmuhsin — Temur Malik
8. Chingiz Aytmatov — Oq kema
9. Odil Yoqubov — Ulug‘bek xazinasi
✔️
Iyul oyida
10 Abdulla Avloniy — Turkiyz guliston yoxud axloq
11. Odil Yoqubov — Ko‘hna dunyo
✔️
Avgust oyida
12. Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
13. O‘zbek xalq dostoni — Alpomish
14. Maqsud Qoriyev — Spitamen
✔️
Sentabr oyida
15. Zahiriddin Bobur — Boburnoma
16. Kaykovus — Qobusnoma
17. Ernest Xeminguey — Alvido qurol
✔️
Oktabr oyida
18. Mirkarim Osim — Jayhun ustida bulutlar
19. O‘tkir Hoshimov — Ikki eshik orasi
20. Erkin Samandar — Sulton Jaloliddin
✔️
Noyabr oyida
21. Said Ahmad — Ufq (Hijron kunlari)
22. Naim Karimov — Cho‘lpon
23. Fyodor Dostoyevskiy — Jinoyat va jazo
✔️
Dekabr oyida
24. Chingiz Aytmatov — Asrga tatigulik kun
25. Nazar Eshonqul — Momoqo‘shiq
26. Ernest Xeminguey — Chol va dengiz
Ushbu tavsiya etilgan kitoblarni o‘qing — bilim oling, o‘zingizni rivojlantiring va muvaffaqiyatga erishing!
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
#tadbir
TALABALAR TURAR JOYIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
T
alabalar turar joyida talablarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari, pedagog tarbiyachilar, kutubxona xodimasi
hamda
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari
H.Abduraxmonov va O.Madaminova
hamkorligida tadbir va "Zakovat" turniri tashkil etildi.
Tadbirda talaba yoshlar milliylikni targʻib qiluvchi kuy qoʻshiqlar ijro etishdi, "Zakovat" turnirda esa 20 ga yaqin jamoa qavatlar kesimida shakllanib, faol ishtirok etdi hamda gʻoliblar institut diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
🟦
🟦
🟦
Namangan davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Xoshimova Oydina Shuhratovna
rahbarligida
XTA-DU-24 guruh
amaliyotchi talabalari tomonimdan
Namangan shahar 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida "ENGLISH PARTY"
mavzusida tadbir tashkil etildi.
🎙
Amaliyot davrida tashkillangan tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilida qiziqarli she’rlar aytib, sahna ko‘rinishlari hamda raqslar ijro etdilar. Har bir chiqish o‘ziga xos va unutilmas va zavqli bo‘ldi!
Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘quvchilar hamda amaliyotchi talabalar faol ishtirok etdilar. Bu esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ushbu tadbir o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, amaliyotchi talabalarning pedagogik mahoratini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
#hamkorlik
OLIY TA'LIM VA MAKTAB HAMKORLIGI
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z.Dadabayev
boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar biriktirilgan o‘quv, ilmiy-metodik markazlarga, yani
Davlatobod tumanidagi 2-sonli, Yangi Namangan tumanidagi 92-sonli va Mingbuloq tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktablarga
tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab va institut o‘rtasida ilmiy-metodik xamkorlikni uzluksiz rivojlantirish, turli seminar treninglar xamda maxorat darslarini tashkil etish kelishib olindi. Mazkur tashrif ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy yondashuvlar asosida takomillashtirishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qildi.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
#shoirni_xotirlab
Axrorjonova Muxlisadan Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan video…
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
#konferensiya
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
Namangan davlat pedagogika institutida
“SUN‘IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA‘LIMGA TATBIQ ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI” mavzusida
ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Konferensiyada
Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov
, soha prorektorlari, xorijiy professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish va ilg‘or ilmiy tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Konferensiya quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi:
➡️
Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish – adaptiv o‘qitish tizimlari, intellektual dasturiy vositalar hamda raqamli didaktika asosida ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
➡️
Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil va modellashtirish – muammoli o‘qitish, matematik tafakkurni rivojlantirish, algoritmik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar taqdim etildi.
➡️
Fizika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalari – simulyatsiya, virtual laboratoriyalar orqali eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish va o‘quv jarayonini interaktiv tashkil etish usullari yoritildi.
➡️
Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish – STEM yondashuvi, robototexnika, innovatsion ta’lim muhitlari hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv jarayonlarini tashkil etish masalalari.
➡️
Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari – algoritmlar, modellashtirish, hisoblash usullari, shuningdek, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or ilmiy qarashlar bayon etildi.
Mazkur konferensiya pedagogik ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
O‘LSA O‘ZI O‘LAR, SO‘ZI O‘LMAYDI…
O‘lsa o‘zi o‘lar,
So‘zi o‘lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi,
Yurakka ko‘milar asl shoirlar..!
©️
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusufning she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib tinglamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil satrlarida katta-yu kichik o‘z dard-u tashvishi, quvonch-u shodligini topadi, shu bois har bir misra qalblarga tez yetib boradi.
Bugun o‘zbekning mana shunday kichik yuragi bilan katta dardlarni ko‘targan Muhammad Yusufning tavallud ayyomi. Shoir 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.
Uning «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Ishq kemasi», «Ko‘nglimda bir yor», «Bevafo ko‘p ekan», «Erka kiyik», «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» kabi sheʼrlari bugun ham o‘quvchilar tilidan tushmaydi.
Muhammad Yusuf ijodining eng katta kuchi — uning samimiyatidadir. U murakkab fikrlarni ham sodda va ta’sirli ifoda eta olgan, xalq qalbini teran his qilgan ijodkor edi. Shu bois uning she’rlari nafaqat o‘qiladi, balki yurakdan o‘rin olib, uzoq yashaydi.
Haqiqiy shoirlar hech qachon o‘lmaydi — ular so‘zlarida, satrlarida va xalq xotirasida yashaydi. Muhammad Yusuf ham ana shunday barhayot shoirlardan biridir.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
Namangan davlat pedagogika instituti
🏛
pinned a video
Gimnastrada festivalidagi barcha rasmlarni bu yerdan olishingiz mumkin
👉
Fotoalbom