
Namangan davlat pedagogika instituti
🆕
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🙄
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan
2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 28—29-oktabr kunlari
“Raqamli-pedagogik transformatsiya va zamonaviy taʼlimning tadqiqot modellari ”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.
➡️
Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🔘
Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
✅
Konferensiya sho'balari:
💖
Raqamli-pedagogik transformatsiyaning nazariy-metodologik asoslari va ta’lim boshqaruvi;
💖
Aniq, tabiiy va texnik fanlarni o‘qitishda raqamli transformatsiya;
💖
Maktabgacha, boshlang‘ich va inklyuziv ta’limning raqamli ekotizimi;
💖
Raqamli tadqiqot modellari: filologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarda yangi yondashuvlar;
💖
Amaliy fanlar ta’limida raqamli kompetensiyalar va innovatsion texnologiyalar;
💖
Ta’lim sifati, baholash va zamonaviy tadqiqot modellari;
💖
Raqamli ta’limning ijtimoiy-falsafiy, etik va huquqiy masalalari;
💖
Sun’iy intellekt va zamonaviy ta’lim: imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar.
😃
Nashrga tavsiya etilgan h
ar bir maqolaga alohida DOI raqam beriladi hamda mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), maqolaning alohida PDF nusxasi, elektron to‘plam va elekrton sertifikat taqdim etiladi.
🤩
Maqolalar quyidagi bazalarda indekslanadi:
👍
Google Scholar;
👍
Zenodo DOI;
👍
Open AIRE;
👍
smartquillpublishing.uz
📩
Maqola va tezislar quyidagi manzillar orqali joriy yilning 27-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi:
✔️
@rahmatillo_akbarov
✔️
@smart_quill_publishing
➡️
Maqolalar tahririyat tomonidan
3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etilgan maqolalar 7 ish kuni ichida alohida DOI raqam bilan nashr etiladi.
❕
Maqola ko'chirilmaganligi, uning originalligi, undagi ma'lumotlarning ishonchli ekanligiga
muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.
📞
Qo'shimcha ma'lumot uchun tel:
+998930574320
+998871355453
❤️
Smart Quill Publishing MCHJ rasmiy telegram sahifasi
#Tabrik
DSc dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti
Turg'unboyeva Azizaxon G'ulomovna
ning
“Farg'ona vodiysi oilalarida qadriyatlar transformatsiyasining o'ziga xosligi”
mavzusida
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya .Etnopsixologiya
ixtisosligi bo‘yicha
psixologiya fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti
huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.R.03.02.raqamli Ilmiy kengash muhokamasida 100 foiz
ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
💐
👏
Institut jamoasi nomidan Azizaxon G’ulomovnani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅
@Namdpi_ilmiy
🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📢
DIQQAT, AZIZ TALABALAR!
💙
Yoshlar ittifoqi jamoasiga saralash suhbati!
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi jamoasi safiga faol, tashabbuskor, izlanuvchan va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalarni jalb etish maqsadida saralash suhbati tashkil etilmoqda.
🌟
Agar siz yangi g‘oyalarga boy, jamoa bilan ishlashga qiziqadigan, fakultetimiz hayotida faol ishtirok etishni hamda yoshlar uchun foydali tashabbuslarni amalga oshirishni istaydigan talabalardan bo‘lsangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz!
🤝
Bu — o‘z salohiyatingizni namoyon etish, yangi imkoniyatlarni kashf qilish, tajriba orttirish va tengdoshlaringiz bilan birgalikda katta maqsadlar sari qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat!
📆
Sana: 27-oktyabr 14:00
📍
Manzil: Yoshlar ittifoqi xonasi
Ishtirok etish istagidagi talabalar ushbu telegram manziliga murojaat etishlarini so'raymiz...
@Mashhura_Mirzavaliyeva
#YoshlarIttifoqi
#NamDPI
#AniqVaTabiiyFanlarFakulteti
#podcast
#NamDPI
🔴
“TAFAKKUR” podkastining 2-soni YouTube’da!
Navbatdagi sonimiz mehmoni — Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Alisher Isoqboyev
.
Samimiy suhbat davomida jadidchilik harakati, ma’rifatparvar ajdodlarimizning ezgu g‘oyalari, ularning bugungi avlod uchun ahamiyati hamda yoshlar ma’naviyati haqida fikr almashdik.
🟢
To‘liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling:
👉
To‘liq video
Fikr-mulohazalaringizni kutamiz! E’tiboringiz biz uchun muhim!
🤩
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
Namangan televideniyasida NamDPI faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus reportaj efirga uzatildi
Namangan televideniyasi orqali Namangan davlat pedagogika institutida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda til bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.
Reportajda institutda ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, yosh avlod qalbida milliy tilimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, o‘zbek tilining boy tarixiy va adabiy merosini keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar yoritildi.
Shuningdek, reportajdan
Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalari bilan tashkil etilgan intervyular
ham o‘rin oldi.
Suhbatlar davomida davlat tilining ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati, o‘zbek tilining bugungi taraqqiyoti, uning sofligini saqlash, boyitish hamda kelajak avlodga yetkazishda pedagoglar va yoshlarning mas’uliyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur reportaj institutda davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qildi.
🤩
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
📢
NamDPI professor-o‘qituvchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi
"University of Business and science"(UBS) tashabbusi bilan tashkil etilgan “StudEXPO-2026” xalqaro koʻrgazmasida Namangan davlat pedagogika instituti Art pedagogika kafedrasi professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etishdi.
🔗
Batafsil o‘qish
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
✈️
Telegram
📸
Instagram
🔵
Facebook
🔴
YouTube
#Tabrik
PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
Pardaboyeva Dilfuza Rustamovna
ning
“Talabalarda folklor asarlar orqali kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus tili darslari misolida)
” mavzusida 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash muhokamasida 100 foiz
ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
💐
👏
Institut jamoasi nomidan Dilfuza Rustamovnani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Is gazi hayot uchun xavfli
Yaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.
—
Угарный газ опасен для жизни
Уже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким.
Boshqayangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com
Namangan davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori Sanjarbek Ahmadjonov Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan barcha hamkasblarini samimiy muborakbod etdi.
Xalq osoyishtaligi va jamiyat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi sharafli xizmatlaringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🤩
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube