Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TO‘QIMACHILIK SANOATI INJINERINGI Fakulteti

namtsiuz
Namangan davlat texnika universiteti TO‘QIMACHILIK SANOATI INJINERINGI FAKULTETI
Subscribers
1 091
24 hours
-2
30 days
-29
Post views
336
ER
30,8%
Posts (30d)
31
Characters in post
723
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 26, 04:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayni vaqtda Namangan davlat texnika universiteti jamoasi a’zolari Islom sivilizatsiyasi markaziga yo‘l olishmoqda.
Safar davomida jamoamizning kayfiyati a’lo darajada — samimiy suhbatlar, ko‘tarinki ruh va yaxshi kayfiyat hamrohligida manzil sari yo‘l olmoqdamiz.
Oldinda esa yangi taassurotlar, qiziqarli uchrashuvlar va mazmunli tashrif kutmoqda!

July 25, 12:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
Kelajagingiz uchun to'g'ri tanlovni bugun amalga oshiring!
NamDTU
— zamonaviy oliy ta'lim, ilg'or innovatsiyalar va xalqaro imkoniyatlar maskani.

Dunyoning
150 dan ortiq nufuzli oliy ta'lim muassasalari
bilan xalqaro hamkorlik;
🤖
Keng imkoniyatlarga ega
Sun'iy intellekt ilmiy laboratoriyasi
;
🔬
Ilm-fan, innovatsiyalar va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi zamonaviy muhit;
🌍
Xalqaro maydonda munosib o'ringa ega universitet.
Sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va ulkan imkoniyatlar sari ilk qadamni
NamDTU
bilan boshlang!
🎥
Videoni tomosha qiling va
NamDTUni tanlang!
📞
Murojaat uchun:
+998692340564
+998692340615
Orzular ushaladigan maskan — Namangan davlat texnika universiteti!

July 22, 04:55
Media unavailable
5
Show in Telegram

Yangi o‘quv yili – yangi imkoniyatlar: Dizayn kafedrasi iqtidorli yoshlarni birlashtirmoqda
Namangan davlat texnika universiteti Dizayn kafedrasi
professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida test topshirish hududlarida yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, iqtidorli va ijodkor abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Targ‘ibot ishlari doirasida tadbirkorlik, san’at va raqamli texnologiyalar kesishuvida turgan dizayn sohasining bugungi kundagi Respublikamiz yengil sanoati, to‘qimachilik va servis sohasidagi o‘rni hamda istiqbollari atroflicha yoritib berildi.

July 17, 02:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Milliylik_kuni
Milliylik – qadriyatlarimizga sadoqat, ma'naviyatimizga ehtirom!
Namangan davlat texnika universitetida o'tkazilgan
"Milliylik kuni"
targ'iboti doirasida talaba-yoshlar milliy liboslarimiz, urf-odat va an'analarimizni keng targ'ib etib, o'zbek xalqining boy madaniy merosiga hurmat va sadoqatini yana bir bor namoyon etdilar. Ushbu videorolikda milliy qadriyatlarni asrash, ularni yoshlar ongiga chuqur singdirish hamda milliy o'zlikni yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarning yorqin lavhalari aks etgan. Zero, milliylikni ulug'lash – o'z tariximiz, madaniyatimiz va kelajagimizga bo'lgan yuksak ehtirom ifodasidir.

July 16, 12:43

📢
DIQQAT, ONLAYN MULOQOT!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi
Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov
Namangan viloyati yoshlari bilan
onlayn muloqot
o‘tkazadi.
🗓
Sana:
16-iyul
🕕
Vaqt:
18:00
📍
Platforma:
Telegram
🔗
Muloqotni quyidagi Telegram kanalida jonli kuzatishingiz mumkin:
https://t.me/o_mamatkarimov
Barcha yoshlarni muloqotda faol ishtirok etishga va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashishga taklif etamiz.

July 16, 10:21
Media unavailable
7
Show in Telegram

Abituriyentlar va ota-onalar uchun targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakulteti professor-o‘qituvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligining Yuksaltirish mavzesida tashkil etilgan test sinovlari hududida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Targ‘ibot jarayonida universitetda yaratilgan zamonaviy ta'lim muhiti, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, grant va to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning o‘qishga qabul, tanlov ustuvorligi va ta'lim jarayoniga oid savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Namangan davlat texnika universitetida abituriyentlar va ota-onalarni xolis hamda ishonchli ma'lumotlar bilan ta'minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari test sinovlari davomida izchil davom ettirilmoqda.

July 15, 06:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

ABITURIYENTLAR VA OTA-ONALAR UCHUN TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakulteti professor-o‘qituvchilari Yuksaltirish mavzesidagi Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida universitetning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, ta'lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, amaliyot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qabul va ta'lim jarayoniga oid savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Targ‘ibot ishlari test sinovlari yakuniga qadar reja asosida davom ettiriladi.

July 14, 03:27
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

💥
💥
💥
💥
TEST SINOVLARINING ILK KUNI: TASHKILIY ISHLAR BOSHLANDI
Bugundan yurtimizda oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.
Namangan davlat texnika universiteti jamoasi tomonidan Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida abituriyentlarni kutib olish, ularni tegishli yo'nalishlar bo'yicha yo'naltirish, binoga kirish jarayonida tashkiliy ko'mak ko'rsatish hamda murojaatlar yuzasidan amaliy yordam berish ishlari yo'lga qo'yildi.
Kun davomida universitet jamoasi tomonidan test sinovlari o'tkazilayotgan hududlarda tashkiliy jarayonlarga ko'maklashish ishlari davom ettiriladi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
|
X
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
|

July 10, 13:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

NamDTU "Ko‘ngillilar jamoasi" safiga qo‘shiling
Namangan davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tadigan qabul imtihonlari jarayonida abituriyentlar va ularning ota-onalariga yaqindan yordam berish uchun hushmuomala, mas'uliyatli, tartibli va tashabbuskor volontyorlar jamoamizga taklif etiladi.
Agar siz:

Odamlar bilan xushmuomalalik bilan muloqot qila olsangiz;

Mas'uliyat va tartibni qadrlasangiz;

Jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz;

Universitetimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz;
unda sizni NamDTU "Ko‘ngillilar jamoasi" safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
📌
Volontyorlarning asosiy vazifalari:
➡️
Abituriyentlar va ularning ota-onalarini kutib olish hamda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
➡️
Imtihon hududida tashkiliy ishlarga ko‘maklashish;
➡️
Kelgan yoshlarga ijobiy kayfiyat va motivatsiya ulashish;
➡️
Universitetning ta'lim yo‘nalishlari, imkoniyatlari va talabalik muhiti haqida ma'lumot berish;
➡️
NamDTU nufuzi va imidjini targ‘ib qilish, universitet faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirish.
📌
Volontyor bo‘lish istagida bo‘lganlardan quyidagi ma'lumot va hujjatlar talab etiladi:
1️⃣
F.I.Sh. (Familiyasi, ismi va sharifi)
2️⃣
Tug‘ilgan sanasi
3️⃣
Pasport ma'lumotlari va JShShIR
4️⃣
Ta'lim ma'lumoti (maktab, kollej, texnikum yoki universitet nomi)
5️⃣
3×4 hajmdagi fotosurat
📍
Volontyor bo‘lish istagida bo‘lganlar quyidagi manzillar orqali murojaat qilishlari mumkin:
📲
Telegram:
@Programmer_14
📞
Telefon: +998 94 856 14 17
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
|
X
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
|

July 09, 07:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor
Oybek Ergashev
ning
"Sun'iy intellektni ilmiy asosda rivojlantirish – zamon talabi"
mavzusidagi maqolasi mamlakatimizning nufuzli
"Xalq so'zi"
gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.