Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti

namtsiuz
Namangan davlat texnika universiteti TO‘QIMACHILIK SANOATI INJINERINGI FAKULTETI
Подписчики
1 050
24 часа
—
30 дней
-37
Просмотры
566
ER
53,9%
Посты (30д)
7
Символов в посте
732
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 22, 08:23
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

YENGIL ATLETIKA — TEZLIK, CHIDAMLILIK VA G‘ALABA SARI!
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakultetida
sportning yengil atletika turi bo‘yicha fakultet bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining tezligi, chaqqonligi, chidamliligi va sport mahoratini namoyon etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvlar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sport — sog‘lom hayot va yuksak marralar sari ishonchli qadam!
#YengilAtletika
#SportMusobaqasi
#MexanikaVaYengilSanoat
#Sog
‘lomTurmushTarzi

October 21, 12:18
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

SPORT — SALOMATLIK GAROVI!
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakultetida
“Sport kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro bellashib, sport mahorati, chaqqonlik, jamoaviy hamkorlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqa ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Sport — salomatlik, hamjihatlik va do‘stlik timsoli!
#SportKuni
#Voleybol
#MexanikaVaYengilSanoat
#Sog
‘lomTurmushTarzi

October 21, 08:31
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Kitobxon yoshlar — yurt kelajagi!
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakultetida
21-oktabr — Davlat tili bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida
"Kitobxonlik testi"
bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lajak muhandislar intellektual sinovda o‘zlarining badiiy savodxonligi, kitobxonlik darajasi va ona tilimizga bo‘lgan hurmatlarini namoyish etishdi.
Nafaqat aniq fanlar, balki mutolaada ham yetakchi ekanligini ko‘rsatgan barcha talabalarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!
Doimo kitob bilan hamroh bo‘ling!
✨
#Kitobxonlik
#DavlatTili
#Mexanika
#YengilSanoat
#Talabalar

October 17, 05:50

❗️
📢
Xalqaro konferensiyasida tezis chop etish uchun imkoniyat
📢
❗️
2026-yil 6–7-noyabr kunlari Namangan davlat texnika universitetida “An’anaviy to‘qimachilik va yengil sanoatdan global moda ekotizimiga o‘tishda texnologik integratsiya hamda sifat barqarorligini ta’minlashning standartlashtirilgan innovatsion yondashuvlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tishini e'lon qilamiz.
Ilmiy-amaliy anjumanga quyidagi yo‘nalishlarda tezislar qabul qilinadi:
1-sho‘ba. To‘qimachilik va moda sanoatida texnologik integratsiya va raqamli transformatsiya.
2-sho‘ba. Sifat menejmenti tizimlari va xalqaro standartlarni joriy etish.
3-sho‘ba. Barqaror ishlab chiqarish va ekologik talablar.
4-sho‘ba. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning sanoatda qo‘llanilishi.
5-sho‘ba. Innovatsion dizayn, materialshunoslik va ishlab chiqarish jarayonlari.
6-sho‘ba. Ilm-fan, ta’lim va sanoat integratsiyasi.
📅
Konferensiya bo'yicha muhokamalar telegram guruhi:
https://t.me/NDTUkonferensiya2026

October 16, 08:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔊
Diqqat Elon
🔉
Talabalar vaqtini yanada unumli va maroqli otkazish maqsadida
Bugun 16-oktyabr kuni
⏰
Soat 19:10 da
Namangan davlat Texnika Unverstitetining 5-talabalar turar joyida Talabalar ortasida ZAKOVAT inteliktuval shouvsi bolib õtadi.
Har bir jamoada 6 donagacha ishtirok etishi mumkin
(Qatnashmoqchi bolgan jamoalar
Ishtirokchi ism familyalari va Jamoangiz nomini
@NamDTUzakovat
ga yuboring)

October 15, 04:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🎨
Ijod orqali mehr va e’tibor!
Namangan davlat texnika universiteti Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakultetida imkoniyati cheklangan qizlar ishtirokida sevimli mashg‘ulot — rasm chizish bo‘yicha ijodiy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot dizayn tyutori Mohigul Ikramovna hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Volida Baxramovna boshchiligida o‘tkazildi.
Mashg'ulot davomida qizlar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, ranglar orqali his-tuyg‘ulari va tasavvurlarini ifoda etdilar. Bunday mashg‘ulotlar talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularga mehr va e’tibor ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

October 08, 08:22
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🏐
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha saralash!
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti
da yoshlar o‘rtasida
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida sportning
voleybol turi bo‘yicha saralash bosqichi
bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada talabalar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyish etib, munosib natijalar uchun bellashdilar.
Ushbu musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad va kelgusi bosqichlarda muvaffaqiyat tilaymiz!
#BeshTashabbus
#Voleybol
#Sport
#Yoshlar
#Talabalar
#Mexanika
#YengilSanoat
#Muhandislik

September 25, 04:55
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

SPORT — SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA BIRLIKNING GAROVI!
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqalarda fakultetning faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda talabalar nafaqat sportdagi mahoratlarini, balki hamjihatlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat tamoyillarini ham namoyish etdilar.
Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

September 25, 04:53

Channel name was changed to «
Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti
»

September 23, 15:59
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

KOREYA KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
Namangan davlat texnika universitetida Koreyaning
Pathfinder
va
ORHEUNIL
kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi
Sherzod Tursunov
, universitet rektori, professor
Oybek Ergashev
hamda koreyalik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida universitet va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, to‘qimachilik va qurilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy materiallar ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli takliflar ko‘rib chiqildi.
Mehmonlar universitetdagi mavjud laboratoriyalar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi hamda loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ta’lim–ilm-fan–ishlab chiqarish integratsiyasi asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Koreya kompaniyalari vakillari kelgusida Namanganga yana tashrif buyurib, hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy loyihalarni shakllantirish va ularni ishga tushirish masalalarini muhokama qilishlarini bildirdilar.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
X
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn