
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Ogohlik
#Is_gazi
❗️
Is gazidan zaharlaniş ölimga olib kelişi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini is gazidan zaharlanişning oldini oliş uçun xavfsizlik qoidalariga rioya etişga
çaqirdi
.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
V Paraosiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan
V Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etib, tarixiy natijaga erishgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi
ni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi
Tanzila Narbayeva
tomonidan o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, Milliy gvardiya bayroqdorlari saf tortdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Marosim davomida V Paraosiyo o‘yinlari qahramonlariga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdorlari, para velosport bo‘yicha jahon va Paraosiyo o‘yinlari chempioni Marjona Pardaboyeva, para suzish bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari chempioni Azizbek Boynazarov hamda Paraosiyo o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan Xurshid Kodirovning onasi Kamola Xidirboyeva va murabbiylar so‘zga chiqib, yurtimizda sportchilarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar para atlet bilan ishtirok etdi. Osiyoning 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqalarda 18 ta sport turi bo‘yicha 490 ta medal jamlanmasi uchun bahslar olib borildi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqalarni
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza
, jami
145 ta medal
bilan yakunladi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu natija bilan Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda islom davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga
tabrik
—
Поздравление
победителям и участникам V летних Параазиатских игр
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Xuşxabar
🥈
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI RESPUBLIKA BIRINÇILIGIDA KUMUŞ MEDALNI QÖLGA KIRITDI!
🏆
Termiz davlat universitetida milliy sportimiz — kuraşni yanada rivojlantiriş va yoshlar örtasida ommalaştiriş maqsadida
kuraş böyiça Respublika birinçiligi
bölib ötdi.
🇺🇿
Respublika miqyosida taşkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari hamda texnikumlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar 5 ta vazn toifasida ğoliblik uchun bell aşdilar.
🥋
Musobaqada Navoiy davlat universiteti talabasi
Ayosov İlğor Ilhom oğli
66 kg vazn toifasida yuqori mahorat va matonat namoyiş etib, final bosqiçiga qadar yetib bordi hamda
faxrli 2-örinni egallab, kumuș medal sohibiga aylandi!
👏
Ushbu yutuq universitetimizda talaba-yoshlarning sport bilan muntazam şuğullanişlari, öz iqtidor va salohiyatlarini röyobga çiqarişlari üçin yaratilayotgan şaroitlarning amaliy natijasidir.
🎉
İlğor Ayosovni erişgan yutuği bilan samimiy tabriklaymiz!
Universitetimiz şarafini munosib himoya qilgan sportçimizga hamda uning murabbiylariga kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿
Bizning polvonlarimiz — bizning faxrimiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
🌿
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA ÖQUV DAVRA SUHBATI TAŞKIL ETILDI
🏛
2026-yil 22-oktabr kuni Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetining Biologiya yönalişi talabalari iştirokida
ACWA BASH-500 şamol elektr stansiyasi
xorijiy investorlari hamda ekologiya va bioxilma-xillik monitoringi bölimi xodimlari bilan öquv davra suhbati taşkil etildi.
🌱
Uçraşuv davomida
STEM — ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika
, ekologiya hamda bioxilma-xillikni saqlaş sohalarining bugungi holati, amalga oşirilayotgan işlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.
🌍
Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik monitoringni rivojlantiriş, gender tengligi va xilma-xillikni rağbatlantiriş, talabalarning ilmiy-amaliy bilimlarini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝
Davra suhbati yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida
ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan şartnomalar imzolandi.
✨
Mazkur hamkorlik talabalarning xalqaro tajribani örganişi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirişi hamda ekologiya va bioxilma-xillik sohasidagi ilmiy izlanışlarini rivojlantiriş uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#Forum
#StudyInUzbekistan
#Taʼlim
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi
28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.
Forumda
Özbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari,
xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami
1 500 dan ortiq ishtirokchi
kutilmoqda.
Asosiy maqsad:
Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Dasturda:
➖
rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖
taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖
parallel sessiyalar;
➖
“Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.
Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.
forum.edu.uz
📅
28-oktabr, 2026-yil
📍
Toshkent, “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🇺🇿
25-OKTABR — İÇKİ İŞLAR ORGANLARİ XODİMLARİ KUNİ MUBORAK BÖLSİN!
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni 25-oktabr — İçki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman!
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, jamoat xavfsizligini mustahkamlaş, fuqarolarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölida olib borayotgan şarafli va mas’uliyatli xizmatingiz har qanday e’tirofga munosib.
Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka hamda Vatanimiz ravnaqi yölidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimiz tinçligi va xalqimiz osoyiştaligi yölidagi fidokorona xizmatingizda hamişa omad yor bölsin!
Hurmat bilan,
Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Linkedin
#NDU
#YengilAtletika
#EstafetaliYugurish
#TalabalarSporti
🏆
YENGIL ATLETIKA: ESTAFETALI YUGURIŞ MUSOBAQASI
🏃♂️
Navoiy davlat universitetida talabalar örtasida yengil atletikaning estafetali yuguriş turi böyiça universitet bosqiçi musobaqasi bölib ötdi.
⚡️
Murosasiz va qizğin keçgan bellaşuvda fakultet jamoalari tezkorlik, çaqqonlik va jamoaviy hamjihatlik borasida öz mahoratlarini namoyon etdilar.
🏆
Yakuniy natijalarga köra:
🥇
1-örin — Aniq fanlar fakulteti
🥈
2-örin — Tarix fakulteti
🥉
3-örin — Iqtisodiyot fakulteti
👏
Ğolib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!
🔥
Talabalarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad, yuksak natijalar va yangi zafarlar tilaymiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
MEDIA CAMP 2026 | NAZARIYADAN AMALIYOTGA!
⚡️
Media Camp 2026 loyihasining ikkinchi kunida ishtirokchilar media markazda olgan bilimlarini ko‘chada amaliyot orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.
🚀
To‘g‘ri rakurs tanlash, kompozitsiyani his qilish, yorug‘likdan unumli foydalanish va sifatli kadrlar yaratish
— yoshlar o‘zlarini sinab ko‘rgan muhim ko‘nikmalardan bo‘ldi.
🎥
Har bir kadr ortida kuzatuvchanlik, ijodkorlik va o‘ziga xos nigoh mujassam. Ishtirokchilar oddiy manzaralardan ham mazmunli tasvirlar yaratish, voqealarni turli rakurslardan ko‘rish va kamera orqali o‘z hikoyalarini so‘zlashni amalda o‘rgandilar.
🤝
Media Camp 2026 — bilimlar ko‘nikmaga, g‘oyalar esa ijodiy natijalarga aylanadigan maskan!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#Tabriknoma
🎉
Bugun Navoiy davlat universitetining axborot xizmati faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan Öraloy Turdiyeva tavallud kunini nişonlamoqda.
💐
Hurmatli Öraloy Turdiyeva!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Universitet hayotini yoritish, taʼlim va ilm-fan sohasidagi yutuqlarni keng jamoatçilikka yetkaziş hamda axborot xizmati faoliyatini rivojlantiriş yölidagi işlaringizda yangi yutuq va zafarlar hamişa hamrohingiz bölsin!
🎊
Tavallud ayyomingiz muborak bölsin!
Navoiy davlat universiteti jamoasi
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube