Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NDU - Navoiy davlat universiteti

navdu_navsu
Navoiy davlat universiteti Universitet rektoriga murojaat boti: https://t.me/nsu_77_bot 🌐 nsuni.uz 📧 info@nspi.uz 📱 https://www.instagram.com/nsu.uz?igsh=MWJzM20wc21sMnIxeQ== 📱 https://www.facebook.com/nsu.uz
Подписчики
7 941
24 часа
-7
30 дней
291
Просмотры
1 271
ER
16,01%
Посты (30д)
228
Символов в посте
721
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 28, 13:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari:
📌
O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi;
📌
Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida;
📌
Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab;
📌
Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi;
📌
Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda;
📌
Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda;
📌
Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur;
📌
Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust;
📌
3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda;
📌
Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi;
📌
Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi;
📌
Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi;
📌
Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 28, 11:20
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Tanlov
“Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi”
respublika tanlovi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda NDKTU hamda Navoiy davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Dastlab, hakamlar hay’ati tomonidan qatnashchilarning taqdimotlari tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi. Tanlovning yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, “Kimyo” kafedrasi professori v.b. Omanov Behruzjon Shuhrat o‘g‘li “Muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari” yo‘nalishi g‘olibi bo‘lib, keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzating
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Youtube

July 28, 09:50
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilindi
Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Jo‘rayev rahbarligidagi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Muxiddin Kalonov va soha mutasaddilari qatnashdi.
Prezidentimizning PQ–266-son qarori ijrosi doirasida universitetda nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda barpo etilayotgan yangi kampusda to‘siqsiz muhitni ta’minlash ishlari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, universitetda tahsil olayotgan 179 nafar nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar doimiy e’tiborda. Yangi kampus qurilishida panduslar, liftlar, taktil yo‘laklar, maxsus sanitariya xonalari va boshqa infratuzilma obyektlari loyihaga to‘liq kiritilgan bo‘lib, qurilish jarayonida doimiy texnik nazorat ostida amalga oshirilmoqda.
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Youtube

July 25, 16:36
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

⚽️
“Hokim kubogi”
musobaqasining
9-tur
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!
🔥
Qizg‘in kechgan bahsda:
⚽️
NavDU
jamoasi 5:0
Navoiy Gaz boshqarmasi
jamoasini yutib guruh bosqichida
24 ochko
bilan
1-o'rinni
olib keyingi bosqichga yo'l oldilar
👏
Universitetimiz jamoasi yirik va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!
💪
Sportchilarimizga keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
👇
Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDU_YI

July 25, 05:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentning tegishli
farmoniga
ko‘ra, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senati Raisi
Narbayeva Tanzila Kamalovna
“El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
@nsu

July 25, 05:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini
o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:

bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;

amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;

mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

July 24, 15:03

NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI
(Bag’ishlov)
Universitetlar ichra faxrimdir mening!
Nomi ulug’, yutuqlari shahdimdir mening!
Ustozlari aziz, mehrlari taftimdir mening,
Navoiy davlat universiteti baxtimdir mening!
1992-yilda ochilgan bu buyuk maskan,
Yetti fakultetni jamlagan shu ulug’ makon.
Yildan-yilga suyukdir yurtimizda hali hamon,
Minglab shogirdga boydir, ko’ring endi shu zamon.
Yigirma olti kafedra olib borar faoliyat,
Mutaxassisga boy, bordir kuchli salohiyat.
Shogirdlarga berilgan har sohada imkoniyat,
Bu imkoniyat natijasi bo’ldi ko’plab muvaffaqiyat!
Fanlarichi murakkab, juda chuqur o’ylangan,
Iste'dodli talabalar har sohaga yullangan.
Zamonaviy darslarda yuzlab metod qo’llangan,
Ko’ring bugun chet ellarda yutuqlari so’ylangan.
Universitetimiz poydevori kitob bilan mustahkam,
Unda kunduz, biling endi, o’qitilar kechki ham.
Qancha o’qib izlansangiz, bilimingiz baribir kam,
Shu uchun bakalavr o’qing, mayli magistr ham.
Talabalar zehnli, faol doim har ishda:
QVZ-yu teatr, ko’ring, sport tadbirda.
Ustozlari har on shogird uchun tashvishda,
Yurtboshimiz aytgandek, qolar nomi tarixda.
Yillar kabi uzun bo’lsin yuksakligi har doim,
Butun dunyo tan olsin sahnalarda, iloyim!
Universitetim — kelajagim, kasbim bo’lar shu joyim,
Siz ham o’qib, bo’ling endi pedagog-u zo’r olim!
Mamarajabova Umida - San'at va sport fakulteti Pedagogika kechki 4-"Z" 23-guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻
@NavDU_YI

July 24, 13:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#BizningPrezident

July 24, 13:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

July 24, 08:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
#natija_2026
O‘NINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆
Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 2026-yil 23-iyul (oxirgi) kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
📝
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣
my.uzbmb.uz
saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉
@bmba_natija_bot
👉
@bmba_natija_1bot
👉
@bmba_natija_2bot

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube