Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿

navdu_yi
Bizning shior: Bir ishni boshlamoqchimisan? Qo'rqma sen uddalaysan. http://instagram.com/Akmal_Najmiddinovich https://www.instagram.com/navdu_yoshlari?igsh=M2h1NjNmMmllcGU= 📫 Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling @Akmal_Najmiddinovich ☎️ tel:942536868
Subscribers
12 567
24 hours
-14
30 days
-372
Post views
876
ER
6,97%
Posts (30d)
211
Characters in post
668
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 15:18
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari”  nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 25, 17:27
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Barça_körişi_şart
Tabiatni birga asraylik
Bizni kuzatişda davom eting
👇
@NavDU_YI

October 25, 09:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

💠
25-oktabr — Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni!
🇺🇿
Vatanimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi va jamiyatimiz xavfsizligi yölida fidokorona xizmat qilayotgan barça içki işlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
💐
Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, şarafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadoningizga tinçlik va fayz-u baraka tilayman!
⭐️
Yurt tinçligi yölidagi şarafli xizmatingiz doimo e’tirofda bölsin!
Bizni kuzatishda davom eting
@NavDU_YI

October 24, 18:57
Media unavailable
10
Show in Telegram

"GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI!"
📍
Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida tushuncha berish, zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi!
📍
Tadbirda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis xodimlari U. Haydarov va A. Isaqulov ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida muhim ma’lumotlar berdilar.
📍
Davra suhbati davomida 100 nafardan ortiq talaba-yoshlar qamrab olinib, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar xavfsizligini ta’minlashga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 207-sonli qarori mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirilib, unda belgilangan vazifalar va tegishli chora-tadbirlarning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

October 24, 12:29
Media unavailable
10
Show in Telegram

MEDIA CAMP 2026 | Taqdirlash marosimi o’tkazildi.
⚡️
Har bir muvaffaqiyat ortida mehnat, intilish va fidoyilik mujassam. Media Camp 2026 loyihasi ham o‘z bilimlari, ijodkorligi va tashabbuslari bilan ajralib turgan yoshlarni bir maydonda birlashtirdi!
🏆
Loyihaning yakuniy kunida faol ishtirokchilar va loyiha tashkilotchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu e’tirof yoshlarning sa’y-harakatlari, egallagan bilimlari va loyihaga qo‘shgan hissasining munosib e’tirofi bo‘ldi.
🤝
Taqdirlash marosimida Navoiy davlat universitet yoshlar yetakchisi
A.Zokirov
, Tillar fakulteti dekani
E.Musayev
, fakultet dekan o‘rinbosari
F.Muxidov
hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot kotibi
S.Temirov
ishtirok etdilar.
👏
Ishtirokchilar va tashkilotchilarning mehnati e’tirof etilib, ularga sertifikat hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻
@NavDU_YI

October 24, 11:56
Media unavailable
10
Show in Telegram

MEDIA CAMP 2026 | 3-KUN: G‘OYALAR, TAQDIMOTLAR VA IJOD!
🤝
Navoiy davlat universiteti yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Tillar fakulteti Student Council tomonudan o’tkazilgan
"Media Camp 2026"
loyihasining uchinchi kunida ishtirokchilar avvalgi kunlarda egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🚀
Ishtirokchilar loyiha davomida olgan taassurotlari, o‘rganganlari va yangi xulosalarini taqdimotlar orqali ifoda etdilar.
Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻
@NavDU_YI

October 24, 06:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚫
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARŞIMIZ!
🎓
Navoiy davlat universiteti talaba-yoshlari tomonidan soğlom turmush tarzini tarğib qilish va yoshlarni giyohvandlikdan ogoh etish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarşimiz!” çellenji ötkazildi.
💪
Soğlom hayot — yorqin kelajak garovi!
#NavDU
#BizGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoğlomHayot
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

October 24, 03:37
Media unavailable
10
Show in Telegram

#NDU
#Yöşlar
#GulxanAtrofida
🔥
GULXAN ATROFIDA YÖŞLAR BİRLASHDİ
🌙
Navoiy davlat universiteti 1-yotoqxonasida yöşlar gulxan atrofida jamlanib, samimiy suhbatlar, quvnoq lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy davrani tashkil etdilar.
✨
Bunday uchraşuvlar yöşlar örtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, özaro muloqotni rivojlantirish hamda mazmunli hordiq çiqarishga xizmat qiladi.
🤝
Gulxan atrofidagi samimiy muhit yöşlarga ko‘tarinki kayfiyat va yorqin xotiralar ulashdi.
Navoiy davlat universiteti — yöşlar maskani!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

October 23, 17:32
Media unavailable
7
Show in Telegram

🌙
FRIDAY NIGHTS — TALABALIKNING ENG YORQIN ONLARI!
🎉
🏢
Navoiy davlat universiteti 3-sonli talabalar turar joyida 5 tashabbus loyihalari koordinatori va Student Council jamoasi hamkorligida navbatdagi
“Friday Nights”
loyihasi tashkil etildi.
✨
Quvnoq lahzalar, samimiy muhit va unutilmas taassurotlar — talabalik hayotining ajralmas qismi!
#FridayNights
#NavDU
#Yoshlar_ittifoqi
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

October 23, 17:29
Media unavailable
9
Show in Telegram

MEDIA CAMP 2026 | NAZARIYADAN AMALIYOTGA!
⚡️
Media Camp 2026 loyihasining ikkinchi kunida ishtirokchilar media markazda olgan bilimlarini ko‘chada amaliyot orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.
🚀
To‘g‘ri rakurs tanlash, kompozitsiyani his qilish, yorug‘likdan unumli foydalanish va sifatli kadrlar yaratish
— yoshlar o‘zlarini sinab ko‘rgan muhim ko‘nikmalardan bo‘ldi.
🎥
Har bir kadr ortida kuzatuvchanlik, ijodkorlik va o‘ziga xos nigoh mujassam. Ishtirokchilar oddiy manzaralardan ham mazmunli tasvirlar yaratish, voqealarni turli rakurslardan ko‘rish va kamera orqali o‘z hikoyalarini so‘zlashni amalda o‘rgandilar.
🤝
Media Camp 2026 — bilimlar ko‘nikmaga, g‘oyalar esa ijodiy natijalarga aylanadigan maskan!
@NSPI_faculty