Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿

navdu_yi
Bizning shior: Bir ishni boshlamoqchimisan? Qo'rqma sen uddalaysan. http://instagram.com/Akmal_Najmiddinovich https://www.instagram.com/navdu_yoshlari?igsh=M2h1NjNmMmllcGU= 📫 Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling @Akmal_Najmiddinovich ☎️ tel:942536868
Подписчики
12 982
24 часа
232
30 дней
564
Просмотры
1 305
ER
10,05%
Посты (30д)
69
Символов в посте
1 041
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 07:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Talaba-yugur" – Sog‘lom turmush sari bir qadam!
📣
Diqqat, Talabalar
Yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirokida keng qamrovli yugurish musobaqasi —
"Talaba-yugur"
start oldi!
📍
Masofa:
3 km
(elektron hisoblash tizimi – MyLaps orqali aniqlanadi)
🏅
Sovrin va rag‘batlantirishlar:
🎖
Talabalar uchun:
• Respublika bosqichida:
▪️
1-o‘rin – 10 mln so‘m
▪️
2-o‘rin – 8 mln so‘m
▪️
3-o‘rin – 5 mln so‘m
• OTM bosqichida:
▪️
1–3-o‘rinni egallagan talabalarga qo‘shimcha stipendiyalar
(bazaviy stipendiyaning 50%)
Eslatib o‘tamiz bahorgi mavsumda universitet talabalarini
25
nafariga qo'shimcha stpendiyalar belgilandi
🚀
Sog‘lom bo‘l, faol bo‘l –
"Talaba-yugur"
bilan o‘z imkoniyatingni sinab ko‘r!
📣
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉
Perfend.com
Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻
@NavDU_YI

September 11, 04:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 10, 19:19
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“TALABA — TOMOSHABIN EMAS!” — faol talaba, faol jamiyat!
⚡️
Talabalar tanishtiruv haftaligi doirasida Navoiy davlat universitetida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuskorlik va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
“TALABA — TOMOSHABIN EMAS!”
nomli seminar-trening tashkil etildi.
📌
Seminar davomida talabalarga
Student Council faoliyati
, ijtimoiy faollikning ahamiyati, yoshlar tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek,
volontyorlik faoliyati
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

September 10, 18:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#NavDU
#Talabalar
#MuhimVideo
#YoshlarIttifoqi
🎬
TALABALAR UCHUN KO‘RISHI SHART BO‘LGAN VIDEO!
📢
Diqqat, aziz talabalar! Siz uchun muhim va foydali ma’lumotlar jamlangan ushbu videoni albatta ko‘rib chiqing!
▶️
Videoni oxirigacha tomosha qiling va kerakli ma’lumotlarni o‘zingiz uchun saqlab qo‘ying.
📌
Ko‘rish shart! Ulashish esa — do‘stlaringizga foyda!
😉
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

September 10, 17:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

BIR DASTURXON ATROFIDA — BIR JAMOA, BIR OILA!
Bugun Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda universitetimiz ozodaligi va obodligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan tozalash xodimlari uchun osh dasturxoni tashkil etildi.
Tadbir avvalida Navoiy viloyati bosh imom-xatibi tomonidan Qur’on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, universitet jamoasining faoliyati hamda yoshlarimizning kelajagi uchun ezgu duolar qilindi.
Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan universitet jamoasi samimiy suhbat qurib, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.
Ushbu ezgu tashabbus universitet hayotida har bir insonning mehnati va o‘rni qadrlanishini, jamoamizni esa nafaqat ta’lim va mehnat, balki o‘zaro hurmat, mehr va birdamlik birlashtirib turishini yana bir bor namoyon etdi.
Navoiy davlat universiteti — ahil jamoa, samimiy muhit va ezgu qadriyatlar maskani!
Telegram
|
Instagram

September 10, 17:43
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🎓
REKTOR VA TALABALAR: OCHIQ MULOQOT, SAMIMIY SUHBAT
🔵
Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universiteti rektori, professor
M. Kalonov
universitetning
1-sonli talabalar turar joyiga
tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
🏢
Tashrif davomida rektor talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarning kundalik hayoti, o‘qishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
💬
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va tashabbuslarini bevosita universitet rahbariga bildirdilar. Rektor har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
🤝
Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar universitetda yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratishda muhim ekani ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar talaba va universitet rahbariyati o‘rtasidagi yaqin aloqani mustahkamlash, yoshlarning fikrini tinglash hamda ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qiladi.
🏛
Navoiy davlat universitetida talaba manfaatlari va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalardan biri.
🔔
Yangiliklarni biz bilan kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 10, 17:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🏀
“USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN STRITBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
🏛
Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr —
“Ustoz va murabbiylar kuni”
munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning
stritbol
turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
⛹️
Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun bor mahorat va imkoniyatlarini namoyish etib, maydonda chinakam sportga xos shijoat, jamoaviylik va yuqori kayfiyat hukm surdi.
🔥
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
🥇
1-o‘rin — Rektorat jamoasi
🥈
2-o‘rin — San’at va sport fakulteti jamoasi
🥉
3-o‘rin — Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
🏆
G‘olib va sovrindor jamoalarni erishgan natijalari bilan samimiy tabriklaymiz!

Mazkur sport musobaqasi nafaqat ustoz va xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, balki universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, do‘stona muhit va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🔔
Yangiliklarni biz bilan kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
| YouTube

September 10, 13:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚀
YANGI G‘OYALAR DAVRI BOSHLANMOQDA!
🏛
Navoiy davlat universiteti talabalari diqqatiga!
Sizning bir g‘oyangiz kelajakdagi yirik startap, innovatsion mahsulot yoki jamiyat muammolariga yechim bo‘lishi mumkin!
Shu munosabat bilan universitetimizda
“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI
uchun arizalar qabuli boshlandi.
💡
Agar Siz:

yangi mahsulot yaratish g‘oyasiga;

innovatsion xizmat ko‘rsatish tashabbusiga;

texnologik yoki ijtimoiy muammolarga yechim taklifiga ega bo‘lsangiz,
unda ushbu tanlov Siz uchun katta imkoniyat eshigidir!
👨‍🎓
Ishtirokchilar:
Bakalavriat va magistratura talabalari.
🏆
Universitet bosqichi uchun mukofotlar:
🥇
1-o‘rin —
50 million so‘m
🥈
2-o‘rin —
30 million so‘m
🥉
3-o‘rin —
20 million so‘m
🌍
Eng yaxshi loyihalar respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari:
🔹
200–500 million so‘mgacha grant mablag‘lari;
🔹
xalqaro inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari;
🔹
xorijiy stajirovka va tajriba almashish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari mumkin.
📅
Arizalarni qabul qilish muddati:
🗓
2026-yil 10-oktabrgacha
🔥
Tanlov yo'nalishlari
1. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
2. Moliyaviy texnologiyalar
3. Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
4. Kiberxavfsizlik
5. Sog‘liqni saqlash
6. Farmatsevtika
7. Mudofaa va xavfsizlik
8. Energiya tejamkorlik
9. Suv xo‘jaligi texnologiyalari
10. Ta’lim va ilm-fan
🔗
Ariza topshirish quyidagi havola orqali:
https://forms.gle/eNxWjgc5CRapGXYM6
📊
Baholash mezonlari (100 ball):
🔹
Innovatsion yangilik — 20 ball
🔹
Dolzarblik — 20 ball
🔹
Analoglardan ustunligi — 20 ball
🔹
Smetaning asoslanganligi — 20 ball
🔹
Kutilayotgan natijalar — 20 ball
📣
Kelajakni o‘zgartiradigan g‘oya aynan Sizniki bo‘lishi mumkin!
Bugun harakat qiling, ertaga innovatsiyalar yetakchisiga aylaning!
📞
Murojaat uchun:
+998997564934
@oybek_abduraimov
🏛
Navoiy davlat universiteti
Inkubatsiya va akseleratsiya markazi
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

September 10, 06:02
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

📚
PF-207-SON FARMONINING MAZMUN-MOHIYATI KENG TARG‘IB QILINDI
Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti Yoshlar koordinatori
X. Baxronov
tashabbusi bilan universitetga qarashli
2-son Talabalar turar joyida
talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan muhim vazifalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida talabalarga batafsil tushunchalar berildi
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar savdosining ayanchli oqibatlari, uning inson hayoti va jamiyatga yetkazadigan zarari haqida tushuntirish ishlari olib borildi
🎬
Tadbir yakunida talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yorituvchi “Drug Dealer” filmi namoyish etildi
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli zararli illatlardan ogoh etish hamda sog‘lom va mas’uliyatli hayot tarziga undashga xizmat qildi.
🤩
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Instagram
🟦
Telegram

September 09, 12:31
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🎓
#NavDU
📚
#Tanishtiruv_haftaligi
🌟
NAVDUDA TANISHTIRUV HAFTALIGI BOSHLANDI!
Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari — 1-bosqich talabalari uchun
“Tanishtiruv haftaligi”
boshlandi!
🎉
Bugun Tillar fakultetida tanishuv tadbirlari tashkil etildi.
🤝
Jarayonda universitet Yoshlar yetakchisi
A.Zokirov
hamda koordinatorlari ishtirok etib, yangi talabalar bilan yaqindan suhbatlashdilar.
📌
Haftalik davomida 1-bosqich talabalariga:
🔹
universitet faoliyati;
🔹
ichki tartib-qoidalar;
🔹
jamoatchilik guruhlari;
🔹
talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar;
🔹
universitetdagi ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
📖
Faol ishtirok etgan talabalar universitet Yoshlar yetakchisi tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.

Aziz birinchi kurs talabalar! Universitetimizga xush kelibsiz! Talabalik yo‘lingiz unutilmas lahzalar, yangi do‘stlar va ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI