Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NAVOIY IES | Rasmiy kanal🇺🇿

navoiy_ies_aj
Kanalimiz bo'yicha fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. Bog‘lanish uchun: https://t.me/Navoiy_thermal_power_plant_JSC Rasmiy saytimiz: www.nies.uz
Subscribers
1 513
24 hours
—
30 days
-8
Post views
553
ER
36,55%
Posts (30d)
143
Characters in post
1 555
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
October 27, 10:18
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌙
Matbuot anjumani: ekologiya masalalari ommaviy axborot vositalari nigohida
🔺
Bugun Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasida ekologik barqarorlikni ta’minlaş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
🌎
Anjumanda 2026-yilning dastlabki 9 oyida atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik huquqbuzarliklarning oldini oliş, atmosfera havosi va suv sifatini nazorat qiliş, çiqindilarni boşqariş hamda hududlarni kökalamzorlaştiriş yö­nalişlaridagi işlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
❤️
Şuningdek, sanoat korxonalarida atmosfera havosini muhofaza qiliş, oqova suvlarni tozalaş inşootlarini barpo etiş va modernizatsiya qiliş, çiqindilarni yiğiş infratuzilmasini yaxşilaş hamda yaşil hududlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
🌟
Viloyatda olib borilayotgan ekologik tadbirlar bilan hamohang ravişda “Navoiy IES” AJda ham atrof-muhitga ta’sirni nazorat qiliş, ekologik monitoringni takomillaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda.
🌱
Ekologiya milliy qömitasi tomonidan
6 ta avtomatik monitoring stansiyasi va 1 ta ekopostning integratsiya qilinganligini tasdiqlovçi sertifikatlar
taqdim etilgan. Bu korxonada ekologik nazoratni tizimli tashkil etiş va monitoring imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyatga ega.
😁
Şuningdek, sanoat xavfsizligi, ekologiya, iqlim, ijtimoiy va korporativ boşqaruv sohalaridagi xavflarni boşqariş böyiça konsalting xizmatlari amalga oşirilgan.
🎙
Matbuot anjumanida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oliş imkoniga ega böldilar.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 27, 09:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

👀
Kiberjinoyat nima?
✔️
Kiberjinoyat — bu kompyuterlar, internet yoki raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan noqonuniy faoliyat (masalan, buzib kirish, firibgarlik, ma’lumot o‘g‘irlash).
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 27, 09:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Post 60. Elektr stansiyasining ishonchliligi nima?
📘
Energetika oddiy tilda
Avvalgi postimizda
ma’lumotlar tahlili
va uning elektr stansiyalarini samarali boshqarishdagi ahamiyati haqida gaplashdik.
Bugun esa har qanday elektr stansiyasi faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri —
ishonchlilik
haqida tushuntiramiz.
🔹
Ishonchlilik nima?
Elektr stansiyasining ishonchliligi
— bu uning uskunalari va tizimlari belgilangan sharoitlarda o‘z vazifalarini barqaror bajarishi hamda zarur vaqtda elektr energiyasi ishlab chiqarishga tayyor bo‘lish qobiliyatidir.
Oddiy qilib aytganda, ishonchli elektr stansiyasi — bu uskunalari soz, ish jarayonlari barqaror va kutilmagan to‘xtashlar xavfi imkon qadar kamaytirilgan stansiyadir.
⚙️
Ishonchlilik qanday ta’minlanadi?
Buning uchun elektr stansiyalarida bir nechta muhim yo‘nalishga e’tibor qaratiladi:
🔹
1. Uskunalarga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish
Turbina, generator, nasos va boshqa qurilmalar belgilangan tartibda tekshiriladi, ularga xizmat ko‘rsatiladi va zarur ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
🔹
2. Zaxira uskunalardan foydalanish
Muhim tizimlarda asosiy uskuna ishlamay qolgan taqdirda uning vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan zaxira qurilmalar nazarda tutiladi.
🔹
3. Doimiy monitoring va diagnostika
Datchiklar va avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida harorat, bosim, vibratsiya hamda boshqa ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi.
🔹
4. Avtomatika va himoya tizimlari
Ular xavfli og‘ishlarga tezkor javob berish, nosozliklarning oqibatlarini cheklash va uskunalarni himoyalashga yordam beradi.
🔹
5. Malakali mutaxassislar
Uskunalarning to‘g‘ri ishlatilishi, texnik holatining baholanishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘p jihatdan xodimlarning bilim va tajribasiga bog‘liq.
💡
Oddiy misol
Tasavvur qiling, elektr stansiyasida texnologik jarayon uchun ikkita nasos mavjud: biri ishlamoqda, ikkinchisi esa zaxirada turibdi.
Agar asosiy nasosda nosozlik yuzaga kelsa, tegishli sharoitlar va avtomatika mavjud bo‘lganda zaxira nasos ishga tushirilishi mumkin.
Natijada texnologik jarayonning to‘xtab qolish xavfi kamayadi.
Bu
uskunalarni zaxiralash
orqali ishonchlilikni oshirishga oddiy misoldir.
🔹
Ishonchlilik nima uchun muhim?
✅
Rejadan tashqari to‘xtashlar xavfini kamaytiradi.
✅
Elektr energiyasini barqaror ishlab chiqarishga yordam beradi.
✅
Jiddiy nosozliklar va avariyalar ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi.
✅
Ta’mirlash va tiklash bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
✅
Butun energetika tizimining barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
📌
Muhim jihat:
ishonchlilik stansiya hech qachon to‘xtamasligini anglatmaydi. Rejali ta’mirlash va profilaktik tekshiruvlar ham aynan uskunalarning uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarur.
Xulosa:
elektr stansiyasining ishonchliligi — bu sifatli uskunalar, muntazam texnik xizmat, zamonaviy monitoring, samarali himoya tizimlari va malakali mutaxassislarning birgalikdagi faoliyati natijasidir.
❓
Savol: Sizningcha, elektr stansiyasining ishonchliligini oshirishda qaysi omil muhimroq — muntazam texnik xizmat ko‘rsatishmi, zaxira uskunalarning mavjudligimi yoki zamonaviy monitoring tizimlarimi?

October 27, 05:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

27_10_2026
Bugun tug‘ilgan kun!
"Navoiy IES" AJ jamoasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bugun o‘zining tavallud kunini nishonlayotgan:
Suvni kimyoviy tozalash sexi apparatchisi -
KAMOLOV G‘AYRAT ISMATOVICH,
Issiqlik avtomatikasi va o‘lchashlar sexi elektr montyori -
NABIYEV OCHIL SHAXRIDDINOVICH
,
Suvni kimyoviy tozalash sexi chilangari -
IKROMOV HUSEN SUVON O‘GLI
ni chin qalbdan muborakbod etadi.
Sizga sog‘lik, oilaviy baxt, doimo hamkasblar e'tiborida bo‘lishingizni tilab qolamiz.
Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan
barcha yurtdoshlarimizni
samimiy qutlaymiz!
TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 27, 02:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun, 27-oktabr
☁️
+19°...+11°, Bulutli
Hozir:
☀️
+11°,
↖️
2.6 m/s
Tong:
☁️
+14°
Kun:
☁️
+19°
Oqshom:
☁️
+16°
Namlik: 16%
Shamol: Janubiy-janubi-g'arbiy, 3.4 m/s
Bosim: 767 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:01
Quyosh botishi: 17:43
Biz bilan qoling.
Bizni kuzatishda davom eting!
👍
@navoiy_ies_aj

October 26, 12:39
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🌙
SCADA tizimini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi
.
👨‍👩‍👧‍👦
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda işlab çiqariş jarayonlarini raqamli nazorat qiliş va boşqariş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Işlab çiqarish direktori F.Miraxirov huzurıda SCADA tizimini takomillaştirişga qaratilgan yiğiliş ötkazildi.
💻
SCADA - texnologik jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yiğiş, qayta işlaş, operator ekranida aks ettiriş hamda dispetçerlik boşqaruvini amalga oşirişga xizmat qiluvçi tizimdir. Uning imkoniyatlari uskunalar holatini kuzatiş, belgilangan me’yorlardan çetlanişlarni öz vaqtida aniqlaş va tezkor qarorlar qabul qilişda muhim ahamiyatga ega.
💻
Mazkur tizimni takomillaştiriş stansiyada elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlari, texnologik parametrlar va yordamçi uskunalar faoliyati töğrisidagi ma’lumotlardan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladi. Şuningdek, parametrlar tarixini tahlil qiliş orqali nosozliklar sabablarini örganiş, ta’mirlaş işlarini asosli rejalaştiriş hamda yoqilği-energetika resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
📁
SCADA tizimini rivojlantirişda ma’lumotlarning aniqligi va ishonçliligi, ogohlantiriş signallarining öz vaqtida yetkazilişi, tizimning uzluksiz işlaşi hamda xodimlarning undan samarali foydalanish könikmalari muhim örin tutadi.
📈
Yiğiliş yakunida tegişli mas'ullarga topşiriqlar berildi. Bu yönalişdagi işlar stansiyada işlab çiqariş jarayonlari ustidan nazoratni kuçaytiriş, uskunalarning barqaror işlaşini ta’minlaş va ekspluatatsiya samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 26, 09:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

😊
😉
😉
😌
😉
😌
😌
⚠️
IS GAZIDAN OGOH BÖLING!
Havo sovuqlaşişi bilan isitiş moslamalariga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş esa özimiz va yaqinlarimiz hayotini asraşning muhim şartidir.
Is gazi - rangsiz va hidsiz zaharli gaz.
Uni hid orqali sezib bölmaydi. Nosoz peçlar, gaz jihozlari, tiqilib qolgan mörilar va yetarli havo almaşinuvi bölmagan xonalar is gazidan zaharlaniş xavfini oşiradi.
🔫
Xavfsizlik uçun quyidagilarga amal qiling:
✅
Isitiş moslamalari, möri va şamollatiş kanallarini mutaxassisga tekshirtiring.
✅
Şamollatiş tuynuklarini berkitmang.
✅
Gaz plitasi va duxovkadan xonani isitiş maqsadida foydalanmang.
✅
Nosoz va qölbola isitiş qurilmalarini işlatmang.
✅
Kömir yoqilgan mangal yoki generatorni uy, garaj va boshqa yopiq joylarda işlatmang.
✅
Uyga is gazini aniqlovçi maxsus signalizator örnating va uning işlaşini muntazam tekşiring.
⛽️
Boş oğriği, boş aylanişi, holsizlik, köngil aynişi va huşning çalkaşişi is gazidan zaharlaniş belgilari bölişi mumkin.
🚑
Zaharlanişdan şubhalansangiz yoki signalizator ogohlantirsa,
darhol binodan toza havoga çiqing va xavfsiz joydan tez tibbiy yordam çaqiring.
Sababni izlab içkarida qolmang. Mutaxassislar ruxsat bermagunça binoga qayta kirmang.
🫡
Özingizni va yaqinlaringizni asrang! Ogohlik va ehtiyotkorlik hayotni saqlaydi!
Nodirbek BURHONOV - "Navoiy IES" OFVB ınspektori, leytenant
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 26, 09:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Post 59. Energetikada ma’lumotlar tahlili nima?
📘
Energetika oddiy tilda
O‘tgan haftada avtomatlashtirish, uskunalarni diagnostika qilish va sun’iy intellektning energetikadagi imkoniyatlari haqida gaplashdik.
Yangi haftada esa elektr stansiyalarining
ishonchliligi va samaradorligini oshirish
bilan bog‘liq mavzularni ko‘rib chiqamiz.
Bugungi mavzu —
ma’lumotlar tahlili
.
🔹
Ma’lumotlar tahlili nima?
Ma’lumotlar tahlili
— bu elektr stansiyasidagi uskunalar va texnologik jarayonlardan olingan ko‘rsatkichlarni o‘rganish, solishtirish hamda ular asosida foydali xulosalar chiqarish jarayonidir.
Oddiy qilib aytganda, ma’lumotlar tahlili nafaqat
«Hozir nima bo‘lyapti?»
, balki
«Nima uchun bunday bo‘lyapti?»
degan savolga ham javob topishga yordam beradi.
⚙️
Qanday ma’lumotlar tahlil qilinadi?
Elektr stansiyalarida har kuni minglab texnologik ko‘rsatkichlar qayd etiladi. Jumladan:
🔹
Elektr quvvati
— qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilayotgani.
🔹
Yoqilg‘i sarfi
— elektr ishlab chiqarish uchun qancha gaz yoki boshqa yoqilg‘i sarflanayotgani.
🔹
Harorat va bosim
— texnologik jarayonlarning asosiy ko‘rsatkichlari.
🔹
Uskunalarning ish holati
— turbina, generator, nasos va boshqa qurilmalarning ishlash parametrlari.
🔹
Tarixiy ma’lumotlar
— ko‘rsatkichlarning kunlar, haftalar va oylar davomida qanday o‘zgargani.
💡
Oddiy misol
Tasavvur qiling, elektr stansiyasi bir xil quvvatda ishlayotgan ikki xil vaqt oralig‘ida turli miqdorda tabiiy gaz sarfladi.
Ma’lumotlar tahlili orqali mutaxassislar ushbu farqning sabablarini o‘rganadi.
Bunga tashqi havo harorati, uskunalar holati, texnologik parametrlar yoki boshqa omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Natijada yoqilg‘i sarfini optimallashtirish va elektr ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi.
🔹
Ma’lumotlar tahlili nima uchun muhim?
✅
Uskunalar ishining samaradorligini baholashga yordam beradi.
✅
Ortiqcha yoqilg‘i va energiya sarfi sabablarini aniqlash imkonini beradi.
✅
Texnologik jarayonlardagi o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi.
✅
Nosozliklarning dastlabki belgilarini aniqlashga ko‘maklashadi.
✅
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini asoslashga xizmat qiladi.
📌
Muhim jihat:
SCADA va monitoring tizimlari ma’lumotlarni yig‘ish hamda kuzatishga yordam beradi.
Ma’lumotlar tahlili esa ushbu ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklarni aniqlab, ulardan amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Xulosa:
zamonaviy energetikada ma’lumotlar shunchaki raqamlar emas, balki muhim boshqaruv resursidir. Ularni to‘g‘ri tahlil qilish elektr stansiyalarining ishonchli, tejamkor va samarali ishlashiga yordam beradi.
❓
Savol: Sizningcha, elektr stansiyasida ma’lumotlar tahlilining eng katta foydasi nimada — yoqilg‘i sarfini kamaytirishdami, uskunalar holatini baholashdami yoki ishlab chiqarishni samarali boshqarishdami?

October 26, 08:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

DEPUTAT SÖROVI – XALQ SÖROVI
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengaşi deputati, MTDP deputatlik guruhi a`zosi
Akmal Fayziyev
tomonidan saylovçilar bilan ötkazilgan uçraşuvlar va sayyor qabullarida hududdagi ijtimoiy infratuzilma masalalari yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.
Jumladan, aholi tomonidan Karmana tumani “Yangiobod” mahallasi fuqarolari murojaatlaridan kelib çiqib, “Yangiobod”, “Urganji” va “Yandaşobod” köçalaridagi elektr simyoğoçlarni temir-beton ustunlarga almaştiriş, “Yangi hayot”, “Yangiobod”, “Ustozlar”, “Urganji”, “Yandaşobod” va “Yangi Özbekiston” köçalariga asfalt qoplamasi yotqiziş, “Urganji” köçasiga suğoriş uçun suv yetarli darajada yetib bormayotganligi kabi muammolarni bartaraf etişda amaliy yordam beriş böyiça amaliy yordam sörab murojaatlar qilindi.
A.Fayziyev uşbu masalalarni ijobiy hal etiş maqsadida mas’ul  taşkilotlarga deputat sörovlari yubordi va deputatlik nazoratiga oldi.
MTDP Navoiy viloyati Kengaşi Axborot xizmati
@MTDP_Navoiyviloyati

October 26, 06:42
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌙
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR VA MEHNAT MUHOFAZASI MASALALARIGA BAĞIŞLANGAN UÇRAŞUV TAŞKIL ETILDI.
👨‍👩‍👧‍👦
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda "Smart integrity M E" MChJ hamda Navoiy viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi mutaxassislari tomonidan mehnatga oid munosabatlar, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda xavfsiz mehnat şaroitlarini ta’minlaş masalalariga bağişlangan uçraşuv taşkil etildi.
👨‍👩‍👧‍👦
Uçraşuv davomida mehnat munosabatlarini qonunçilik talablari asosida taşkil etiş, iş beruvçi va xodimlarning özaro huquq hamda majburiyatlari, mehnat intizomiga rioya qiliş va mehnat muhofazasi sohasidagi mas’uliyat masalalariga e’tibor qaratildi. Xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, iş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş va xavfsizlik talablariga ongli ravişda amal qilişning ahamiyati ta’kidlandi.
👨‍👩‍👧‍👦
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi
“Mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisalar töğrisida xabar beriş, ularni tekşiriş va hisobga oliş hamda ularning oqibatida yetkazilgan ziyonning örnini qoplaş töğrisida”gi 505-sonli qarori
mazmun-mohiyati yoritildi.
👨‍👩‍👧‍👦
Xususan, mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisalar yuzasidan xabar beriş, ularning kelib çiqiş sabablari va holatlarini tekşiriş, teg işli hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda hodisalarni hisobga oliş masalalari uçraşuvning asosiy mavzularidan biri böldi. Bu jarayonlarda öz vaqtida va aniq axborot taqdim etiş, hodisa sabablarini xolis örganiş hamda kelgusida şunday holatlar takrorlanişining oldini oliş muhimligi qayd etildi.
⚡️
Şuningdek, mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda xodimning hayoti yoki soğliğiga yetkazilgan ziyonning örnini qoplaş, jabrlangan xodimlar va teg işli huquqqa ega bölgan şaxslarning manfaatlarini ta’minlaş masalalariga töxtalib ötildi. Mazkur tartiblarni biliş xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlaş va iş beruvçining mas’uliyatini töğri anglaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
✏️
Uçraşuvda energetika sohasida mehnat xavfsizligiga rioya qiliş alohida mas’uliyat talab etişi ta’kidlandi. İş joylaridagi xavf omillarini öz vaqtida aniqlaş, himoya vositalaridan töğri foydalan iş, xavfsizlik yöriqnomalariga qat’iy amal qiliş hamda xodimlarning bu boradagi bilim va könikmalarini muntazam oşirib boriş baxtsiz hodisalar profilaktikasining muhim şertlaridandir.
✅
Mazkur uçraşuv mehnatga oid qonunçilik mazmunini xodimlarga yetkaziş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş hamda korxonada xavfsiz va mas’uliyatli mehnat muhitini mustahkamlaşga qaratildi.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt