Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVOIY IES | Rasmiy kanal🇺🇿

navoiy_ies_aj
Kanalimiz bo'yicha fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. Bog‘lanish uchun: https://t.me/Navoiy_thermal_power_plant_JSC Rasmiy saytimiz: www.nies.uz
Подписчики
1 530
24 часа
-1
30 дней
20
Просмотры
467
ER
30,52%
Посты (30д)
162
Символов в посте
1 210
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
September 13, 08:35
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
#Mustaqillik35
“Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” musobaqalari yakunlandi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan energetika sohasi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
“Bir jamoa, bir maqsad, bir g‘alaba!”
shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridan
200 nafardan ortiq ortiq xodim
ishtirok etdi.
Uch kun davomida ishtirokchilar sportning turli yo‘nalishlarida kuch sinashib, sog‘lom raqobat, jamoaviylik va do‘stlik muhitini namoyon etdilar.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarni
tantanali taqdirlash marosimi
bo‘lib o‘tdi. Unda sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan jamoa va ishtirokchilarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqanlar musobaqa nafaqat xodimlarning sport mahoratini namoyon etgani, balki jamoalar o‘rtasidagi hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlaganini ta’kidladilar.
Shu tariqa,
“Issiqlik elektr stansiyalari kubogi”
sport musobaqalari ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda yakunlandi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Х
|
Veb-sayt

September 13, 08:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

13_9_2026
Bugun tug‘ilgan kun!
"Navoiy IES" AJ jamoasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bugun o‘zining tavallud kunini nishonlayotgan:
1-Qozon turbina sexi mashinisti -
UMAROV ERKIN OLIMOVICH,
1-Qozon turbina sexi katta mashinisti -
HAMROYEV JASURJON SOBIRJON O‘G‘LI,
Markaziy ta'mirlash sexi xodimi -
XUDAYQULOV ZAFAR QUVANDIQOVICH,
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi -
XUSHVAQOV FARRUX SAYDULLAYEVICH,
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi -
KARIMOV MA'RUFJON ISTAM O‘G‘LI,
1-Qozon turbina sexi katta mashinisti -
MUSAYEV ULUG‘BEK HIKMATOVICH
ni chin qalbdan muborakbod etadi.
Sizga sog‘lik, oilaviy baxt, doimo hamkasblar e'tiborida bo‘lishingizni tilab qolamiz.
Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan
barcha yurtdoshlarimizni
samimiy qutlaymiz!
TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

September 13, 08:33
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bugun, 13-sentabr
☀️
+32°...+19°, Ochiq havo
Hozir:
☀️
+30°,
⬇️
1.1 m/s
Tong:
☀️
+25°
Kun:
☀️
+31°
Oqshom:
☀️
+30°
Namlik: 15%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 8.7 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:17
Quyosh botishi: 18:52
Biz bilan qoling.
Bizni kuzatishda davom eting!
👍
@navoiy_ies_aj

September 12, 14:21
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
#Mustaqillik35
🏆
“Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” g‘oliblari aniqlandi
Xabar berganimizdek, “Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” doirasidagi mini-futbol musobaqalari o‘z g‘oliblarini aniqladi.
Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida joriy yilning
11–13-sentabr kunlari
tashkil etilgan musobaqada elektr stansiyalaridan kelgan
15 ta jamoa
g‘oliblik uchun do‘stona va murosasiz bahs olib bordi.
Qizg‘in kechgan final bahslarida jamoalar munosib o‘yin namoyish etib, “Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” uchun so‘nggi ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qildilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin – Angren IES jamoasi–“Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” sohibi;
🥈
2-o‘rin – Yangi-Angren IES jamoasi;
🥉
3-o‘rin – Navoiy IES jamoasi.
Barcha jamoalarni erishgan natijalari bilan muborakbod etamiz!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Х
|
Veb-sayt

September 12, 11:26
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
#Mustaqillik35
Elektr stansiyalari xodimlari uchun ish yuritish bo‘yicha amaliy seminar
“Bir jamoa, bir maqsad, bir g‘alaba!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlar doirasida ish yuritish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri ishtirokchilarga mavzu yuzasidan taqdimot shaklida ma’lumot berdilar.
Seminarda elektr stansiyalari va markazlarining boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari, tashkiliy ishlar hamda ish yuritish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdilar.
Seminarning asosiy maqsadi – xodimlar manfaatlarini himoya qilish, joylarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish yuritish jarayonlarida xodimlar manfaatlarini ustuvor qo‘yish, shuningdek, barcha ishlar amaldagi me’yoriy va qonunosti hujjatlari asosida tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Х
|
Veb-sayt

September 12, 09:51
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🌙
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - ustuvor vazifa
👨‍👩‍👧‍👦
“Navoiy IES” AJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Xususan, 2026-yil ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida tuzilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha Ishlab chiqarish direktori F.I.Miraxirov tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.
📝
Yig‘ilishda ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, asosiy va yordamchi uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash, energiya resurslari sarfini kamaytirish hamda belgilangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚡️
Shuningdek, uskunalarning texnik holati, ta’mirlash va profilaktika ishlarining sifati, texnologik jarayonlarga rioya etilishi hamda ish joylarida mehnat va sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar va ularni tezkor bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
⚡️
Yig‘ilish yakunida ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish, uskunalarning ishonchliligini oshirish, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Chora-tadbirlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi yig‘ilishlar elektr energiyasini barqaror va sifatli ishlab chiqarish, korxona faoliyati samaradorligini oshirish hamda iste’molchilarni uzluksiz energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

September 12, 07:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

12_9_2026
Bugun tug‘ilgan kun!
"Navoiy IES" AJ jamoasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bugun o‘zining tavallud kunini nishonlayotgan:
Ishlab chiqarish texnik bo‘limi muhandisi -
SHODIYEV NASIMJON CHORIYEVICH,
1-Qozon turbina sexi mashinisti -
NAZAROV SHUHRAT BAXRITDINOVICH,
Suvni kimyoviy tozalash sexi apparatchisi -
RAVSHANOV JAMIL ZIYODULLAYEVICH,
Markaziy ta'mirlash sexi chilangari -
RAHMONOV FAXRIDDIN OCHIL O‘G‘LI,
Suv inshootlari sexi chilangari -
RASHIDOV JAMSHID FAYZULLOYEVICH,
1-Qozon turbina sexi navbat boshlig‘i -
SANAQULOV SAYRIDDIN RASUL O‘G‘LI,
Elektr sexi montyori -
XO‘JAQULOV AZIMJON MANSUROVICH
ni chin qalbdan muborakbod etadi.
Sizga sog‘lik, oilaviy baxt, doimo hamkasblar e'tiborida bo‘lishingizni tilab qolamiz.
Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan
barcha yurtdoshlarimizni
samimiy qutlaymiz!
TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

September 12, 07:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bugun, 12-sentabr
☀️
+29°...+20°, Ochiq havo
Hozir:
☀️
+26°,
↘️
5 m/s
Tong:
☀️
+24°
Kun:
☀️
+28°
Oqshom:
☀️
+26°
Namlik: 16%
Shamol: Shimoliy, 8.9 m/s
Bosim: 765 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:16
Quyosh botishi: 18:53
Biz bilan qoling.
Bizni kuzatishda davom eting!
👍
@navoiy_ies_aj

September 11, 11:55
Файлы недоступны
4
3
Открыть в Telegram

🌙
Navoiy IESda kuch transformatorining avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi sinovdan o‘tkazildi.
👨‍👩‍👧‍👦
Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniya oyligi doirasida “Navoiy IES” AJda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash, mavjud himoya tizimlarining texnik holatini nazorat qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi amaliy-texnik tadbir tashkil etildi.
🤩
Tadbir davomida korxonaning elektr energiyasini uzatish tizimidagi muhim qurilmalaridan biri - ATS-1 kuch transformatorining avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayonida tizimning ishga tushish mexanizmlari, boshqaruv va signalizatsiya qurilmalari, suv uzatish tarmoqlari, purkagichlar hamda boshqa tegishli texnik vositalarning sozligi tekshirildi.
🤩
Kuch transformatorlari yuqori kuchlanish va katta yuklama ostida ishlaydigan murakkab energetik qurilmalar hisoblanadi. Shu sababli ularda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik, qizib ketish yoki moyning alangalanishi qisqa vaqt ichida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi ana shunday xavfli holatlarni dastlabki bosqichdayoq aniqlash va yong‘inning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikda muhim ahamiyatga ega.
🤩
Favqulodda vaziyat yoki yong‘in alomatlari aniqlanganda, avtomatik tizim tegishli signallar asosida tezkor ravishda ishga tushadi. Maxsus purkagichlar orqali transformatorning himoyalanishi lozim bo‘lgan qismlariga bosim ostida suv uzatiladi. Natijada yong‘in o‘chog‘i qisqa vaqt ichida jilovlanib, olovning boshqa uskunalar va inshootlarga tarqalish xavfi kamaytiriladi. Shu bilan birga, navbatchi xodimlarga ogohlantiruvchi signal berilib, zarur tezkor choralarni ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
🤩
O‘tkazilgan sinov jarayonida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimining tezkor ishga tushishi, suv bosimi va purkash samaradorligi, signalizatsiya hamda boshqaruv qurilmalarining o‘zaro muvofiq ishlashi amaliy jihatdan tekshirildi. Sinov natijalari tizimning belgilangan vazifalarni bajarishga shay holatda ekanini ko‘rsatdi.
⚡️
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - kuz-qish mavsumi oldidan energetika obyektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy avariya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, asosiy hamda yordamchi uskunalarning barqaror ishlashini kafolatlashdan iborat.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt

September 11, 10:00
Файлы недоступны
7
3
Открыть в Telegram

🌙
Navoiy IES: huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.
👨‍👩‍👧‍👦
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. Unda iqtisodiy sudlarda ishlarni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari hamda ushbu tartibning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.
👨‍👩‍👧‍👦
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan normalar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, da’vo bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa 100 baravaridan oshmagan ishlar qonunda nazarda tutilgan istisnolarni hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
⚖️
Mazkur tartibning afzalliklariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ish da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Bunda yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning o‘tishi inobatga olinadi. Ishni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi, sud muhokamasi o‘tkazilmaydi hamda taraflar sudga chaqirtirilmaydi.
🪧
Shuningdek, taqdim etilgan material asosida ishlarni umumiy tartibda ko‘rib chiqishni talab etuvchi holatlar, qo‘shimcha dalillarni tekshirish zarurati, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yoritildi. Sud hujjatlarining qonuniy kuchga kirishi hamda ular ustidan shikoyat qilish tartibiga ham e’tibor qaratildi.
🤎
Uchrashuv davomida iqtisodiy nizolarni qonuniy va tezkor hal etish, hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirish hamda protsessual muddatlarga rioya qilishning ahamiyati ta’kidlandi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibi buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarni himoya qilish bilan birga, taraflarning vaqti va mablag‘larini tejashga xizmat qilishi qayd etildi.
🖍
Mazkur uchrashuv xodimlarning huquqiy bilimlarini boyitish, qonunchilik talablarini to‘g‘ri anglash va kundalik faoliyatda ularga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt