Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NavoiyDU_AL

navoiydu_al
🏢 Navoiy davlat universiteti akademik litseyi telegram kanali! 🚕 Manzil: Navoiy sh,Spitamen 14-uy Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/3q7a3v8qJX6UthZg6 📞 Qabulxona: +998792204028 ⏱ Qabul vaqti: 9:00 -17:00 ❓ Savollar: @makkamov_jaloliddin33
Subscribers
1 221
24 hours
-3
30 days
-73
Post views
2 351
ER
192,55%
Posts (30d)
6
Characters in post
697
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 08, 14:05
Media unavailable
6
Show in Telegram

#NavDU_AL
#Mustaqillik
#35 yillik
#Sport
🔰
Navoiy davlat universiteti akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan
"Mustaqillik kubogi"
sport musobaqalari doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida voleybol sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada akademik litsey o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdi.
❇️
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
🔰
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,
akademik litseyning 8-25 guruhi
I oʻrinni, 6-26 guruhi II oʻrinni, 7-25 guruhi III oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
❇️
Gʻolib va sovrindor jamoalar aniqlanib, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

September 03, 06:42
Media unavailable
7
6
Show in Telegram

September 03, 06:42

#NavDU_AL
#Bilimlar_kuni
2026-yil 2-sentabr kuni Navoiy davlat universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi hamda yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni”
munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🔰
Tadbirda akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
❇️
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Akademik litsey direktori F.B.Maxammatqulov tadbirni ochib berdi, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi borasida so‘z yuritildi. Mazkur o'quv yilida akademik litseyni 407 nafar o'quvchi tahsil olgan bo'lsa, BBA tomonidan o'tkazilgan imtihonda ulardan
45 nafari maksimall 189 ballni
qo'lga kiritdilar. Tadbirda ana shu o'quvchilarning ota-onalari ham minnatdorlik tuyg'ularini ifoda etib tashakkur bildirdilar.
🔰
Tadbirda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari M.E.Eraliyev nutq so'zlab,
“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
g‘oyasining mazmun-mohiyati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik ruhida tarbiyalash tushgunchalariga alohida e’tibor qaratdi.
❇️
Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik va ona yurt madhiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ijodiy chiqishlarda yoshlarning mustaqil O‘zbekistonning munosib farzandlari bo‘lib voyaga yetish, yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagi o‘z ifodasini topdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Vatanimiz mustaqilligi abadiy bo‘lishi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishi tilaklari bildirildi va akademik litsey o'quv xonalariga "Mustaqillik darslari"ga taklif etildi.

August 25, 10:28

Channel photo updated

August 25, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#NAVDU
AKADEMIK LITSEYI.
#O
'quvchi formasi
#Tavsiya
Assalomu alaykum!
🔰
Barcha akademik litsey oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun.

Yangi 2026-2027 oʻquv yili munosabati bilan koʻp ota-onalarimiz va litseyga qabul qilingan oʻquvchilar tomonidan oʻquvchi formasi haqida ma'lumot berish soʻralayotganligini inobatga olib, akademik litsey oʻquvchisi formasini namuna sifatida tavsiya etayapmiz.
🔷
Oʻgʻil bolalar uchun: toʻq koʻk yoki qora rangli kostyum-shim, yoqali oq koʻylak, toʻq koʻk yoki qora rangli galstuk, qora rangli oyoq kiyim, sochlar 3-4 sm uzunlikda.
🔶
Qiz bolalar uchun: toʻq koʻk rangli kostyum yubka (yubka uzunligi tizzadan 15-20 sm pastda), yoqali oq kofta, sochlar oʻrilgan holatda, qora rangda oyoq kiyim.
☑️
Shuningdek, oʻquvchilar litsey hududiga oʻzi bilan birga mumkin boʻlmagan narsa va buyumlar olib kelish ta'qiqlanadi.
🟤
Ta'lim muassasasi va ota-ona hamkorlikda hamfikr boʻlib faoliyat yuritsak oʻquvchilarimiz albatta oʻz maqsadlariga erishadi va yaxshi natijalar koʻrsatadi.

August 23, 13:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum!
#Diqqat_Elon_Eslatma
♻️
Navoiy davlat universiteti akademik litseyiga 1- bosqichga qabul qilingan oʻquvchilarga, yoʻnalishlar kesimida, guruhga biriktirilgan oʻqituvchisi tomonidan telefon qilib, yangi oʻquv yili kuni, forma, kerakli hujjatingiz va boshqa maʼlumotlar berilmog'da.

Oʻquvchini Ruyxatdan oʻtgan telefon nomeriga chiqishadi,
shu nomeringiz  ishchi holatda boʻlsin
.
📎
Ma'lumot uchun:
📚
Yangi oʻquv yili  boshlanishi 2026 yil 2-sentybrdan boshlanadi.

Savollaringiz boʻlsa 997580736  nomer bilan bogʻlaning, toʻliq maʼlumot beriladi.
🚖
Manzil lokatsiyasi
👉
https://maps.app.goo.gl/3q7a3v8qJX6UthZg6
Bizni kuzating
telegram
👈
kanalimiz!

August 11, 12:51
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🖥
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun
akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda
my.edu.uz
platformasi orqali
apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari
2026-yil 14-avgust kuni
ko‘rib chiqiladi.
ℹ️
Apellyatsiya o‘tkaziladigan
joy, sana va vaqt har bir abituriyentning
my.edu.uz
platformasidagi shaxsiy kabinetida
ko‘rsatilgan.
‼️
Eslatma:
Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda
shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi
bilan
Bilimni baholash agentligiga
kelishlari shart.
Bizni kuzating!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 30, 17:28

July 30, 16:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ijtimoiy gumanitar-5 (Huquqshunoslik)-2026

July 30, 16:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

Xorijiy filologiya (ingliz tili)-2026