Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NavoiyDU_AL

navoiydu_al
🏢 Navoiy davlat universiteti akademik litseyi telegram kanali! 🚕 Manzil: Navoiy sh,Spitamen 14-uy Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/3q7a3v8qJX6UthZg6 📞 Qabulxona: +998792204028 ⏱ Qabul vaqti: 9:00 -17:00 ❓ Savollar: @makkamov_jaloliddin33
Подписчики
1 132
24 часа
-4
30 дней
-59
Просмотры
750
ER
66,25%
Посты (30д)
10
Символов в посте
632
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 13:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

✨
✨
✨
BIZNING FAXRIMIZ!!!
✨
✨
✨
❇️
NavDU akademik litseyi aniq-fanlar yoʻnalishi 6-25 guruh oʻquvchisi
BOBOMURODOVA ZARNIGOR FAZLIDDINOVNA
bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan imtihonlarda faol qatnashib,
189 ballni qoʻlga kiritdi
va muddatidan oldin talabalik baxtiga sazovor boʻldi.
✅
Barcha akademik litsey jamoasini, Zarnigorga ta'lim bergan
ustozlarni chin qalbdan tabriklaymiz.
✅
Shunday iqtidorli qizni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgani uchun
ota-onasiga cheksiz minnatdorlik va tashakkurlar bildiramiz!
✅
Ofarin, Zarnigor biz sen bilan faxrlanamiz!

October 28, 13:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ona_tilim_faxrim
#çellenj
🇺🇿
21-OKTABR — ÖZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN!
🏢
Navoiy davlat universiteti akademik litseyi öquvchilari
"Ona tilim-faxrim"
şiori ostida e‘lon qilingan çellenjda faol iştirok etdi.

October 22, 13:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#NavDU
#AkademikLitsey
#SAT
#YuqoriNatija
#YoshlarYutug
‘i
Navoiy davlat universiteti akademik litseyi aniq-fanlar yo'nalishi 6-25 guruh o‘quvchisi
Nilufar Usmonova
SAT xalqaro imtihonida yuqori natijani qo‘lga kiritdi.
2026-yil 3-oktyabr kuni topshirilgan SAT imtihoni natijalariga ko‘ra, Nilufar Usmonova jami
1520 ball
to‘pladi. Jumladan, Reading and Writing (o‘qish va yozish) bo‘limidan 730 ball, Math (matematika) bo‘limidan esa 790 ball oldi.
Mazkur natija o‘quvchining puxta bilimi, tinimsiz mehnati va izlanishlari samarasi bo‘lib, uning xalqaro miqyosdagi akademik salohiyatini namoyon etadi.
Akademik litsey jamoasi Nilufar Usmonovani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi! Kelgusidagi o‘qishlari va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va yangi marralarni zabt etishini tilaymiz!
Bilim va intilish — yuksak marralar sari ishonchli qadam!

October 20, 10:28

Akademik litseyda amalda bo`lgan barcha yo`nalishlarning ishchi o`quv dasturlari

October 06, 03:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

BIZNING FAXRIMIZ!
NavDU akademik litseyi aniq-fanlar yo'nalishi 6-25 guruh o‘quvchisi Yashnarbekova Xusnobod xalqaro SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonida munosib natijani qo‘lga kiritdi.
O‘quvchining umumiy natijasi 1290 ballni tashkil etib, bu ko‘rsatkich SAT imtihonida qatnashgan o‘quvchilarning 84 foizidan yuqori natija ekanini ko‘rsatadi.
Xusnobodning ushbu natijasi uning xalqaro miqyosdagi ta’lim talablariga mos bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligi, o‘z ustida muntazam ishlayotgani hamda kelgusida nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun mustahkam poydevor yaratganidan dalolat beradi.

October 06, 03:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

BIZNING FAXRIMIZ!!!
NavDU akademik litseyi aniq-fanlar yo'nalishi 6-25 guruh o‘quvchisi Oltiboyeva Vasila Qodirbek qizi o‘zining bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati va izlanishlari bilan navbatdagi yuqori natijani qo‘lga kiritdi.
O‘quvchimiz SAT xalqaro imtihonidan 1330 ball natija qayd etdi. SAT imtihoni 400–1600 ballik tizimda baholanadi.
1330 ball — Vasilaxonning ingliz tili, o‘qish, yozish va matematika yo‘nalishlaridagi puxta bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etuvchi yuqori natijalardan biridir.
Bu natija — Vasila, ustozlar va ota-onalar hamkorligining samarasi, kelajakdagi katta marralar sari tashlangan muhim qadamdir.
Ilm yo‘lidagi har bir muvaffaqiyat — buyuk kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir!

October 03, 03:38
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

October 03, 03:38

“USTOZGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM"
2026-yil 30-sentabr kuni Navoiy davlat universiteti akademik litseyida "1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Ustozga ehtirom-millatga ehtirom” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Akademik litsey xorijiy fanlar yo‘nalishi 3-26-guruh o‘quvchilari tomonidan tashkillashtirilgan bayram tadbirining asosiy maqsadi — ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatini qadrlash, o‘quvchilar qalbida ustozlarga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni akademik litsey direktori F.B.Maxammatqulov ochib berdi hamda ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutladi. Tadbir davomida ustozlarning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati, yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi xizmatlari alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va bayramona chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda sentyabr oyi "Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi" doirasida oʻtkazilgan tadbirlarda faol qatnashgan bir guruh oʻquvchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bayramona chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

October 03, 03:38
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 03, 03:38