Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NAVOIYSHUNOSLIK

navoiyshunoslik_rasmiy
Nazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
Subscribers
7 328
24 hours
5
30 days
301
Post views
986
ER
13,46%
Posts (30d)
84
Characters in post
1 163
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 25, 10:05

Assalomu alaykum, azizlar!
R. Vohidov, H. Ne’matov va M. Mahmudovlarning “So‘z bag‘ridagi ma’rifat” kitobi juda zarur bo'lyapti. Iltimos, kimdadir bo'lsa, bizga yordamingiz kerak.
Murojaat uchun:
https://t.me/Avaznazarov

October 24, 06:15

Nafas Shodmonovning 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan e'tirof to'plami ham nashr qilinyapti. Sizdan, albatta, maqolalar kutamiz. Imkoningiz bo'lsa, Nafas Shodmonovni tanigan-bilganlarga ham jo'natib qo'ying.

October 24, 05:57

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
TURON UNIVERSITETI
XALQARO INNOVATSION UNIVERSITET
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘i 2-ilovasiga muvofiq
filologiya fanlari doktori, professor Nafas Shodmonovning 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan
2026-yil 20–21-noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida
“О‘zbek matnshunosligi va adabiy manbashunosligining dolzarb masalalari”
mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etish uchun taklif etiladi.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
- Mumtoz adabiyot tadqiqida matn takomili masalalari;
- Matnshunoslikning nazariy va amaliy muammolari;
- Jadid adabiyoti manbalarini o‘rganish muammolari;
- Yangi o‘zbek adabiyoti matnshunosligi tadqiqi masalalari;
- Matnning lingvistik xususiyatlari.
Anjuman rasmiy tili:
o‘zbek, rus, ingliz va turkiy tillar
Anjuman maqolalariga qo‘yiladigan talablar:
Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, Microsoft Word matn redaktori, doc yoki docx formatida (shrift 14, Times New Roman, interval 1,5) o‘zbek tilidagi maqolalar lotin alifbosida terilgan bo‘lishi kerak. O‘ng tomondan 15 mm, chap tomondan 30 mm, yuqori va quyidan 20 mm hoshiya qoldiriladi. Birinchi qatorda maqola nomi BOSH HARFLAR bilan beriladi. Ikkinchi qatorda qatorda OTM hamda muallif(lar)
F.I.SH
. ko‘rsatiladi. Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 4-6 qatordan oshmagan holda o‘zbek va ingliz tillarida keltiriladi, keyingi qatorda kalit so‘zlar (5-8 so‘z), undan so‘ng maqolaning asosiy matni beriladi. Maqola hajmi kamida 3 sahifadan iborat bo‘lishi lozim. Matndagi bibliografik havolalar (ssilka) kvadrat qavsda adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan tartibda qayd qilinishi lozim. Masalan: [3, 72-b.]. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tahrirdan o‘tmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi va anjuman talabiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi. Anjumanda qatnashish uchun materiallar tahrir qilingan holda, elektron variantda 2026-yil 30-oktabrgacha qabul qilinadi. Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi uchun mualliflar mas’uldirlar.
Maqolalar Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida qabul qilinadi. Nashr talablariga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi.
Manzil:
Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy.
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ul:
O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi.
Telefon raqami:
+998 90 721-48-08 (Umida Abdullayeva) (telegram)
+998 99 579-78-30 (Muyassar Tilovova) (telegram)
+998 99 036-07-50 (Shavkat Yangiboyev) (telegram)
Sizning ishtirokingiz anjumanning muvaffaqiyatli o‘tishida muhim
ahamiyat kasb etishiga ishonamiz!
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

October 23, 04:51

#Xamsa
Ulki, Sendek boshimda Xoliqdur,
Men demoqlik ne behayoliqdur.
Alisher Navoiy
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

October 21, 10:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

October 21, 10:51
Media unavailable
10
Show in Telegram

#O‘zbekTiliBayram
🇺🇿
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
nomli tantanali tadbir o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi, Qarshi davlat universiteti va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda olimlar, jurnalistlar, ziyolilar, xorijlik mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosim O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo‘yish bilan boshlandi. Viloyat hokimi Murotjon Azimovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Ona tilimiz ravnaqi va davlat tili nufuzini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan fidoyilar esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida Qarshi davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Odiljon Avaznazarovning
“Til, adabiyot va davlatchilik: turkiy ma’naviyatning tarixiy ildizlari”
mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari, badiiy kompozitsiyalar, intellektual viktorina, she’riy chiqishlar va mumtoz qo‘shiqlar namoyish etildi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir tilimizning boy merosini asrash, uning nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodlarga yetkazishdek ezgu maqsadlarni yana bir bor yodga soldi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt

October 20, 02:31

#ғазал
Бировга мусаллам тариқи тасаввуф
Ки, зотида мавжуд эмастур тахаллуф.
Тасаввуф ризо аҳлидин яхши ахлоқ,
Эрур истилоҳоти зебу такаллуф.
Тасаввуф эмас зуҳду тақвою тоат
Ки, анда риё йўл топар бетаваққуф.
Эрур маҳз тақвою лекин риёсиз
Убудият сарфу айни талаттуф.
Не эл қавлу феълиға андин таадди,
Не ҳақ амру наҳйиға андин тасарруф.
Ўзин уйла беихтиёр англабонким,
Не қолиб тараддуд анга, не таассуф.
Қилиб ҳақ вужудида маҳв ўз вужудин,
Навоий, муни бил тариқи тасаввуф.
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

October 19, 05:00

#ғазал
Чу солик айлар эса азм водийи тавҳид,
Керакки, минса бу сайр ичра маркаби тажрид.
Бу маркабу бу сафар кимсага муяссар эмас
Ки, ҳосил айламагай олам аҳлидин тафрид.
Бу ҳам киши ўзини бору йўқдин эткай фард,
Эмастур ўзлукидин мумкин ўлмайин таъйид.
Чу дўст лутфиға бу барча бўлди вобаста,
Недин керак кишига васл нақдидин тардид.
Азалда чун не насиб ўлди, ўзга бўлмади ул,
Саъидни не шақи қилди, не шақини саъид.
Кетур қадаҳки, даме ўзни хуш тутай, эй муғ,
Тўла қуярға эмас ҳожат айламак таъкид.
Навоий истамас ўзни даме бу дайрда соғ,
Ҳамиша кайфиятиға анинг беринг таждид.
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

October 18, 14:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

✅
Eshqobil Shukur
:
“Aslida ona tili emas, ona til deyishimiz kerak. Xuddi ona Vatan, ona yurt kabi”
📱
To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling:
https://youtu.be/fvvJKvwx8oY
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 18, 07:28

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
TIL VA MILLAT MAQOMI
Bu dunyoda millat bo‘lsa – davlat yashar,
Davlat bo‘lsa – bu dunyoda millat yashar.
Davlating bor – millating bor agar bilsang,
Millating bor – davlating bor asray bilsang.
Yofas bobolardan yodgor xilqatimsan,
Ona tilim, millatimsan, davlatimsan.
Toshbitiklar poyin o‘pgan Enasoylar,
Soylaringda kokil yuvgan Momo oylar.
Ko‘nglim aro uch ming yillik avjlaring bor,
Uch ming yillik javlonlaring, mavjlaring bor.
Uch ming yillik qoyalarday qudratimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.
Oq fotiha so‘rab bordim qoshlariga,
Oq tog‘larim o‘xshar bobom Koshg‘ariyga.
Kim dunyoga kelib faqat dunyo buzgan,
Bobolarim mening so‘zdan dunyo tuzgan.
Dunyolarga dalolatim, tilxatimsan,
Ona tilim, toju taxtim, davlatimsan.
Hech bir avlod o‘zi shunday bino bo‘lmas,
O‘z-o‘zidan Beruniy yo Sino bo‘lmas.
Yer yuziga hikmat ekding arobiyda,
Qancha ilmu urfon bordir Forobiyda.
Jaholatga qarshi mangu da’vatimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.
So‘z mulkida sultonlikni bola sherga –
Lutfiy bo‘lib lutf etgan zot Alisherga.
Samarqandsan – buyuklarga beshik bo‘lgan,
Ma’naviyat dunyosiga eshik bo‘lgan.
Olam ahli aro hamon hayratimsan,
Ona tilim, millatimsan, davlatimsan.
Bobur Mirzo sog‘ingan ul qovunlarday,
Qolib ketding ne-ne dovul quyunlarda.
“Boburnoma”ng jabrnomang bo‘ldi sening,
Har nomang bir sabrnomang bo‘ldi sening.
Avlodlarga mangu meros dastxatimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.
Yoddan chiqmas Qodiriy ham Cho‘lponlaring,
Jonlar berib to‘lab ketgan o‘lponlaring.
Adabiyot yashasa gar – millat yashar,
Millat yashar – Adabiyot yashasa gar.
Avloniysan, Behbudiysan, Fitratimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.
Yangi davru davronimsan desam haqdir,
Bir yuz o‘ttiz to‘rt millatga o‘zing taqdir.
Yangrab ketdi tomirlarim, jonu dilim,
Olam uzra yangraganda ona tilim.
Millatlarni birlashtirgan millatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, davlatimsan.
Har qizing, har bolangni men bolam dedim,
Bolam dedim, bag‘rimdagi lolam dedim.
Ay bolamay, qandu asal tillaringdan,
Tillaringdan aylanayin, tillaringdan!
Bu dunyoda qolar mehru shafqatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.
Davru zamon shiddatlidir – ortga qaytmas,
Inson umri mehnatlidir – sayru gashtmas.
Vatan vatan bo‘lgaymu biz jon chekmasak,
Jondan kechib, zahmatin har on chekmasak.
Yangi azmu shijoatim, shiddatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.
Tasanno deb yozgan edim, yana yozay,
Yonib yozay, kecha-kunduz yonib yozay:
Shavkatli el bu dunyoda davlatlidir,
Davlatli el olam aro shavkatlidir.
Olam uzra yuksak sha’nu shavkatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, davlatimsan.