Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVOIYSHUNOSLIK

navoiyshunoslik_rasmiy
Nazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
Подписчики
6 756
24 часа
44
30 дней
-31
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
557
ER
8,24%
Посты (30д)
47
Символов в посте
494
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 02:25

Куз — Навоий девони. Бедор
Ўқи. Ҳўнгра — қийнаса дардлар.
Қатор-қатор кузги дарахтлар
Даҳо ёзган фожеа байтлар.
Дил тақдирдан қайтишга мойил —
Хазон бўлдим! — (қўллагин, наби!)
Кезинаман боғда Навоий
Тополмаган ёлғиз сўз каби....
Усмон Азим
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 10, 15:11

#Tadqiqot
#223
Қораев Ш. Навоийшунослик:
Алишер Навоийнинг устозлари. – Қарши, “Насаф” нашриёти
,
2026. – 144 б.
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 10, 13:44
Файлы недоступны
5
5
Открыть в Telegram

💖
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga yangi rahbar tayinlandi.
💖
Filologiya fanlari doktori, professor
Asadov Maqsud Husenovich
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori etib tayinlandi.
Maqsud Asadov tayinlovga qadar institut direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
🅰
Yangi rahbar zimmasiga institutning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ustuvor ilmiy yo‘nalish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
🇺🇿
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti jamoasi
Maqsud Asadovni
yangi mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
✏️
Shuningdek, institutga uzoq yillardan buyon rahbarlik qilib kelgan, filologiya fanlari doktori, professor, taniqli tilshunos
Nizomiddin Mahmudovga
institut ravnaqi, o‘zbek tilshunosligi va filologiya ilmi taraqqiyoti yo‘lida olib borgan samarali ishlari hamda munosib xizmatlari uchun cheksiz minnatdorchilik bildirildi.
💖
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Matbuot xizmati.
😎
Bizni kuzatib boring
🎯

September 10, 02:47

#shohbayt
Ikkilikdin voz kechib, bir tusli bo‘l,
Bir ko‘ngil, bir qiblavu bir yuzli bo‘l!
Fariduddin Attor
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 10, 01:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Yangi_nashr
Qarshiyeva A.
“Xazoyinu-l-maoniy”da ma’danlar timsoli. – Qarshi: "Big Makro World" nashriyoti, 2026. – 112 b.
Yangi monografiyamiz nashrdan chiqdi. Unda Alisher Navoiy lirik merosining eng yirik majmualaridan biri bo‘lgan “Xazoyinu-l-maoniy” devonlaridagi qimmatbaho ma’danlar timsolining poetik, semantik, badiiy-estetik va tasavvufiy talqinlari tadqiq etiladi. Ishda oltin, kumush, la’l, yoqut, dur, gavhar, zumrad, feruza, aqiq kabi qimmatbaho ma’dan va javohir nomlarining Navoiy poetik tafakkuridagi o‘rni, ularning obraz sifatidagi imkoniyatlari, ramziy-majoziy talqinlari hamda ishqiy-irfoniy mazmunni ifodalashdagi vazifalari yoritiladi. Qimmatbaho ma’dan va javohir kabilarning adabiy timsol sifatida shakllanishi, ularning mumtoz adabiyotdagi an’anaviy ma’no maydoni hamda Navoiy ijodida kasb etgan individual poetik xususiyatlari tahlil qilinadi.
https://t.me/AzizaHusanovna

September 09, 02:01

#shohbayt
Sen o‘zingdin kech, kamol aslida shul,
Bir yo‘la yo‘q bo‘l, visol aslida shul.
Fariduddin Attor
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 08, 03:47

#shohbayt
Pok gavharki, bo‘ldi pokshior,
Shohlar boshi ustida yeri bor.
Alisher Navoiy
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 07, 14:10

#shohbayt
Garchi anga loyiq emas toatim,
Bo‘lmasun onsiz esa bir soatim.
"Hayratu-l-abror"dan.
https://t.me/Navoiyshunoslik_Alisher_Navoiy

September 07, 03:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mutolaa
Mahvashimning husnig'a barkash qilurg'a har kecha,
Tongg'a tegru charx oy birla tarozu keltirur.
Alisher Navoiy
O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarida, xususan, xalq dostonlarida ma'shuqaning jamolini ko'rish uchun ko'rmana berish odati uchraydi. Jumladan, "Ravshan" dostonida Ravshanbek Zulxumorning husnini koʻrish maqsadida qo'lidagi qimmatbaho uzugini hadya qiladi. Yuqoridagi baytda ham mana shu odatga ishorani ilg'ash qiyin emas. Oy sifatli, go'zal yorimning husnini ko'rish umidida tongga qadar charx oyni taroziga tortib, unga tortiq qilaveradi, deya lirik qahramon tasavvurimizda yorqin bir manzarani ham jonlantiradi. Ya'ni, oy tonggacha kamaya-kamaya oxiri yengilgina bo'lib qoladi. Taroziga qo'yilganda tarozining og'ir pallasi bosib, yengillashgan oy uchib ketib qoladi. Va tong yorishadi. Badiiy tasvirning tabiiyligi, quyuqligi, ishonarliligi o'quvchida estetik zavq paydo qiladi.
Maqsud Asadov, "Tafakkur va tasavvur", — B.119-120.
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

September 06, 12:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tadqiqot
Samarqandda yozilgan g‘azal
Turkiy xalqlar osmonining so‘nmas quyoshi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy Movarounnahrning markazi bo‘lmish Samarqandni jannatlarga tenglashtirib, “Samarqandi firdavsmonand” deb ataydi. Uning tasavvurida Samarqand – jannat, atrofidagi ariqlar ham jannat ariqlari. Rudi Ko‘hak (Zarafshon daryosi)ning suvi asal bilan tengdir. Bu suv bemorni davolaydi. Undan butun Samarqand vodiysi bah­ramand bo‘ladi. Samarqanddagi Ko‘hak (Cho‘ponota tepaligi) jahon xazinasining tilsimotidir. Undagi hatto “ushoq toshlar” ham “la’l-u inju” bilan tengdir, o‘t-o‘lanlarning yam-yashil rangi moviy osmonni eslatadi.
🔗
batafsil
“Yoshlik” / 2024/ 11

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Veb-sayt

Facebook