
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
G-LAMP International Workshop:
Recent Research in Artificial Intelligence-Mathematics, Statistics, and Chemistry
New Uzbekistan University, in collaboration with Soongsil University, is organising the
2026 G-LAMP International Workshop
for researchers, faculty members, and master’s and doctoral students working at the intersection of artificial intelligence, mathematics, statistics, and chemistry.
The three-day workshop will bring together scholars from Korea, China, and Uzbekistan.
The programme will feature lectures and practical sessions on the analysis of omics data using deep learning methods, statistics in non-Euclidean spaces, game-theoretic approaches to partial differential equations, machine learning for materials discovery, and the application of artificial intelligence to pure mathematics research.
📌
The workshop will take place at New Uzbekistan University from October 2 to 4, 2026.
🔗
Registration
🔗
Workshop Programme
The workshop is expected to feature speakers from
Soongsil University, Seoul National University, Peking University,
and other institutions.
The event is designed for researchers, faculty members, and master’s and doctoral students interested in artificial intelligence, mathematics, statistics, and chemistry.
🔁
Uzbek
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Our Social Media:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
🎓
85% ilmiy salohiyat -mintaqadagi eng kuchli akademik jamoalardan biri
“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk professor-o‘qituvchilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda universitetimizda
100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi
faoliyat yuritmoqda. Ularning
60 nafardan ziyodi qariyb 20
mamlakatdan jalb etilgan xalqaro mutaxassislardir.
Joriy o‘quv yilida jamoamiz safiga qo‘shilgan professorlar
Massachusets texnologiya instituti, Kaliforniya universitetining Berkli kampusi, Pensilvaniya universiteti, Kornell universiteti va Vashington universiteti
kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan hamda faoliyat yuritgan.
Professor-o‘qituvchilarimizning qariyb
85 foizi yuqori ilmiy salohiyatga ega
. Boy xalqaro tajriba, chuqur bilim va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilish universitetimiz akademik jamoasini mintaqadagi eng kuchli jamoalardan biriga aylantirmoqda.
Barcha professor-o‘qituvchilarimizni ularning ikkinchi uyi —
“Yangi O‘zbekiston”
universitetida yana bir bor samimiy qutlaymiz hamda 2026/2027-o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
🎓
“Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura talabalari uchun Tanishtiruv kuni
Hurmatli 1-bosqich magistratura talabalari!
Sizlarni “Yangi O‘zbekiston” universitetida
18-sentabr
kuni bo‘lib o‘tadigan
Tanishtiruv kuniga
taklif qilamiz.
Tanishtiruv kuni universitetning ta’lim va ilmiy muhiti, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari hamda magistratura bosqichidagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun tashkil etiladi.
Tadbir davomida siz universitet jamoasi bilan tanishib, yangi o‘quv yilini boshlash uchun zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Barcha 1-bosqich magistratura talabalarini Tanishtiruv kunida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📩
Muhim eslatma:
Magistratura talabalari uchun o‘quv jarayoni
21-sentabrdan
boshlanadi. Tanishtiruv kuni dasturi, qo‘shimcha ma’lumotlar va keyingi xabarnomalar elektron pochta orqali yuboriladi. Shu sababli elektron pochtangizni muntazam tekshirib borishingizni so‘raymiz.
📅
18
sentabr
📍
“Yangi O‘zbekiston”
universiteti
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
🎓
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi jadal davom etmoqda!
Tanishtiruv haftaligi davomida birinchi bosqich talabalari universitetning ta’lim muhiti, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular universitet jamoasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, mahorat darslari va sport o‘yinlarida faol ishtirok etmoqda.
Bugun yangi talabalarimiz bilan suhbatlashib, ularning universitet haqidagi ilk taassurotlari, nima uchun aynan shu ta’lim yo‘nalishini tanlagani va talabalik hayotidan nimalarni kutayotgani haqida so‘radik.
Ularning samimiy fikr va taassurotlarini ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin!
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!
Universitetimizga ilk bor qadam qo‘yayotgan talabalar- universitetimizning katta va ahil jamoasiga xush kelibsiz! Bugundan hayotingizning bilim, izlanish va muhim qarorlarga boy yangi bosqichi boshlanmoqda. Bu yillar davomida siz nafaqat tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki mustaqil fikrlashni, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishni va g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishni ham o‘rganasiz.
Ta’limini davom ettirayotgan talabalarimizni universitetga qaytganlari bilan qutlaymiz. Siz orttirgan tajriba, erishgan natijalar va ilgari surayotgan tashabbuslar universitetimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Yangi o‘quv yili siz uchun yangi maqsadlar, ilmiy izlanishlar va yanada yuksak marralar sari muhim qadam bo‘lsin.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti sizga sifatli ta’lim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro tajriba orttirish va tashabbuslaringizni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sizning bilimingiz, salohiyatingiz va yutuqlaringiz
-
Yangi O‘zbekiston kelajagini bunyod etuvchi muhim kuchdir. Ishonamizki, siz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladigan bilimli, fidoyi va mas’uliyatli mutaxassislar bo‘lib yetishasiz.
Barchangizga yangi o‘quv yilida kuch-g‘ayrat, ilhom, yangi bilimlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Universitetda o‘tkazgan har bir kuningiz kelajagingiz va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sari tashlangan mazmunli qadamga aylansin!
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi boshlandi
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida 1-bosqich talabalari uchun
Tanishtiruv haftaligi
boshlandi.
Tanishtiruv haftaligining asosiy maqsadi yangi talabalarni universitetning akademik muhiti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning yangi muhitga moslashishiga ko‘maklashishdan iborat.
Haftalikning ilk kunida talabalar universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda universitetning asosiy departament va bo‘limlari vakillari bilan tanishdilar.
Dastur davomida talabalar universitetning asosiy tuzilmalari, mavjud imkoniyatlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari bilan yaqindan tanishib, turli masalalarda tegishli yordam va ko‘mak olish imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida IDROCK akseleratsiya dasturi davom etmoqda!
IDROCK akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining loyihalariga bag‘ishlangan ruknimizni davom ettiramiz.
Ushbu rukn orqali dastur ishtirokchilari o‘z startaplarining asosiy g‘oyasi, taklif etayotgan yechimi, maqsadi va rivojlanish istiqbollari haqida qisqa va lo‘nda hikoya qiladi. Har bir ishtirokchiga o‘z loyihasini taqdim etish uchun 30 soniya beriladi.
Bugungi videoda navbatdagi ishtirokchi o‘z startapi qanday muammoni hal qilishga qaratilgani, ushbu muammo uchun qanday innovatsion yechim taklif etayotgani hamda loyiha kelajakda qanday natijalarga erishishni maqsad qilgani haqida so‘zlab beradi.
Eslatib o‘tamiz,
IDROCK akseleratsiya dasturi
“Yangi O‘zbekiston”
universiteti,
“SQB-Ventures”, “TuronBank”
va
“Hayot Bank”
hamkorligida tashkil etilgan. Dasturga saralangan ishtirokchilar 12 hafta davomida tajribali mentorlar va soha ekspertlari bilan birgalikda o‘z startap g‘oyalarini rivojlantirish, ularni barqaror biznes modeliga aylantirish hamda bozorga olib chiqish ustida faol ishlamoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar va mentorlik uchrashuvlari davomida ishtirokchilar biznes modellarini shakllantirish va takomillashtirish, mahsulot hamda xizmatlarini rivojlantirish, maqsadli auditoriyani aniqlash, bozor va raqobatchilarni o‘rganish, marketing va savdo strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, ular investorlar bilan samarali muloqot qilish va o‘z loyihalarini professional tarzda taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi”ga saralashning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tashkil etilgan
“Rektorlar maktabi”
dasturiga nomzodlarni saralash jarayonining uchinchi bosqichi o‘tkazildi.
Psixologik baholash jarayonida nomzodlarning rahbarlik faoliyati uchun muhim bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlari, xususan, boshqaruvdagi ishonchlilik, bilim va o‘zgarishlarga ochiqlik hamda stressga chidamlilik darajasi o‘rganildi.
Baholash nomzodlarning mas’uliyatlilik va o‘zini boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, shuningdek, yuqori bosim sharoitida emotsional barqarorlikni saqlash kabi kompetensiyalarini aniqlashga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz,
“Rektorlar maktabi” dasturi oliy ta’lim muassasalari uchun zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini egallagan, strategik fikrlash va liderlik ko‘nikmalariga ega istiqbolli rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Dastur doirasida ishtirokchilarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va samarali tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Saralash jarayoni belgilangan mezonlar asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul
“Yangi O‘zbekiston” universiteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul jarayoni boshlanishini ma’lum qiladi.
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot loyihasini taqdim etishlari va himoya qilishlari lozim. Tadqiqot loyihasini tayyorlash, taqdim etish va baholash mezonlari tegishli uslubiy ko‘rsatmalar asosida belgilanadi.
Qabul kvotalari, ustuvor ilmiy ixtisosliklar ro‘yxati, PhD va DSc darajalari uchun tadqiqot loyihasi taqdimoti namunalari hamda ularga qo‘yiladigan talablar bilan quyidagi
havola orqali
tanishish mumkin.
Yuqori ilmiy natijalarga erishgan tayanch doktorantlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida uch oygacha ilmiy amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi.
Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan qoplanadi.
Bakalavriat va/yoki magistratura bosqichidagi ta’limni to‘liq ingliz tilida tamomlagan talabgorlardan, buni tasdiqlovchi tegishli hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: joriy yilning
15-sentabridan 15-oktabriga
qadar.
Arizalar
daraja.ilmiy.uz
elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook