Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

newuzbekistanuniversity
The official channel of New Uzbekistan University Website: newuu.uz Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity Contact bot: @newuucontact_bot Contact: 71 2024111
Подписчики
10 748
24 часа
-1
30 дней
23
Просмотры
4 833
ER
44,97%
Посты (30д)
12
Символов в посте
877
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 15:04
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

“Eldridge Industries” hammuassisi Todd Boeli “Yangi O‘zbekiston” universitetida
“Eldridge Industries” hammuassisi, raisi va bosh direktori
Todd Boeli
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Obid Hakimov
mehmonni yangi kampus, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.
Janob Todd Boeli universitet konsepsiyasi, ta’lim muhiti hamda xalqaro standartlarga mos imkoniyatlarni yuqori baholadi.
Mazkur tashrif universitetning
xalqaro biznes
va
investitsiya vakillari
bilan aloqalarini mustahkamlash hamda istiqbolli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 21, 09:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi TEKNOFEST–2026 xalqaro texnologiyalar festivalida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
🇺🇿
2026-yil sentabr–oktabr oylarida Turkiyada bo‘lib o‘tgan festival doirasidagi yadro energetikasi texnologiyalari tanlovida universitet jamoasi o‘zining
“AEGIS-40” kichik modulli yadro reaktori loyihasi
bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
125 MVt issiqlik va 40 MVt elektr quvvatiga ega bo‘lgan mazkur innovatsion loyiha elektr energiyasi, issiqlik va vodorod ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Ushbu yutuq universitet talabalarining yuqori ilmiy-texnik salohiyati va innovatsion imkoniyatlarini xalqaro miqyosda namoyon etdi.
Loyiha taqdimotida Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri
Alparslan Bayraktar
hamda TEKNOFEST direktorlar kengashi raisi
Selchuk Bayraktar
ishtirok etdi.
Jamoamizni muborakbod etamiz va yangi zafarlar tilaymiz!
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 13, 15:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Obid Xakimov “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Xakimov Obid Arzikulovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimlariga tayinlandi.
Yangi lavozimda Obid Arzikulovich Xakimov universitetning yetakchi xorijiy oliygohlar bilan hamkorligini kengaytirish, ta’lim jarayonlarini sanoat bilan uzviy bog‘lash hamda ilmiy laboratoriyalar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga asosiy e’tiborni qaratadi.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 03, 10:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston” universitetining yangi kampusi “O‘zbekiston 24” nigohida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning universitetimizga tashrifi davomida tasvirga olingan reportajda yangi kampusda ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yoritildi.
Zamonaviy laboratoriyalar,
Bloomberg Lab va Apple Lab, ADM Global, Uzum, Octobank, TBC, Aloqabank, Asterium, Uzcard bilan hamkorlikdagi o‘quv xonalari, shuningdek, O‘zbekiston yosh iqtisodchilar hamjamiyati (YESU)
uchun ajratilgan makon talabalar bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashiga xizmat qiladi.
Reportajda universitet rektori ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanoat bilan hamkorlik haqida so‘z yuritadi. Xalqaro hamkorlar va sanoat vakillari ham o‘z fikrlarini bildiradi.
Batafsil — “O‘zbekiston 24” reportajida.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 02, 14:33
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt va fundamental fanlarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy seminar boshlandi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Koreya Respublikasining
Soongsil universiteti
bilan hamkorlikda
G-LAMP
xalqaro ilmiy seminariga mezbonlik qilmoqda. Ilmiy seminarda O‘zbekiston, Koreya Respublikasi va Xitoy olimlari sun’iy intellekt, matematika, statistika va kimyo yo‘nalishlaridagi zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilish uchun jam bo‘ldi.
Seminarning ochilish marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon, Soongsil universiteti vitse-prezidenti Jang Kyong Nam hamda Tabiiy fanlar kolleji dekani Kang Vikyong ishtirok etdi.
Seminarda Koreya Respublikasidan
11 nafar professor va tadqiqotchi
, Xitoyning Sichuan universitetidan
2 nafar professor
, shuningdek, O‘zbekistondan
70 nafardan ortiq tadqiqotchi, yosh olim va professor
qatnashmoqda.
Ilmiy sessiyalarda sun’iy intellektning fundamental fanlar bilan uzviy bog‘liqligi, chuqur o‘rganish usullarining biologik ma’lumotlar va tasvirlar tahlilida qo‘llanilishi, shuningdek, zamonaviy matematik va statistik yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
4-oktabrga qadar
davom etadigan seminar olimlar uchun tadqiqot natijalarini taqdim etish, tajriba almashish va kelgusidagi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish imkonini yaratmoqda. Yakuniy kundagi maxsus sessiya sof matematik tadqiqotlarda sun’iy intellektning o‘rniga bag‘ishlanadi hamda unda universitetimiz olimlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadi.
Mazkur seminar “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro ilmiy muloqot maydoni sifatidagi faoliyatini kengaytirib, yangi tadqiqot g‘oyalari va akademik hamkorliklar uchun zamin yaratmoqda.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 02, 03:45
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🎓
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun Garvard universitetidan yangi imkoniyatlar
2026-yil iyul oyida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va
Garvard universiteti Ta’lim oliy maktabi (Harvard Graduate School of Education)
o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan edi.
Mazkur hamkorlik doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun Garvard universiteti Ta’lim oliy maktabining qabul bo‘yicha vakili ishtirokida maxsus amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talabalar Garvard universitetining magistratura dasturlariga hujjat topshirish jarayoni, qabul talablari, nomzodlarni baholash mezonlari hamda hujjatlarni to‘g‘ri va samarali tayyorlash bo‘yicha bevosita ma’lumot oldilar.
Shuningdek, xorijda ta’limni davom ettirish uchun akademik tayyorgarlik, shaxsiy rivojlanish va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bu kabi uchrashuvlar “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun
dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olish va xalqaro akademik muhitga kirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti xalqaro hamkorliklarni izchil rivojlantirib, talabalar uchun dunyoning nufuzli universitetlari bilan bevosita muloqot qilish, xalqaro tajriba orttirish va ta’limni xorijda davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi.
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 01, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 01, 06:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni muborak
bo’lsin!
Bugun biz nafaqat bilim beradigan, balki mustaqil fikrlashni shakllantiradigan, rivojlanishga ilhomlantiradigan va yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadigan ustozlarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, ilhom, kasbiy muvaffaqiyatlar va minnatdor shogirdlar tilaymiz.
Ta’lim kelajagiga qo‘shayotgan hissangiz, mehnatingiz va kasbingizga bo‘lgan fidoyiligingiz uchun tashakkur!
🔁
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 30, 13:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi.
—
Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 30, 10:36
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan
koʻrgazma
bilan tanishdi.
—
В преддверии Дня учителей и наставников Президент Шавкат Мирзиёев посетил Университет «Новый Узбекистан» и ознакомился
с выставкой,
посвященной реформам и дальнейшим планам в сфере образования.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#talim
#kurgazma
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X