Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nodavlat oliygohlar

nodavlat_oliygohlar
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumot berib boruvchi telegram kanali Murojaat: @Talimgaoid_admin
Subscribers
32 314
24 hours
-363
30 days
-4 178
Unusual 24 hours drop
Post views
6 230
ER
19,28%
Posts (30d)
53
Characters in post
941
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 08, 10:43
Media unavailable
1
Show in Telegram


Davlat oliygohlari ham xususiylashtiriladi
Yirik davlat oliy ta’lim muassasalari
va respublika ixtisoslashgan
tibbiyot markazlari
faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi.
Bunda
davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi
saqlab qolinadi. Oliy taʼlim muassasalarida esa korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
Mazkur reja O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ham kiritib ketilgan.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

September 08, 08:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

📹
Kontrakt.edu.uz
sayti orqali shartnoma rasmiylashtirish uchun videqoʻllanma.
- Qo'llanmadan foydalaning, ariza yuboring, shartnomangizni oling.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

September 04, 12:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?

Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:
Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.
Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.
Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim.
Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.

Oʻqishga kirolmaganlar uchun:
Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu
5 ta yoʻnalishdan istalganiga
super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi.

Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun:
Siz masalan
3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz
, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz,
na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz.
Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina
1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin.
Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

September 04, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!
Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida
qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🚀
Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
🎓
30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari
💰
Kontrakt narxlari
11 mln so‘m
dan boshlanadi
📌
Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
📲
+998 55 588 33 81

September 03, 12:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨‍💻
Abituriyentlar natijalarini
my.uzbmb.uz
saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

September 02, 13:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining
magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha
my.edu.uz
elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
)
orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar
natijalarni
my.edu.uz
elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan
bilishlari mumkin.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

September 01, 12:43
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
1-sentabrdan doktorantlar stipendiyasi qancha bo‘ladi?
2026 yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Yangi miqdorlar:
▶️
Stajyor-tadqiqotchi — 6 473 600 so‘m
◀️
Tayanch doktorant (PhD) — 7 312 720 so‘m
▶️
Doktorant (DSc) — 9 343 200 so‘m
❗️
2027 yildan esa yangi tartib
PF–98-son Farmonga muvofiq, 2027-yilda
ustuvor ilmiy ixtisosliklarga
qabul qilingan
1-kurs doktorantlariga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari to‘lanadi
:
◀️
Tayanch doktorantura (PhD) — 12 431 624 so‘m
◀️
Doktorantura (DSc) — 15 883 440 so‘m
1,7 baravar oshirilgan stipendiya
stajyor-tadqiqotchilarga tatbiq etilmaydi
. Shuningdek, bu oshirish avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga emas, 2027-yilda ustuvor ixtisosliklarga yangi qabul qilinganlarga mo‘ljallangan.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

August 28, 07:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi
2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi
31 808 ta vakant o‘rinlarga
qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish
22-avgustdan 28-avgustga qadar
(shu kuni ham) davom etadi.
Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun
my.uzbmb.uz
saytining shaxsiy kabinetidagi
“Vakant o‘rinlar uchun ariza berish”
bo‘limidan
foydalanish kerak
.

Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib,
kamida 56,7 ball
to‘plagan, biroq
talabalikka tavsiya etilmagan
abituriyentlar qatnashishi mumkin.
Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda
oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli —
kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan birini tanlash imkoniyati mavjud.
📝
Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng
bir hafta ichida
e’lon qilinadi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

August 28, 06:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

📣
MUHIM E’LON!
🎓
Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL!
Xalqaro imtihon va sertifikatlardan belgilangan minimal natijaga ega abituriyentlar kirish
imtihonisiz qabul
qilinadi
.
Sertifikatga ega bo’lmagan abituriyentlar uchun
29-avgust so’nggi
kirish test sinovlari
bo’lib o’tadi.

Ta’lim dasturini tamomlagan bitiruvchilarga O’zbekiston hamda Turkiyaning
davlat namunasidagi diplomi beriladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling.
📩
@tdxuqabul
📲
+998-71-230-74-74

August 26, 17:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!
Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:
1⃣
Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga
qoʻngʻiroq qiling
va qachon borishingiz mumkinligini
soʻrang
;
2⃣
Oliygoh rasmiylari
aytgan sanada
pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan
boring.
3⃣
U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan
fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.
4⃣
Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting.
(Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)
5⃣
Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “
Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring
” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan
aloqa xati
yuboriladi.
6⃣
Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib,
talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz
va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi.
(Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)
7⃣
Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz
, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi.
Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.
8⃣
Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.
9⃣
Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.
🔟
Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.
💲
Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.
➡️
Muhim xabar:
Siz oliygohga muddatidan avval shoshilib borib olmang, "menga qoʻngʻiroq qilishadi" deb ham kutmang. Eng ma'quli oliygoh raqamini topib qoʻngʻiroq qiling va mas'ullar aytgan sanada tashrif buyuring.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi