
Nodavlat oliygohlar
⚡️
Ta’lim va ilm-fan vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oşirildi
Vazirning tegişli buyruqlari bilan:
▶️
Fayziyev Farruxjon Nematillayeviç
— Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği;
▶️
Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinoviç
— Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği;
▶️
Ğaybullayev Farrux Yuldaşeviç
— Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği;
▶️
Nematov Inatillo Ubaydullayeviç
— vazirlikning Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
–
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich
— vazirning birinchi o‘rinbosari. Ilgari “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori bo‘lgan.
–
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna
— vazir o‘rinbosari. Avval Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
–
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li
— vazir o‘rinbosari. Bungacha Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori bo‘lgan.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan qarorga koʻra,
465 turdagi pedagogik faoliyat bilan bogʻliq deb topilgan lavozimlar roʻyxati.
Ushbu lavozimda ishlovchi pedagoglarning oliy ta'limda tahsil olayotgan
har bir farzandiga
oʻqishni tamomlaguniga qadar
har oʻquv yilida 30% kontrakt chegirmasi
beriladi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Rasman: Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi
Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning
30 foizi
qoplab berilishi mumkin.
🔹
Imtiyoz davlat OTMlarida
bakalavriat kunduzgi
ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.
🔹
Ariza
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali yuboriladi va
2 ish kunida
ko‘rib chiqiladi.
🔹
Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma
har biriga alohida
qo‘llanadi.
🔹
Imtiyoz har o‘quv yili uchun
bir marta
beriladi.
Kimlarga berilmaydi:
nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 17-sentabrdagi 501-son
qarori.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
❓
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi?
Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?
🎥
Batafsil yuqoridagi videoda
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
📹
15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlari farzandlarining kontraktiga beriladigan
30 foizlik subsidiya uchun ariza yuborish
bo'yicha videoqo'llanma.
Ariza staji bor ota yoki ona nomidan videoda ko'rsatilgan ketma-ketlikda yuboriladi. Agar hemis haqida qizil yozuvda xabar chiqsa demak talaba
kontrakt.edu.uz
dan shartnomaga ariza yubormagan, avval ariza yuborib shartnomani olib keyin
my.gov.uz
orqali subsidiyaga ariza beriladi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Rasman: Xorijiy va nodavlat oliygoh talabalari uchun davlat grantiga arizalar qabuli boshlandi
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi
PF-58-son Farmoni
bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
📆
Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham)
my.uzbmb.uz
sayti orqali qabul qilinadi
.
👥
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
🎓
Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov qanday o‘tkaziladi?
📝
Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
☑️
Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.
🗓️
Davlat grantlari
belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.
‼️
Muhim!
Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant
butun o‘qish davri uchun
ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.
📌
Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz,
17-oktabr kuni yakuniga qadar
my.uzbmb.uz
platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Rasman: Erkinjon Turdimov Ta'lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan
Ta'lim va ilm-fan vaziri etib tayinladi.
Erkinjon Turdimov
1991—1995-yillarda «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxassisi, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Erkinjon Turdimov
2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2018—2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlagan. 2025-yil yanvarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan va
bugun 10-oktyabr hokim lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Turdimov 2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 2024-yilda Fidokorona mehnatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi
📄
Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida
15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining
farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori
BHMning 15 baravari
(6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
✔️
Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.
Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:
▶️
Subsidiya uchun arizalar
yil davomida
har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;
▶️
Subsidiya
davlat va nodavlat oliygohi
talabalariga toʻlanadi;
▶️
Subsidiya
bakalavriatdagi talabalar uchun
ajratilgan;
▶️
Subsidiya
har bir farzand uchun
kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;
▶️
Subsidiya talaba
oʻqishni tamomlaguncha
(yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.
▶️
Subsidiya
super-kontrakt uchun ham amal qiladi
.
▶️
Subsidiya
oliygoh hisob raqamiga
tushadi;
▶️
Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan
subsidiya qaytarilmaydi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi
“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori
(PQ–359-son, 02.10.2026-y.)
qabul qilindi.
🔰
Qarorga ko‘ra,
Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali
tashkil etiladi.
🏫
Ta’lim jarayoni
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlanadi.
🌐
Ta’lim
o‘zbek, xitoy yoki ingliz
tillarida olib boriladi.
📚
O‘qish
kunduzgi va muqobil ta’lim
shakllarida tashkil etiladi.
🎓
2030/2031-o‘quv yiliga qadar
o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
💰
2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining
30 foizi
davlat granti asosida shakllantiriladi.
🤝
Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan,
dual ta’lim
asosida yo‘lga qo‘yiladi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi