
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan grant imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
❗️
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📆
Ma’lumki, 2026-yil
24–26-oktyabr
kunlari barcha hududlarda
ona tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✅
Ushbu imtihon uchun test materiallari
amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
tayyorlangan.
📝
Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim.
📌
Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo
6 oydan so‘ng
kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda
yangi alifbodan emas,
amaldagi alifbodan foydalaniladi
.
📝
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi!
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
❗️
Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🆔
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha
milliy sertifikat imtihonlariga
ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
my.gov.uz
orqali amalga oshiriladi.
💼
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
‼️
Eslatib o‘tamiz
:
✅
Imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi;
✅
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://my.gov.uz
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
"Endi birorta maktab direktori yiğilişga çaqirilmaydi" — Ta’lim va ilm-fan vaziri
"Endi birorta maktab direktori yiğilişga çaqirilmaydi. Barcha tuman hokimlariga yetkazinglar, çaqirmoqçi bölsa birinçi vazirlikdan ruxsat söraydi", — Erkinjon Turdimov.
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
❗️
Milliy sertifikat oliş imtihonlari uçun röyxatdan ötişdagi özgarişlar yuzasidan senator sörovi yuborildi
Milliy sertifikat oliş imtihonlari taʼlim tizimida pedagoglar va mutaxassislarning bilim va malakasini baholaşning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Şu bois mazkur imtihonlarda iştirok etiş uçun yaratilgan şart-şaroit, xususan, röyxatdan ötiş jarayonining oçiqligi va talabgorlar uçun teng imkoniyatlarning taʼminlanişi alohida ahamiyatga ega.
Milliy sertifikat oliş imtihonlariga röyxatdan ötiş
ayrim hududlarda juda qisqa vaqt içida yopilib qolgani
ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar, pedagoglar va boşqa talabgorlarning eʼtirozlariga sabab bölmoqda.
Xususan röyxatdan ötişda nafaqat ariza topşirişning umumiy muddati, balki talabgor tanlagan hudud uçun ajratilgan örinlar soni ham hal qiluvçi ahamiyatga ega. Çunki umumiy muddat hali yakunlanmagan bölsa-da, muayyan hudud uçun ajratilgan örinlar tölib qolgan taqdirda,
uşbu hududda boşqa talabgorlar röyxatdan ötolmasligiga olib keladi.
Keng jamoatçilikda bunday amaliyot örinlar soni qanday mezonlar asosida belgilanayotgani, uşbu mezonlar real talabni qançalik aks ettirayotgani va talabgorlarning imtihonda qatnaşiş imkoniyatlari teng taʼminlanayotgani yoki aksinça taʼminlanmayotgani haqida örinli savollarni keltirib çiqarmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu mavzu keng muhokamalarga sabab bölganligini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi K. Tursunov
Bilim va malakalarni baholaş agentligi direktori M.Karimovga senator sörovi bilan
murojaat qildi.
Senator hudud va fanlar kesimida örinlar ajratişda qanday mezonlar qöllanilişi hamda röyxatdan ötiş jarayonida örinlar mavjudligi töğrisidagi maʼlumotlar
oçiqligini taʼminlaş böyiça köriladigan texnik va taşkiliy çoralar yuzasidan
tuşuntirişlar berişni söragan.
Bundan taşqari, har bir hudud uçun örinlar sonini belgilaşda potensial talabgorlar soni hisobga olinişi, başarti bir hududda ajratilgan örinlar tölganda, boşqa hududlarda esa böş örinlar mavjud bölgan taqdirda, uşbu örinlarni talab yuqori bölgan hududlarga
qayta taqsimlaş imkoniyati bor yoki yöqligiga aniqlik kiritiş,
şuningdek, qöşimça örinlar yoki qöşimça imtihonlar taşkil etiş hamda imtihonlar qamrovini kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida
asoslantirilgan javob beriş ham nazarda tutilgan.
Eslatib ötamiz, mazkur senator söroviga javob qonunda belgilangan tartibda
10 kun içida beriladi.
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
Prezident kitobxon oilaga va yozuvçi yigitga uy sovğa qildi
Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumani Çim mahallasiga taşrifi davomida yozuvçi Javlon Jovliyev hamda kitobxon oilaga Toşkentdan 2 xonalik uy sovğa qildi.
🎓
@talimxabarlariuz_live
🎓
CHET ELDA O‘QISHNI XOHLAYSIZMI?
🌍
✈️
🇬🇧
ANGLIYA
🇺🇸
AMERIKA
🇪🇺
YEVROPA
🇸🇬
SINGAPUR
🇰🇷
JANUBIY KOREYA
Orzuingizdagi davlatda talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Biz sizga o‘qishga kirish yo‘lida yordam beramiz!
🎯
☑
Sizga mos davlat va universitetni tanlash
☑
Hujjat topshirish jarayonida ko‘mak
☑
O‘qishga kirish bo‘yicha maslahat
🔥
BIZNING ENG KATTA AFZALLIGIMIZ!
💥
XIZMAT HAQI — NATIJADAN KEYIN!
🤝
Ha, aynan shunday! Bizda xizmat haqi natijadan keyin olinadi.
🎥
VIDEONI OXIRIGACHA KO‘RING!
Balki siz orzu qilgan davlat ham shu videoda bordir.
📞
BATAFSIL MA’LUMOT VA MASLAHAT UCHUN HOZIROQ BOG‘LANING!
☎️
71 200 06 77
📲
Telegram:
@opal_adminn
Website
https://opal-education.uz/apply/
🚀
Orzularingizni rejalarga, rejalaringizni esa natijalarga aylantiring!
Kecha
tayinlovi
haqida yozganimiz
— Ta’lim va ilm-fan vazirining yangi birinchi o‘rinbosari Oybek Yo‘ldoshev haqida
Aytishlaricha, u Fanlar akademiyasining marhum prezidenti,
akademik Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshevning o‘g‘li
, ona tomondan esa G‘afur G‘ulomning nevarasi — adibning qizi
Toshxon G‘ofurovna Yo‘ldosheva (G‘ulomova)
ning farzandi.
Bir kanal esa DJ pulti ortidagi kishini ham «yangi birinchi o‘rinbosarimiz shu kishi» deb video
chiqaribdi.
Aynan o‘zimi yoki o‘xshash odammi — bunisi hozircha noma’lum.
Bu aynan uning o‘zi ekani hozircha tasdiqlanmagan. Agar u bo‘lsa ham, buning yomon joyi yo‘q. Xorijda ham rahbarlarning
musiqaga, san’atga yoki boshqa ijodiy mashg‘ulotlarga qiziqishi
odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Aksincha, san’at va musiqaga oshno odamdan yomonlik chiqmaydi, deyishadi-ku!
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm
⚡️
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi
📌
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 21-oktyabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat rahbari
lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid
qonunni imzolaganini ma’lum qildi.
qildi.
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!, - deya yozadi Saida Mirziyoyeva
Ma'lumot uçun, eski alifbodagi matnlarni
@yozuvbot
orqali yangi alifboga oson özgartiriş mumkin.
🏛
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlar:
👉
@nodavlat_otm