
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
❗️
B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi
📄
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan
‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’
gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga
qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandiga yangi norma kiritilishi taklif etilmoqda.
📌
Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda
bekor qilinadi.
📑
Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi
milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab
bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.
Loyiha
2026-yil 12-avgustga qadar
jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
#Qabul2026
#Abituriyent2026
📣
Abituriyentlar diqqatiga!
🎥
Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan
videoqo'llanma
bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada
abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️
Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
✔
@mandat_javobbot
orqali qaysi oliygohda
qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari
bilan tanishish mumkin.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
👉
👉
👉
👉
👉
👉
🛡️
Orzular bilan xayrlashishga shoshilmang!
Erishgan natijalaringiz siz o‘ylagandan ham ko‘proq qiymat bersa-chi?
75 ball bilan University of Business and Science taklif etayotgan 49 ta bakalavriat yo‘nalishidan birini tanlashingiz va kirish imtihonisiz talaba bo‘lishingiz mumkin.
Xalqaro akkreditatsiyaga ega UBS diplomi Yevroosiyoning 70 ta davlatida tan olinib, nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham karyera qurish imkoniyatini beradi.
📃
Hujjatlaringizni
qabul.ubsu.uz
orqali onlayn topshirishga shoshiling, kvotalar soni cheklangan!
Diplomi 70 ta davlatda tan olinadigan
UBS universiteti talabasi bo'lishga shoshiling
!
Murojaat uchun:
+998555202626 yoki
@ubsuzbekistan_bot
💎
qabul ofislari
💎
Litsenziya
(№ 1008764)
Rasmiy sahifalar:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
❗️
O‘qishni nodavlat oliygohga ko‘chirishdagi talablar yengillashtirilishi kutilmoqda
O‘qishni ko‘chirish tartibi Prezidentning 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son
qarori
asosida amalga oshiriladi.
Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga
o‘qishni ko‘chirish faqat quyidagi ikki holatda mumkin:
✔️
talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududidagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
✔️
davlat xizmatchisi xizmat yuzasidan boshqa hududga ko‘chirilganda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududdagi OTMga ko‘chirish zarur bo‘lsa.
📌
Xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda talabgor mos va turdosh yo‘nalish bo‘yicha test yoki ijodiy imtihon topshiradi. Belgilangan o‘tish balini to‘play olmaganlarga
super-kontrakt asosida
o‘qishni davom ettirish imkoniyati beriladi. Mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga esa o‘qishni ko‘chirishga
ruxsat berilmaydi.
2026-yilgi xorijiy va nodavlat
oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus
sinovlarning oʻtish ballari
.
➡️
O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda
ham mos va turdosh yo‘nalishlar uchun test yoki ijodiy imtihon topshiriladi. Mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga esa
bir martalik super-kontrakt to‘lash
orqali imtihonsiz ko‘chirish mumkin.
Joriy yilgi turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
🎓
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-son
qaroriga
ko‘ra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy), qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish hamda bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish
davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida
amalga oshiriladi.
Ya’ni, davlat oliygohidan nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirishda ham ikki asos (oila qurish yoki davlat xizmatchisining xizmat joyi o‘zgarishi) talab etiladi;
➖
nodavlat OTMdan boshqa nodavlat OTMga o‘tishda ham ayni shu talablar amal qiladi;
➖
xorijdagi OTMdan nodavlat OTMga test sinovlari asosida o‘qishni ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning
yozishicha
, mas’ullar ushbu tartibning ayrim bandlarini soddalashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar tayyorlanayotganini ma’lum qilgan.
Kutilayotgan yengilliklar:
➡️
Davlat oliygohidan nodavlatga —
bunda mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida o‘qiyotgan talabani o‘ziga qabul qilishi mumkinligini o‘zi belgilaydi;
➡️
Nodavlat oliygohidan nodavlatga —
bunda ham mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boshqa nodavlat oliygohida o‘qiyotgan talabani o‘ziga qabul qilishi mumkinligini o‘zi belgilaydi;
➡️
Xorijdan nodavlat oliygohga —
xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo‘lgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo o‘tish bali aynan davlatniki bilan bir xil bo‘lmaydi. Yo‘nalishlar kesimida o‘tish ballarini nodavlat oliygohlarning o‘zi belgilaydi, faqat asosiy sharti
56,7 balldan kam bo‘lmasligi
kerak.
Manba:
Talimxabarlari.uz
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
⚡️
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari
tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari
iyun–sentyabr oylari
davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTTga
to‘lov-kontrakt asosida
talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
davlat granti
ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi.
📝
Tanlov tartibi:
🔹
To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar
(PQ–4319-son qaroriga muvofiq
belgilangan miqdorda to‘lov
undiriladi)
;
🔹
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida
test sinovlari
tashkil etiladi;
🔹
Test sinovlari natijalariga ko‘ra
to‘plangan ballar ketma-ketligi
bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib,
talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham
to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi.
ℹ️
Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning
aniq muddatlari
qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
❗️
Bugundan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar
2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha
(shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun
my.uzbmb.uz
platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent
“Tanlov ustuvorligi”
va
“Maqsadli qabul”
bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan
beshtagacha oliy ta’lim muassasasi
va
ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan
birga
tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini
bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari
doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab,
“Saqlash”
tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng,
“Abituriyent qayd varaqasi”
shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini
tanlash muddati yakunlangunga qadar
o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng
bir hafta muddatda
e’lon qilinadi.
✔
@mandat_javobbot
orqali qaysi oliygohda
qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari
bilan tanishish mumkin.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
❗️
Ertadan abituriyentlar uchun muhim bosqich boshlanadi. Platformada OTM va yo‘nalish tanlash tartibi qanday?
✈️
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar
25-iyuldan 8-avgustga qadar
o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon
“avval test – so‘ng tanlov” tamoyili
asosida amalga oshiriladi.
🎓
Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda
5 tagacha
oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun
kunduzgi, kechki yoki masofaviy
ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud.
👇
Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi:
1️⃣
Rasmiy
my.uzbmb.uz
platformasiga kiriladi;
2️⃣
“Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul”
bo‘limi tanlanib,
“Xizmatdan foydalanish”
hamda
“OTT tanlash”
tugmalari bosiladi;
3️⃣
Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa,
maqsadli qabul
bo‘yicha tanlov belgilanadi;
4️⃣
Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “
Saqlash”
tugmasi bosiladi;
5️⃣
Telefon raqamga yuborilgan
SMS-kod
kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va
“Abituriyent qayd varaqasi”
shakllanadi.
⏰
Eslatma:
Tanlov ma’lumotlarini
8-avgustga qadar
istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan
ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi
. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo
o‘z ballingiz
, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi.
ℹ️
Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
⚡️
10-kun natijalari e'lon qilindi!
🔹
2026-yil 23-iyul
kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar o‘z natijalarini
maxsus botlar orqali
quyidagi usullarda bilib olishlari mumkin:
1️⃣
Botga
abituriyent ID raqamini
kiritish orqali;
2️⃣
Abituriyent ruxsatnomasini pdf formatida
yuborish orqali;
3️⃣
Sayt orqali tekshirish bo‘limiga
shaxsiy ma'lumotlarni kiritgan holda.
🔔
Shuningdek, endi mazkur botlar orqali
‘‘Eslatma yoqish’’
ham mumkin.
Natijalar e'lon qilinganida eslatmani yoqqan abituriyentga bot orqali avtomatik xabar yuboriladi.
👉
@e_uzbmb_mandatbot
👉
@e_uzbmb_mandat1bot
👉
@e_uzbmb_mandat3bot
✔
@mandat_javobbot
orqali qaysi oliygohda
qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari
bilan tanishish mumkin.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
Eksklyuziv: Qabulning ikkinchi bosqichi qachondan qachongacha bo‘lib o‘tishi ma’lum
Batafsil
:
https://talimxabarlari.uz/75816/
🎓
Obuna bo‘ling
-
@talimxabarlari