
Nodizayn
Payme bir vaqtlar fintex sohasida eng yaxshi dizaynga ega ilova edi.
Oxirgi redizayndagi epik xatolardan biri shu ekrandagi asosiy tugma shakli va uning matni.
Forma pastki qismidagi ulkan maydon, bu aslida tranzaksiyani tasdiqlash uchun mo'ljallangan tugma ekan. Ushbu yechimni ko'rib biroz o'ylanib qoldim. Nima uchun CTA bunday shaklga kelib qoldi va nega bu g'alati ko'rinadi?
Elementning funksiyasi uning ko'rinishidan ma'lum bo'lishi kerak (tugma tugmaga o'xshashi shart). Qachonki CTA'ning aniq chegaralari va formasi (corner radius, drop shadow, spacing) yo'qolsa, u interaktiv obyekt emas, shunchaki fon (background) kabi qabul qilina boshlaydi.
Matnda "Смахните вверх или нажмите" (Tepaga suring yoki bosing) youvi ikkita bir-biridan farq qiluvchi interaksiyani (swipe va tap) bitta ulkan, vizual chegarasiz maydonga joylash foydalanuvchida savol paydo qiladi. Avval oddiy bo’lgan element endi o’ylashga majbur qilyapti.
Topishmoq: ushbu dizaynda pul yuborishni tasdiqlash tugmasini toping
🤕
Yandex yaqinda bu muammo uchun yechim chiqargan ekan. Qiziq tarafi bu yerda quvvat yoki summani tanlash mumkin ekan.
🪫
O'zbekistondagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari va ilovalaridan foydalanish jarayonidagi ba'zi kuzatuvlarimni bo'lishmoqchiman.
Shahar tashqarisiga tez-tez chiqilganda, quyidagi sarguzashtlarga tayyor turishga to'g'ri keladi:
• Ilovalar kolleksiyasi: Quvvatlash uchun bitta ilova yetmaydi. Skrinshotdagi kabi kamida 8 xil ilovani yuklab olish va ularning qanday ishlashini o'rganishga to'g'ri keladi. Bular men uchratganim, aslida bundan ham ko'p ilova bo'lishi mumkin.
• Har bir ilovaning o'z hamyoni bor va turli xil ilovalardan foydalanishda har birining hisobini alohida to'ldirish kerak bo'ladi. Agar shu kompaniya stansiyasidan boshqa foydalanmasangiz pul qolib ketadi.
• Qamchiq dovoni yoki Zomin kabi tog'li joylarga borilganda va aloqa (internet) bilan bog'liq muammo yuzaga kelsa, ilovalar shunchaki ishlamaydi. Quvvatlash stansiyasi oldida internet qidirib sarson bo'lish tayin.
Nega shu vaqtgacha barcha quvvatlash stansiyalarini birlashtiruvchi yagona servis yo'q?
Bitta ilovada barcha stansiyalarni ko'rish, bitta hamyondan to'lov qilib barchasidan foydalanish imkoni bo'lishi kerak. Umid qilamanki, tez orada bu muammo hal bo'ladi.
UX masalasi, alohida mavzu. Dizayndagi asosiy qoidalardan biri, foydalanuvchi asosiy maqsadiga eng qisqa qadamlar bilan yetib borishi kerak. Bu holatda asosiy maqsad, tezroq mashinani quvvatga qo'yish.
VoltAuto ilovasi misolida bu jarayon quyidagicha kechadi:
1. Ilova yuklab olinadi.
2. Ro'yxatdan o'tishda murakkab parol o'ylab topish va uni tasdiqlash talab qilinadi. Boshqalar kabi telefon raqami orqali (OTP) bitta qadam bilan kirish nima uchun joriy etilmagani tushunarsiz.
3. Uzun maxfiylik siyosati matnini oxirigacha scroll qilmaguncha ro'yxatdan o'tishga imkon berilmaydi. Uzoq yo'lda, shoshilinch vaziyatda bu haqiqiy asabbuzarlik!
3. Mashinani quvvatga qo'yish vaqtida ilova elektromobil modelini kiritishni so'raydi. Bu bosqich o'tkazib yuborilsa (chunki o'sha vaziyatda bu mutlaqo muhim emas), quvvatlashni boshlash tugmasi baribir ishlamaydi va qaytadan modelni talab qiladi. Haqiqiy "Dead end".
Aslida buni Progressive Profiling (Asta-sekinlik bilan ma'lumot yig'ish) usuli bilan yechish mumkin edi: avtomobil modeli kabi majburiy bo'lmagan ma'lumotlarni quvvatlash jarayoni ketayotgan vaqtda, fonda ixtiyoriy ravishda so'rash kifoya qilardi.
@nodizayn
O‘tgan hafta hayotimda birinchi marta kichik UX muammoni AI yordamida “vibe coding” qildim va tayyorlagan “pull request”im production’ga chiqdi. Bu jarayonda
Codex
'dan foydalandim.
Mahsulot uchun kichik o‘zgarish, lekin men uchun katta qadam bo‘ldi. Jarayonni sozlashda komandamizdagi dasturchilar yordam berishdi, ularga alohida rahmat!
Bu jarayon menga 2010-yillarni eslatdi. O‘shanda WordPress va Joomla uchun Photoshop’da dizayn chizardim. Keyinchalik dizayn qanday qilib ishlaydigan sayt holatiga kelishiga qiziqib, HTML/CSS va JS’ni o‘rganib, statik shablonlar tayyorlashni boshlagandim.
Lekin o‘sha paytlari jarayon biroz zerikarli tuyulib, faqat dizaynga fokus qilishga qaror qilganman.
Bugun AI ko‘plab to‘siqlarni olib tashlamoqda. Dizaynerlar endi faqat dizayn chizish bilan cheklanmasdan, “vibe coding” orqali haqiqiy mahsulot quruvchisiga aylanishi mumkin.
Yangi eraga xush kelibsiz!
✨
@nodizayn
Lovable
qanday dizaynerlarni ishga oladi?
Lovable'ning juda tez o‘sishi dizayn va texnologiya olamida katta rezonans berdi. Kompaniya
8 oy
ichida
$100M ARR
darajasiga chiqd va bu AI-asosli mahsulotlarga bo‘lgan talab qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatdi.
Dive Club’ning
navbatdagi epizodida
Lovable bosh dizayneri hozirgi zamonda dizaynerlardan nimalar kutilayotgani, ular dizaynerlarni qanday talablar bilan ishga olayotganini so'zlab berdi.
Quyida eng muhim va amaliy fikrlarni jamladim:
- Portfolio'ga hujjat kabi emas, mahsulotdek yondashish kerak. Hiring manager portfolioni xuddi landing page kabi ko‘radi. Dastlabki 1–3 soniya hal qiluvchi bosqich bo'ladi. Shuning uchun dizaynga e'tibor darhol ko‘rinishi shart. Elementlarning tekisligi,
tipografika, animatsiyalar, stillar va vizual ierarxiya qaror chiqarishga ta'sir qiladi. Kichik detallar dizayner o‘z ishiga e'tibor beradimi-yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi.
- Shablon va generatsiya qilingan dizaynlar, salbiy signal beradi va dizaynerning o‘z ishiga beparvoligini bildiradi. Bu yerda gap “oddiylik”da emas, dizaynerning o'z ishiga bo'lgan e'tiborida.
- Kam ish, lekin sifatli ish — eng kuchli strategiya. Portfolioda 2 ta kuchli ish, 10 ta o‘rtacha ishdan kuchliroq signal beradi. Har bir ortiqcha ish qo‘shimcha shubha, qo‘shimcha savol va oxir-oqibat rad etilish ehtimolini oshiradi.
- Jarayon emas, natija muhim. Hiring manager'lar workshop rasmlarini, sticky note’larni va uzun jarayon hikoyalarini emas, balki, qanday qaror qabul qilindi, yechim qanday bo'ldi va qanday natija bo‘ldi kabi savollarga javob kutadi.
- “Biz qildik” — eng ko‘p uchraydigan xato. Agar portfolioda va intervyuda, “biz buni bajardik, “biz redizayn qildik” bo‘lsa, hiring manager shu savollarga oydinlik kiritishni xohlaydi: “Xo‘p, sizning vazifangiz nima edi va nima qildingiz va qanday qildingiz?”
Shuning uchun, o‘z hissangizni aniq keltiring, nimani siz “own” qilganingizni ko‘rsating. Bu ayniqsa senior dizaynerlar uchun juda muhim signal.
- Bugungi kunda o'zini cheklamaydigan dizaynerlar ko‘proq qadrlanadi. Ular faqat UI yoki faqat UX bilan cheklanmaydi, muammodan boshlab, yechim qilish, uni oxirigacha olib borish va natijani o'lchab uni yaxshilay oladi. Bunday dizaynerlar, foydalanuvchi bilan muloqot qilish, izlanishlar olib borish va nimani qurish kerakligini tushunadi, hamda natijaga javobgar bo'la oladi. Endi tor mutaxassislardan ko‘ra “end-to-end” fikrlaydiganlar kuchliroq qadrlanadi.
- AI endi tanlov emas, standart talab bo'ladi. Undan foydalanmaslik, yomon signal. Lekin bu yerda gap AI bilan dizayn chizish haqida emas, balki undan kundalik jarayonlarda foydalanish, research, writing, ideation, note-taking, tezkor tahlil va jarayonga tez olib boruvchi uslublar haqida ketmoqda.
Bugun bozorda quyidagi fazilatlarga ega dizaynerlarga talab yuqori:
- PM’ga to‘liq bog'lanib qolmagan, PM bo'lmasa ham muammolarni aniqlab, yechim taklif qila oladigan;
- Noaniqlikdan qo‘rqmaydigan, qaror va risk uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola oladigan;
- Tezlik va sifat o‘rtasida balans topa oladigan, haftalab mukammal dizayn yechim ustida ishlamasdan, ishlaydigan yechimni tez yetkazadigan dizaynerlar.
Agar bugungi kunda dizaynerlarga faqat bitta podcast tavsiya qilish mumkin bo‘lsa,
Dive Club'ni
tavsiya qilardim.
Muallif tajribali dizaynerlar va design liderlar bilan AI, kod yozadigan dizaynerlar, dizayner + PM roli, generalistlik, yuqori standartlar va bozor qanday o‘zgarayotgani haqida chuqur suhbatlar olib boradi.
Har bir epizoddan foydali ma'lumotlar va yaxshi xulosalar olish mumkin.
Ilya Birman avval Toshkent metropoliteni xaritasi uchun dizayn taqdim qilgan edi. Yaqinda
metro navigatsiyasi dizaynini
taqdim qildi. Metrodan foydalanmaganimga ancha bo‘lgani sababli, hozirgi holati va amaliy realizatsiyasi haqida aniq ma’lumotga ega emasman.
Saytda keltirilishicha, loyiha jarayonida Ilya bilan birga jami 5 nafar dizayner ishtirok etgan. Ular orasida O‘zbekistonlik dizayner, Alibek Musabekov ham borligi quvonarli va yaxshi natija.
Dizayn kursini tamomlagandan keyin yoki ozroq tajriba orttirgandan so‘ng, birinchi ishni topish qiyin bosqich bo‘ladi. Chunki kompaniyalar tajribali va foyda keltiradigan mutaxassisni izlaydi. Bundan tashqari, bizning bozorda dizayn bo'yicha internship dasturlari juda kam.
Bu holatda quyidagi yechimlarni tavsiya qilaman:
1. O'zimiz yoki atrofimizdagilar har kuni foydalanadigan ilovalar ustida ishlash
Nazariy bilimlarni o'rgandik, masalan UX dizayn jarayonlarini, lekin ularni haqiqiy tajribada qo'llashga qiynalamiz bu holatda, kundalik ishlatadigan ilovalarni tanlab, quyidagi bosqichlarni bajarish mumkin:
- Ilovaning interfeysida foydalanuvchilar duch keladigan muammolarni tahlil qilish.
- Shu muammolarga UX dizayn jarayonini qo‘llab yechim taklif qilish.
- Yechimni sinovdan o‘tkazish va xulosalarni yozish (iteratsiyani davom ettirish ham mumkin).
Bozor o‘sib boryapti, startaplar ko‘paymoqda, bu esa imkoniyatlar ham ko‘paymoqda degani.
2.
ChatGPT’dan ustoz sifatida foydalanish
ChatGPT’ga prompt yozish, masalan quyidagicha:
Menga UI/UX design challenge bering. Real biznes holatiga o‘xshasin, foydalanuvchi maqsadi, muammolari va dizayn topshirig‘i bo‘lsin.
ChatGPT muammo, foydalanuvchi maqsadlari va dizayn talablarini yozib beradi. Muammo ustida izlanish olib borib: foydalanuvchi intervyulari uchun savollar tuzish, raqamli ma’lumot to‘plash, va bosqichma-bosqich dizayn yechim ustida ishlash mumkin.
Har bir bosqichda natijani ChatGPT’ga yuborib, feedback olish mumkin.. Shu yo‘l bilan sun'iy intellektdan mentor sifatida foydalanish mumkin.
3.
Sharpen Design
servisidan foydalanish
Sharpen.design
sayti random vazifalar generatsiya qilib beradi.
Saytda “Product & UX: Digital Product” kategoriyasini tanlab vazifalar generatsiya qilish mumkin.
Qiziqarli vazifalar ro'yxati:
- Design an app for a space travel agent
- Design an AI-enhanced app for an asteroid mining company
- Design an order form for a dinosaur breeder
- Design an AI-enhanced app for Forbes
Bu kabi “fantaziya” briflar dizaynerni ijodiy fikrlashga, dizayn jarayonlarini qo'llab, tajriba orttirishga yordam beradi.
@nodizayn
AI davrida dizayn intervyulardagi kuzatganlarim:
- Rezyumelar ideal holatga kelgan, natijalar raqamlarda yozilgan.
- Portfoliolar sayqallangan, did bilan ishlangan.
- Agar kompaniya muayyan sohada tajriba kerakligini so’rasa, portfolioda tezda shu sohaga oid “self case study” paydo bo‘ladi. Kamroq bo’lsa ham shunday trendni kuzatdim.
Bir qarashda hammasi mukammal. Lekin
live design exercise
bosqichida hammasi ayon bo‘ladi, kandidatning haqiqiy tajribasi bilinadi.
Rezyume va portfolioni ideal qilish yaxshi. Lekin intervyularda shu jarayonni yoritib berish kerak bo’ladi. Misol uchun, natijalardagi raqamlar qayerdan kelgan yoki qanday o’lchangan, kim o’lchagan, dizayner bu jarayonda qanday qatnashgan?
Sun’iy intellekt yordam beradi, lekin haqiqiy tajribaga mehnat bilan erishiladi.
@nodizayn