
Nodizayn
Dizayn kursini tamomlagandan keyin yoki ozroq tajriba orttirgandan so‘ng, birinchi ishni topish qiyin bosqich bo‘ladi. Chunki kompaniyalar tajribali va foyda keltiradigan mutaxassisni izlaydi. Bundan tashqari, bizning bozorda dizayn bo'yicha internship dasturlari juda kam.
Bu holatda quyidagi yechimlarni tavsiya qilaman:
1. O'zimiz yoki atrofimizdagilar har kuni foydalanadigan ilovalar ustida ishlash
Nazariy bilimlarni o'rgandik, masalan UX dizayn jarayonlarini, lekin ularni haqiqiy tajribada qo'llashga qiynalamiz bu holatda, kundalik ishlatadigan ilovalarni tanlab, quyidagi bosqichlarni bajarish mumkin:
- Ilovaning interfeysida foydalanuvchilar duch keladigan muammolarni tahlil qilish.
- Shu muammolarga UX dizayn jarayonini qo‘llab yechim taklif qilish.
- Yechimni sinovdan o‘tkazish va xulosalarni yozish (iteratsiyani davom ettirish ham mumkin).
Bozor o‘sib boryapti, startaplar ko‘paymoqda, bu esa imkoniyatlar ham ko‘paymoqda degani.
2.
ChatGPT’dan ustoz sifatida foydalanish
ChatGPT’ga prompt yozish, masalan quyidagicha:
Menga UI/UX design challenge bering. Real biznes holatiga o‘xshasin, foydalanuvchi maqsadi, muammolari va dizayn topshirig‘i bo‘lsin.
ChatGPT muammo, foydalanuvchi maqsadlari va dizayn talablarini yozib beradi. Muammo ustida izlanish olib borib: foydalanuvchi intervyulari uchun savollar tuzish, raqamli ma’lumot to‘plash, va bosqichma-bosqich dizayn yechim ustida ishlash mumkin.
Har bir bosqichda natijani ChatGPT’ga yuborib, feedback olish mumkin.. Shu yo‘l bilan sun'iy intellektdan mentor sifatida foydalanish mumkin.
3.
Sharpen Design
servisidan foydalanish
Sharpen.design
sayti random vazifalar generatsiya qilib beradi.
Saytda “Product & UX: Digital Product” kategoriyasini tanlab vazifalar generatsiya qilish mumkin.
Qiziqarli vazifalar ro'yxati:
- Design an app for a space travel agent
- Design an AI-enhanced app for an asteroid mining company
- Design an order form for a dinosaur breeder
- Design an AI-enhanced app for Forbes
Bu kabi “fantaziya” briflar dizaynerni ijodiy fikrlashga, dizayn jarayonlarini qo'llab, tajriba orttirishga yordam beradi.
@nodizayn
AI davrida dizayn intervyulardagi kuzatganlarim:
- Rezyumelar ideal holatga kelgan, natijalar raqamlarda yozilgan.
- Portfoliolar sayqallangan, did bilan ishlangan.
- Agar kompaniya muayyan sohada tajriba kerakligini so’rasa, portfolioda tezda shu sohaga oid “self case study” paydo bo‘ladi. Kamroq bo’lsa ham shunday trendni kuzatdim.
Bir qarashda hammasi mukammal. Lekin
live design exercise
bosqichida hammasi ayon bo‘ladi, kandidatning haqiqiy tajribasi bilinadi.
Rezyume va portfolioni ideal qilish yaxshi. Lekin intervyularda shu jarayonni yoritib berish kerak bo’ladi. Misol uchun, natijalardagi raqamlar qayerdan kelgan yoki qanday o’lchangan, kim o’lchagan, dizayner bu jarayonda qanday qatnashgan?
Sun’iy intellekt yordam beradi, lekin haqiqiy tajribaga mehnat bilan erishiladi.
@nodizayn
Hatch Conference
– Yevropadagi eng katta dizayn konferensiyalardan biri. Unda Intercom va UserTesting kabi kompaniyalardan dizaynerlar qatnashadi. Yaqinda ular dizayn liderlari uchun
Leadership Ateliers
trening dasturini yo‘lga qo‘yishdi.
2026-yilda borishni rejalashtirdim, lekin ro‘yxatdan o‘tishda mamlakat tanlash majburiy va ro'yxatda O'zbekiston ko‘rinmadi.
Tashkilotchilarga yozdim, qo'shamiz deb qo'shishmadi, orada yana qayta aloqaga chiqdim va oxiri O‘zbekistonni ham ro‘yxatga qo‘shishdi.
Katta natija emas, lekin hech bo‘lmasa, dizayn liderlar konferensiyasida qatnashish uchun ro’yxatdan o’ta olamiz
😄
🇺🇿
Notion dizaynerlarining ishlash jarayoni va ularning dizayn filosofiyasi:
- Sodda, intuitiv hamda minimal va chiroyli dizayn yechim ortida katta mehnat, texnika va psixologiya yotadi.
- “IKEA effekti”: Odam o‘zi yasagan narsani ko‘proq qadrlaydi. Notion ham shunday yo’l tutadi, foydalanuvchiga lego bo‘laklari kabi elementlarni (jadval, ro‘yxat, database) beradi. Foydalanuvchilar xohlagancha yechim qilishadi.
- Dizayner va dasturchilar avval o‘zlari sevib ishlatishni xohlaydigan yechim ishlab chiqishadi, keyin uni foydalanuvchilarga taqdim qilishadi. Bu usul ilovaga e’tibor yo‘qolmasligi va uning qiymati doimiy oshib borishiga yordam beradi.
- Mehr bilan ishlangan mayda detallar ishonch uyg‘otadi. Foydalanuvchilar kichkina, lekin yaxshi o‘ylangan detallarni ko‘rib, ilova haqiqatan ham mehr bilan ishlanganini his qilishadi va ularda mahsulotga nisbatan ko‘proq ishonch paydo bo'ladi.
🌐
Behind The Scenes Of Notion's Insane Design
Agentic Experience (AX) dizaynini tushunish va AI agentlar uchun yechim ishlab chiqishda menga yordam bergan resurslar bilan bo'lishaman:
-
What Is Human-AI Interaction Design?
AX va UX farqi haqida yaxshi tushuncha berilgan.
-
The Shift from UX to AX
UX → AX (Agentic Experience) o‘tishi haqida. Klassik interfeyslarda foydalanuvchi hamma amallarni o'zi bajaradi va har safar amallarni qaytadan boshlaydi. AX’da esa agent amallarni eslab qoladi, maqsadlar kuzatadi, keyingi qadamni o‘zi taklif qiladi va vaqt o‘tishi bilan yaxshilanib boradi.
-
Introducing the Agentic Experience Designer (AXD)
AI davrida yangi rol: AXD — AI agentlarni loyihalashtiruvchi, foydalanuvchi va agentni samarali ishlashiga yordam beradigan dizayner.
-
Shape of AI
AI agentlar uchun tayyor UX patternlar to'plami
@nodizayn
Soliq ilovasida deklaratsiya to‘ldirishda barcha (10–15 ta) maydonni to‘ldirib, fayllarni ham biriktirdim. Ammo yuborish tugmasini bosganimda quyidagi xatolik chiqdi:
Majburiy qiymatlar to’ldirilmagan
Qayta-qayta tekshirib, to’ldirilmagan maydonni topa olmadim va muammo nimadaligini tushuna olmadim.
Bu yechimdagi muammo: foydalanuvchiga aniq qaysi maydon(lar) to‘ldirilmaganini ko‘rsatilmaydi. Natijada foydalanuvchi muammoni o‘zi izlab topishi kerak bo‘ladi.
Men 35–40 daqiqa vaqt sarfladim, ammo xato sabab butun urinishim bekor bo‘ldi.
Xatolik haqida xabar berganda ilova foydalanuvchiga quyidagilarda yordam berishi kerak:
- Qayerda xato chiqqanligi, ya'ni qaysi maydon yoki bosqich.
- Nega bu xato chiqdi?
- Qanday tuzatish mumkin? Foydalanuvchiga aniq va lo’nda yo‘riqnoma berish.
Soliq ilovasi jamoasiga quyidagi jarayonlarni o‘lchab, shular asosida jarayonni yaxshilashni taklif qilaman:
- Qancha foydalanuvchida ushbu xato chiqishini aniqlash.
- Har bir foydalanuvchi deklaratsiyani to‘ldirishga o‘rtacha qancha vaqt sarflaydi?
- Shu xato chiqqach, necha foizi jarayonni tashlab ketmoqda?
- Yuqoridagi tavsiyalar asosida xatolik haqidagi xabarni yaxshilagandan keyin completion rate va sarflangan vaqt qanchaga o‘zgargan.
Bu metrikalar asosida aniq qiymatlarni ko‘rib, foydalanuvchiga qanchalik yordam berayotganini tushunishi mumkin.
Jenni Nadler Wix platformasidagi xatoliklar haqidagi xabarlarni qanday yaxshlagani haqida tajribasini bo‘lishgan, juda foydali maqola:
👉
When life gives you lemons, write better error messages
@nodizayn
📣
Hiring Alert
Super Dispatch dizayn komandamizga ikki nafar
Senior Product Designer
qidirmoqdamiz.
Murakkab muammolarni chuqur tahlil qilib, foydalanuvchilar bilan tadqiqotlar olib borib, oddiy va intuitiv dizayn yechimlar ishlab chiqa oladigan, odamlarga nisbatan kuchli empatiyaga ega dizayner qidiryapmiz.
Dizaynerning har bir qarori odamlar ishini soddalashtirishi va biznes samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Yaxshi komanda bilan ishlash uchun zo’r imkoniyat.
Barcha talablar bilan havola orqali tanishish mumkin:
👉
Senior Product Designer
Repostlar uchun cheksiz minnatdorman!
@nodizayn
#superdispatch
#hiring
Interfeyslardagi “info” ikonkasi real hayotda
😀
Ko‘pincha mahsulot menejeri yoki dasturchilar bilan dizayn yechimni muhokama qilib, ular bergan tavsiyalardan keyin o‘zimga savol beraman:
- Nega bunga e'tibor bermadim?
- Nega bu holatni qoldirib ketdim?
Yaqinda,
Bekzod
bilan shu mavzuni muhokama qilib, xulosa qildik:
Hatto tajribali dizayner ham murakkab yechim ustida ishlayotganda, birinchi urinishda hamma jaryonlarni qoplab, mukammal yechim tayyorlay olmasligi mumkin.
Chunki murakkab tizimlarda ko‘rinmaydigan detallar faqat turli tomonlardan qaralganda seziladi.
Shuning uchun kollaboratsiya asosiy qurol bo'lishi shart. Yaxshi kompaniyalardagi “early feedback” madaniyati yoki “launch fast, iterate often” prinsipi ham dizaynda qo'llanilishi kerak. Dizayn ustida kunlab vaqt sarflamasdan, xom eskiz yoki juda oddiy prototipni bo‘lsa ham jamoa bilan baham ko‘rish, g‘oyani tezroq yaxshilashga yordam beradi.
Jamoadagi boshqalar, mahsulot menejeri va dasturchilar dizaynni birinchi urinishdayoq mukammal bo‘lishini kutmasligi kerak.
Muhimi, ochiq muhitda tez-tez iteratsiya qilish, tanqidni konstruktiv qabul qilish va yechimni birga rivojlantirish.
@nodizayn
Qayerdadir quyidagiga o’xshash iboraga ko’zim tushgandi:
AI didn’t come here to push pixels. It came to push performance.