Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NSFLA | Rasmiy kanal

nsfla_uz
NSFLA - National system of foreign language assessment Telefon: 1195 (71) 235-74-85. Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. © 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi
Subscribers
14 561
24 hours
5
30 days
-739
Post views
3 752
ER
25,77%
Posts (30d)
11
Characters in post
1 090
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 25, 05:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
#tanlov2026

Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi
📆
Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar
2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida
oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
🖥
Buning uchun
my.uzbmb.uz
platformasining
“Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul”
bo‘limiga kirib,
“Xizmatdan foydalanish”
tugmasi bosiladi va
“OTM tanlash”
bo‘limiga o‘tiladi.
🧑‍💻
Dastlab abituriyent
“Tanlov ustuvorligi”
va
“Maqsadli qabul”
bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
💼
Shundan so‘ng abituriyent
test topshirgan fanlar majmuasi
va
ta’lim tiliga mos
bo‘lgan
beshtagacha oliy ta’lim muassasasi
va
ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga
tanlaydi.
🏛
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini
bir oliy ta’lim muassasasi
yoki
turli oliy ta’lim muassasalari doirasida
tanlash mumkin.
🎤
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab,
“Saqlash”
tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga
SMS xabar yuboriladi
. SMS xabardagi
kodni dasturga kiritish orqali
ma’lumotlar tasdiqlanadi.
👨‍💻
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin,
“Abituriyent qayd varaqasi”
shakllanadi. Qayd varaqada
abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari
aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent
qayd varaqasini yuklab olishi
mumkin.
📎
Eslatma
: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini
tanlash muddati yakunlangunga qadar
o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
📝
Abituriyentlarning
talabalikka tavsiya etilgan
yoki
etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari
ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng
bir hafta muddatda
e’lon qilinadi.
😎
Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 25, 05:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi
«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun:
abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt
asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan
ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi.
Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan
beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha
oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda
, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun
: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi.
(
Asos:
VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori
)

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 15, 06:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Diqqat, eʼlon!
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining
mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga
ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹
xorijiy
mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹
O‘zbekistondagi
nodavlat
oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi
filiallar
idan;
👨🏻‍💻
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish
15-iyuldan 5-avgustga qadar
(shu kuni ham)
https://my.uzbmb.uz/service/41
orqali amalga oshiriladi.
❗️
Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining
mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi
.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro
sertifikatga
ega talabalarga
tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish
yo‘lga qo‘yilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 13, 12:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
📣
Abituriyentlar diqqatiga!
🎥
Rus tilida
"Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqo'llanma"
tayyorlandi.
Mazkur videoqo‘llanmada
abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️
Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish
(HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 13, 12:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
📢
Abituriyentlar diqqatiga!
🎥
O‘zbek tilida
"Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqo'llanma"
tayyorlandi.
Mazkur videoqo‘llanmada
abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️
Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish
(HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 10, 13:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Abituriyentlar diqqatiga!
❗️
11-12-iyul
kunlari soat
09:00 dan 11:00 ga qadar
hamda
13:00 dan 15:00 ga qadar
barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi
o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga
kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 10, 13:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid
statistik ma'lumotlar
🖥
2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish
5-iyun
kuni boshlanib,
25-iyun kuni
yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz
) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (
my.uzbmb.uz
) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.
👨‍💻
Joriy yilda jami
677 907
nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan
451 744
nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari,
226 163
nafari
(33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.
📕
Abituriyentlarning
365 196
nafari (53,9 foiz)ni
ayollar
(2025-yilda 361 019 nafar)
,
312 711
nafari (46,1 foiz)ni esa
erkaklar
(2025-yilda 310 378) tashkil etadi.
✍️
Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar.
🎼
Abituriyentlarning
36 500
(5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307)
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga;
🤝
10 581
(2025-yilda 10 572) nafari
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
🧾
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning
24 526 tasi
(2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi.
📝
Umumta’lim fanlari bo‘yicha
193 186
(2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa
125 354
(2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
✔️
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan
12 997 nafar
abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan
678 nafar
abituriyent foydalangan edi.
🏘
Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda
64
(2025-yilda - 65) ta
yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada
1 183
(2025-yilda - 1 169) ta guruhda,
35 490
(2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa
70 980
(2025-yilda 70 140) nafar
abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
📆
Test sinovlari
10 kun
muddat davomida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 08, 14:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!
🧾
“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan:
✔️
1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.
✔️
2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.
📱
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.
‼️
SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi.
Batafsil
bu yerda tanishing

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 08, 02:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
📣
DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi
🧾
2026-2027-o‘quv yilida
oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga
“Abituriyent ruxsatnomasi”
ni berish boshlandi.
👨‍💻
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun
“Abituriyent ruxsatnomasi”
ni
my.uzbmb.uz
saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.
🆔
🧾

Abituriyentlar test sinoviga
pasport
(ID-karta)
va
abituriyent ruxsatnomasi
bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
📕
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
| Facebook
| Instagram
| YouTube

July 03, 15:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Abituriyent2026
📢
DIQQAT, E"LON!
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik”
hamda
“Raqamli huquq”
ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🏛
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha
62 ta oliy ta’lim muassasasida
o‘tkaziladi.
📱
Kasbiy (ijodiy)
hamda
IQ
imtihonlarining
aniq sanasi, vaqti
va
manzili
ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida
(
my.uzbmb.uz
saytida)
e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni
ruxsatnomalarini yuklab olish
va imtihon o‘tkaziladigan joyga
belgilangan vaqtdan bir soat oldin
yetib borish so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube