
NSFLA | Rasmiy kanal
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🇺🇿
O‘zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash imtihoni tashkil etildi
🏢
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
tomonidan
2026-yil 15-oktabr kuni
o‘zbek tili bo‘yicha malaka imtihoni tashkil etildi.
🖥
Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, quyidagi ko‘nikmalar asosida tashkil etildi:
🔸
Tinglab tushunish
🔸
O‘qish
🔸
Yozish
🔸
Gapirish
🔰
Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🇺🇸
INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!
🏢
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan
YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash
yo‘nalishida
36 soatlik malaka oshirish kursi
tashkil etilmoqda.
📅
Boshlanishi:
27-oktabr
, soat 15:00
💻
Ta’lim shakli:
Onlayn
⏱️
Davomiyligi:
36 soat
🗣
Mashg‘ulot tili:
O‘zbek tili
📌
KURSDA SIZ:
🔹
Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹
baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.
📝
RO‘YXATDAN O‘TISH
📅
25-oktabr, soat 12:00 ga qadar
onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz
🎓
MUHIM!
Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda
C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega
talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
📌
Eslatma:
Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha
C1 darajadagi tegishli sertifikat
, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi.
TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi.
📌
Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi
📱
Biologiya
,
kimyo
,
matematika
va
fizika
fanlaridan
noyabr
oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn
ro‘yxatga olish boshlandi
.
📝
Talabgorlar
hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari soni
dan kelib chiqqan holda
my.gov.uz
sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹
21-noyabr —
biologiya
;
🔹
22-noyabr —
kimyo
;
🔹
24-noyabr —
fizika
(elektron shaklda)
;
🔹
28-29-noyabr —
matematika
.
❕
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni
ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida
amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
✅
Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va
ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi
.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🎙
INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!
🏢
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan
GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash
yo‘nalishida
36 soatlik malaka oshirish kursi
tashkil etilmoqda.
📅
Boshlanishi:
27-oktabr
, soat 15:00
💻
Ta’lim shakli:
Onlayn
⏱️
Davomiyligi:
36 soat
🗣
Mashg‘ulot tili:
O‘zbek tili
📌
KURSDA SIZ:
🔹
Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹
baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.
📝
RO‘YXATDAN O‘TISH
📅
25-oktabr, soat 12:00 ga qadar
onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz
🎓
MUHIM:
Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda
C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega
talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
📌
Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
🇺🇸
iTEP va At-tanal Al-arabi xalqaro imtihonlari tashkil etildi.
🏢
Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan
2026-yil 15-oktabr
kuni xalqaro til imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
🤝
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini hamda At-tanal Al-arabi — arab tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihonlari xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni taqdim etadi hamda ishtirokchilarning til ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkonini yaratadi.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#Chet_tili_imtihoni
〰️
〰️
〰️
Chet tillaridan navbatdagi sertifikat imtihonlari o‘tkazildi
🌎
Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan nemis va fransuz tillaridan imtihonlar kompyuterda o‘tkazildi.
📆
Imtihonlar 2026-yil 10-11-oktyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥
Ularda salkam 30,900 nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 23 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
🎶
Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi
– 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
📝
Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Milliy_sertifikat
DIQQAT, E'LON!
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
☑️
imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari;
🎙
gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan
23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
🆔
Talabgorlar
my.gov.uz
saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
⏰
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⛳️
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/chet-tili-10-07-2
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
🇺🇿
O'zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash va sertifikatlash uchun test sinovi tashkil etildi
🏢
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
tomonidan
2026-yil 2-oktabr kuni
“Uzbek language proficiency examination for foreign citizens”
elektron platformada o‘zbek tili bo‘yicha malaka sertifikati imtihoni tashkil etildi.
🌍
Mazkur imtihonda
qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga kelib ta’lim olayotgan talabalar
ishtirok etdilar.
🖥
Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, ishtirokchilarning quyidagi ko‘nikmalari CEFR mezonlari asosida baholanadi:
🔸
Tinglab tushunish
🔸
O‘qish
🔸
Yozish
🔸
Gapirish
🔰
Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari
📆
2026-yil 13-sentabrdan 25-sentabrgacha
bo'lib o'tgan
chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari
e’lon qilindi
.
🆔
Imtihon natijalari
my.gov.uz
saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz
sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida
my.gov.uz
sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube