
Nurobod tumani hokimligi
💧
Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
🧡
@nur_press
MAXSUS REPORTAJ
: Aholi o‘rtasida elektr energiyasidan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish, energo tejamkor texnologiyalarning samarali jihatlari xususida.
🧡
@nur_press
Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!
1️⃣
Manzil:
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tepaqul MFY
💲
Boshlang'ich narxi:
45 653 295.30 so'm
💎
Yer maydoni:
0.05 ga
🌐
Batafsil:
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24148643
2️⃣
Manzil:
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tepaqul MFY
💲
Boshlang'ich narxi:
98 540 465.07 so'm
💎
Yer maydoni:
0.1642 ga
🌐
Batafsil:
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24148663
⭕️
Izoh:
Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!
🎞
Video-qo'llanma
👈
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07
☎️
⏰
Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)
🧡
@nur_press
Qurilish obyektlarida sifat va muddat nazorat ostida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–392-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida qurilish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Tumanda yangi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari qurilishi va rekonstruksiya ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Mazkur obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifatini ta’minlash, loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etilishi, qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali o‘zlashtirilishini nazorat qilish maqsadida Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov tomonidan qurilish maydonlarida joyiga chiqqan holda o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida pudratchi tashkilotlar va buyurtmachilarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifatini doimiy nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, bunyod etilayotgan obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Nurobod tumanida qurilish va bunyodkorlik ishlari yuzasidan monitoring tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
🧡
@nur_press
41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi
Atamalar komissiyasining 2026-yil 30-iyundagi 58-son bayoniga muvofiq 41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi.
Mazkur atamalar xorijiy so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini amaliyotga keng joriy etish, rasmiy hujjatlar hamda kundalik muloqotda yagona terminologiyani shakllantirish, shuningdek, davlat tilini bugungi davr talablari asosida yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilindi.
Yangi atamalarning amaliyotga keng tatbiq etilishi davlat tilining nufuzini yuksaltirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish hamda rasmiy va ilmiy uslubning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🧡
@nur_press
Dasht bag‘rida bunyod etilayotgan yashil mo‘jiza: Nurobodda 60 kilometrga yaqin cho‘zilgan yashil belbog‘ barpo etildi
Cho‘l va dasht bag‘rida qad rostlagan yashil maskanlar — bu shunchaki ekilgan daraxtlar emas, balki insonning tabiatga mehri, mehnati va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatining yorqin ifodasidir.
Bugungi kunda Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari natijasida
D071 - "Sarikul — Nurobod"
hamda
D072 - "Nurobod — Nurbuloq"
avtomobil yo‘llarining qariyb
60 kilometr
masofadagi ikki tomonida mutlaqo yangi yashil qiyofa yaratildi.
Mazkur ulkan bunyodkorlik ishlari
Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov
boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimligi mas’ullari, korxona va tashkilotlar jamoalari, fermer xo‘jaliklari hamda fidoyi mehnatkashlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirildi.
Avvallari dasht va cho‘l manzaralari hukm surgan ushbu hudud bugun yam-yashil daraxtzorlar, tartibli yo‘l yoqalari va ko‘rkam yashil belbog‘lari bilan har bir yo‘lovchining e’tiborini tortmoqda. Nurobod sari yo‘l olgan har bir mehmonni endi keng, ozoda va ko‘kalamzor yo‘llar kutib oladi. Ayniqsa, uzoq masofaga cho‘zilgan yashil hududlar inson qalbiga xotirjamlik, ko‘ziga esa huzur bag‘ishlaydi.
Eng e’tiborlisi, jazirama havo, qurg‘oqchil iqlim va suv ta’minotidagi murakkab sharoitlarga qaramay, fidoyi insonlarning matonati va mehnatsevarligi tufayli bugun bu hududlarda yashil hayot nafasi ufurmoqda.
Yashil belbog‘larni barpo etish bilan ish yakunlangani yo‘q. Ularni asrab-avaylash va parvarish qilish ham tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda yo‘l yoqalarida ekilgan daraxtlarni muntazam sug‘orish maqsadida zamonaviy
tomchilatib sug‘orish tizimi
joriy etilgan.
Qariyb 60 kilometr davom etuvchi yo‘l bo‘ylab ketma-ket joylashtirilgan,
davlatimiz bayrog‘i ranglari
bilan bezatilgan suv saqlash bochkalari nafaqat o‘zining tartibli va chiroyli ko‘rinishi bilan e’tiborni tortadi, balki ular orqali har bir ko‘chatning hayoti ta’minlanmoqda. Ushbu bochkalar yashil belbog‘ning uzluksiz sug‘orilishida muhim bo‘g‘in vazifasini bajarmoqda.
Nurobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi
ning maxsus texnikalari esa kun-u tun ushbu suv bochkalarini to‘ldirib, daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘orishni ta’minlamoqda. Bu esa ekilgan har bir niholning
yashab ketishi va kelgusida ulkan daraxtga aylanishi
uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Nurobodda ko‘kalamzorlashtirish ishlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan,
2025-yilda tuman bo‘yicha 1 million 230 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, 2026-yil bahor mavsumida yana qariyb 500 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bu raqamlar tumanda yashil makonlar barpo etish borasidagi ishlar izchil va tizimli ravishda davom etayotganidan dalolat beradi.
Bugun D071 va D072 avtomobil yo‘llari bo‘ylab qad rostlayotgan yashil belbog‘lar nafaqat hududning ekologik muhitini yaxshilaydi, balki shamol va changni kamaytiradi, yozning jazirama issig‘ini yumshatadi hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo tabiatni yaratishga xizmat qiladi.
Nurobod bugun nafaqat bunyodkorlik, balki tabiatga mehr, yashil kelajak va fidokorona mehnat timsoliga aylanmoqda. Chunki har bir ekilgan nihol — ertangi kun uchun qilingan eng qimmatli sarmoyadir.
Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati
🧡
@nur_press
Obod xonadon — obod mahalla, obod Nurobod!
Nurobod tumanida
"Dolzarb 40 kunlik"
obodonlashtirish tadbirlari doirasida mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda tumanimiz fuqarolari tomonidan o‘z
xonadonlari, darvozalari va tashqi devorlarining fasad qismlari
ni ta'mirlash, oqlash hamda zamonaviy va did bilan ranglash ishlari olib borilmoqda. Mahallalarning qiyofasi kundan-kunga o‘zgarib, yanada ozoda, ko‘rkam va fayzli tus olmoqda.
Har bir obod xonadon —
oilaning madaniyati va mehnatsevarligi
dan dalolat beradi. Har bir
ozoda ko‘cha
esa butun mahalla nufuzini oshiradi. Zero, mahallaning chiroyi avvalo undagi
xonadonlarning tashqi ko‘rinishi
dan boshlanadi.
Bugun amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari faqatgina tashqi ko‘rinishni yaxshilash emas, balki farzandlarimiz uchun go‘zal yashash muhiti yaratish, yurtimizga bo‘lgan mehr va mas'uliyatni amalda namoyon etishdir.
Hurmatli nurobodliklar!
Keling, barchamiz ushbu ezgu tashabbusga munosib hissa qo‘shaylik!
✔️
Xonadonlaringizning tashqi fasadini ta'mirlang.
✔️
Devorlaringizni oqlang yoki zamonaviy ranglarda bo‘yab, ozoda saqlang.
✔️
Darvoza va panjaralaringizni tartibga keltiring.
✔️
Hovlingiz va ko‘cha oldini tozalab, gul va manzarali daraxtlar eking.
Unutmang,
Nurobodning chiroyi har birimizning xonadonimizdan boshlanadi.
Kimdir kelib xonadonimizni yoki mahallamizni obod qilib bermaydi. Uni o‘z qo‘limiz, o‘z mehnatimiz va birdamligimiz bilan yanada go‘zal maskanga aylantiramiz.
Obod xonadon — baxtiyor oila timsoli!
Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Obod Nurobod esa barchamizning umumiy faxrimizdir!
🧡
@nur_press
Obod yo‘llar — obod mahallalar sari: Nurobodda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari izchil davom etmoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov maxsus avtobus bilan tegishli soha rahbarlari ishtirokida "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish tadbirlari doirasida tuman hududidan o‘tuvchi A-378 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida avtomobil yo‘lining ikki tomonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘l yoqalarining sanitariya holati, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, noqonuniy chiqindilarni bartaraf etish hamda yo‘lga tutash mahallalardagi xonadonlarning tashqi qiyofasini obod va namunali holatga keltirish masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tumanda "Dolzarb 40 kun" doirasida obodonlashtirish ishlari aynan shu yo‘nalishlarda keng ko‘lamda davom etayotgani ham qayd etilgan.
Tuman rahbari tomonidan har bir hudud kesimida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yo‘l bo‘yidagi yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish tizimlarini yaxshilash, xonadonlar devorlarini tartibga keltirish, darvozalar va fasadlarni yagona me'moriy qiyofaga mos ravishda obod qilish yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan mahallalarda har bir xonadonning ozodaligi, ko‘rkamligi va obodligi hududning umumiy qiyofasini belgilashi alohida ta'kidlandi. Shu bois fuqarolar, mahalla faollari va mas'ul tashkilotlar hamjihatlikda ish olib borishi, obodonlashtirish ishlarini faqat tadbir emas, balki kundalik hayot mezoniga aylantirish zarurligi qayd etildi.
Obod yo‘l — hududning ko‘zgusi, obod mahalla esa xalqning madaniyati va birdamligining yorqin ifodasidir.
Shu bois "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, har bir mahalla va har bir xonadonni namunali holatga keltirish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Obod Nurobod — barchamizning umumiy maqsadimiz va birgalikdagi mehnatimiz samarasidir!
🧡
@nur_press
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
oʻtkazildi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание,
посвященное приоритетным задачам топливно-энергетической отрасли.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#energetika
#tahlil
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🧠
Zakovatli bolalar – Yangi O'zbekiston kelajagi!
"Qo'shchinor" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida dam olayotgan o'quvchi-yoshlar o'rtasida
"Zakovat" intellektual musobaqasi
ko'tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o'zlarining
bilimi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamjihatligini
namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslarda munosib ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, eng faol va bilimdon jamoalar aniqlanib, ular
faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari
bilan taqdirlandilar.
Bunday intellektual musobaqalar yoshlarning
bilimga bo'lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini charxlash, dunyoqarashini kengaytirish va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
📚
Bilim — taraqqiyot, Zakovat esa muvaffaqiyat sari yetaklaydigan eng ishonchli yo'ldir!
🧡
@nur_press