
Nurobod tumani hokimligi
✅
«Innoweek-2026»: Samarqand viloyati innovatsiyalar markazida!
Toshkent shahrida 27–29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan nufuzli innovatsion oylar haftaligi doirasida Samarqand viloyati o‘zining salmoqli ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada viloyatning ikki yetakchi innovatsion hududi —
Urgut
hamda
Nurobod
tumanlari tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh mahsulotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilmoqda:
🔺
Urgut innovatsion tumani:
8 ta loyiha va mahsulot;
🔺
Nurobod innovatsion tumani:
6 ta turdagi mahsulot.
Ahamiyatlisi, ko‘rgazma pavilonida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda professor-o‘qituvchilarining ilg‘or ilmiy ishlanmalari ham alohida o‘rin egallagan.
Hududning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yosh ixtirochilari tomonidan yaratilgan
28 ta innovatsion ishlanma
ko‘rgazma maydonida alohida ekspozitsiya sifatida taqdim etilmoqda.
Tadbir doirasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalda ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari hamda olimlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli
hamkorlik shartnomalari imzolanishi
rejalashtirilgan.
🔸
Ilm va amaliyot tutashgan Samarqand stendiga marhamat!
✅
@nur_press
Bir tovuş – bir harf tamoyiliga ötilmoqda
2026-yil 21-oktabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida” Qonun qabul qilindi.
Batafsil:
👉
https://zarnews.uz/bj9
Kanalga qo‘shiling:
👇
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Assalomu alaykum, seshanba tongi muborak boʻlsin!
Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin!
✅
@nur_press
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по развитию медицинской инфраструктуры и расширению участия частного сектора в системе здравоохранения.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#infratuzilma
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan film suratga olinayotgan pavilyonda bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил павильон, где снимается фильм о детстве Абу Али ибн Сины.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Davlatimiz rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan
tanishdi.
—
Глава нашего государства
ознакомился
со съемочной площадкой историко-художественного фильма «Хусайн», посвященного детству Абу Али ибн Сина.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#kino
#ibnSino
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
✅
@nur_press
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялась встреча Президента Шавката Мирзиёева и Эмира Катара Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
✅
@nur_press