Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi

nvsoliqnews
Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali. 📍 Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-B uy. Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062, 📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75 Veb-sayt: soliq.uz , Facebook: @nvsoliqnews
Subscribers
2 890
24 hours
30 days
10
Post views
227
ER
7,72%
Posts (30d)
54
Characters in post
923
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
April 26, 14:43
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🙁
🥳
😟
😡
🥳
😞
🥳
🥵
😣
😔
😠
😡
☹️
⬇️
Sharq universitetida soliq deklaratsiyasini topshirish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi
https://t.me/nvsoliqnews/18587
⬇️
E'tirof Navoiy viloyat soliq boshqarmasi xodimlari KPI bo'yicha TOP 30 talikka kirdi
https://t.me/nvsoliqnews/18599
⬇️
Mahalla telekanalining Joyida informatsion dasturida Navoiy viloyati soliq boshqarmasining targ'ibot tadbiri haqida lavha efirga uzatildi
https://t.me/nvsoliqnews/18601
⬇️
Soliqchi qonunga tayanadi
https://t.me/nvsoliqnews/18603
⬇️
Soliq bilimlari yosh avlodga tanlovi g'oliblari munosib rag'batlantirildi
https://t.me/nvsoliqnews/18606
⬇️
Gidro stanko servis korxonasida xodimlar uchun o'quv seminari tashkil etildi
https://t.me/nvsoliqnews/18595
⬇️
Haftaning seshanba va jumasi sport kuni. Voleybol bo'yicha boshqarma boshlig' kubogi musobaqasi tashkil etildi
https://t.me/nvsoliqnews/18588
📱
http://t.me/nvsoliqnews

April 25, 15:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Amir_Temur
Akmal Saidov
– Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi, yuridik fanlar doktori, akademik:
Amir Temur
jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni yer yuzining madaniy-me’moriy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan.
Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval
davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish
, uzoq va yaqin xalqlar o‘rtasida
do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash
o‘z saltanati yorqin istiqbolini ta’minlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa o‘rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 25, 13:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

#eʻtirof
Ishonch, adolat va xizmat — kelajak poydevori
Ular — xalq ishonchiga munosib boʻlishni hayot mazmuniga aylantirgan insonlar. Ular uchun bugungi mehnat — ertangi farovonlikka qoʻyilgan mustahkam poydevordir. Xalq ularga ishonadi, chunki ular adolatni his etadi, qonunni esa nafaqat talab, balki vijdon mezoni sifatida qabul qiladi.
Soliqchi — bu shunchaki nazorat qiluvchi emas. U — jamiyat va davlat oʻrtasidagi ishonch koʻprigi. Uning har bir qarorida qonun ustuvorligi, har bir harakatida xalq manfaati mujassam. Shu boisdan ham u doimo xalqqa xizmat qilishni oʻz burchi, oʻz sharafi deb biladi.
Kuni-kecha 28 nafar fidoyi soliqchi Soliq qoʻmitasi rahbarining yuksak eʼtirofiga sazovor boʻldi. Bu — oddiy mukofot emas, bu — ishonchga berilgan yuksak baho, sidqidildan qilingan mehnatning eʼtirofi.
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan “Tekshirishdan — servisga” tamoyili esa bu sohada yangi davrni boshlab berdi. Bu gʻoya — faqat shior emas, balki butun tizimning falsafasiga aylangan yoʻnalishdir. Endi soliq idoralari nazoratchi emas, balki koʻmakchi, jazolovchi emas, balki yoʻl koʻrsatuvchiga aylanmoqda.
Ana shu yuksak gʻoyalarga sodiq qolgan, zamon bilan hamnafas boʻlgan ushbu xodimlar — islohotlarning haqiqiy yurak urishi, kelajakning ishonchli posbonlaridir. Ular orqali davlat siyosati hayotga tatbiq etilmoqda, ular orqali xalq va davlat oʻrtasidagi ishonch yanada mustahkamlanmoqda.
Shunday insonlar bor ekan — kelajak ravshan, taraqqiyot bardavom, ishonch mustahkam.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 25, 12:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

#korrupsiya
Qarmoq qoʻygan — oʻzi ilindi: qonun aylanma yoʻlni tan olmaydi
Hayotda shunday “ziyraklar” ham borki, ular qonunni chetlab oʻtishni emas, balki uni “aylanib oʻtishni” sanʼat darajasiga chiqarmoqchi boʻladi. Ammo qonun — aylana yoʻl emas, u doira: qaysi tomondan yurmang, oxiri baribir oʻzingizga qaytib keladi.
Soliq mobil ilovasi — adolatga eltuvchi qulay koʻprik. U orqali har bir fuqaro qonunbuzilishni bildirib, jamiyatda tartib va shaffoflikni mustahkamlashga hissa qoʻshishi mumkin. Lekin, afsuski, ayrimlar bu imkoniyatni “oson daromad” manbai deb tushunib, rost bilan yolgʻonni aralashtirib yuborishmoqda.
Jizzax shahridagi fuqaro A.X. ham ana shunday “faollar”dan biri boʻlib chiqdi.
U savdo nuqtalariga kirib, chek berilmadi, qonun buzildi deya ketma-ket murojaatlar yozavergan. Shunchalik koʻpki, hatto soliqchida ham “bu yerda nimadir notoʻgʻri” degan his paydo boʻlgan.
Soliq idorasi xodimi uni hurmat bilan chaqirib, “faollik ham meʼyor bilan goʻzal” deb tushuntirgan. Ammo bizning “qahramon” buni boshqacha tushunibdi: murojaatni kamaytirish uchun “kichikgina ragʻbat” — 10 million soʻmlik telefon soʻragan.
Mana shu yerda hayotning yumori boshlanadi: u boshqalarni “qarmoqqa ilintirmoqchi” edi, ammo oʻzi ilon deb oʻylagan narsa qarmoq boʻlib chiqdi. Soliqchi vaziyatni toʻgʻri baholab, tegishli idoralarga xabar berdi.
Va “murojaat ustasi” Jizzax shahar IIB hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida pora olayotgan paytida qoʻlga tushdi.
Biz koʻpincha davlat xizmatchisi pora olsa, qattiq norozilik bildiramiz — bu toʻgʻri. Ammo fuqaro pora talab qilsa-chi? Bu ham oʻsha tanganing ikkinchi tomoni emasmi? Adolat — bir tomonlama emas, u ikki tarafga ham bir xil qaraydi.
Xulosa oddiy, lekin oʻylantiradi: qonunni aldashga urinish — xuddi soyadan qochishdek. Qancha tez yugurmang, u sizdan uzoqlashmaydi. Balki toʻxtab, yuzma-yuz qarashgan maʼquldir. Shunda ham kulgudan, ham xulosadan nasibador boʻlamiz.
Ogoh boʻling odamlar!!!
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 24, 12:18
Media unavailable
3
2
Show in Telegram


Navoiylik o‘quvchilar “Soliq bilimlari – yosh avlodga” tanlovi finalida
munosib qatnashdi
🔼
“Soliq bilimlari – yosh avlodga”
respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida Navoiylik o‘quvchilar ham faol qatnashib, yuqori bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Tanlov davomida ular soliq tizimi, iqtisodiy savodxonlik va huquqiy bilimlar borasida o‘z iqtidorlari bilan ajralib turishdi.
🔼
Bugun tanlovning final bosqichida munosib qatnashgan Navoiylik o‘quvchilar Soliq qo'mitasi raisi nomidan rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
🔼
E'tirof etish lozim ushbu tanlov yoshlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish, ularda soliq madaniyatini shakllantirish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
📱
http://t.me/nvsoliqnews

April 24, 10:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Soliqchi — qonunga tayanadi.
Har bir qaror — qonun asosida.
Har bir qadam — xalq manfaati yo‘lida.
Ular xizmat qiladi.
Fidoiylik bilan.
Sadoqat bilan.
Xalq uchun.
Kelajak uchun!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

April 23, 07:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hammasi oʻzimizdan boshlanadi!
Soliq — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat oldidagi ongli tanlovdir. Har bir toʻlangan soliq — bu ravnaq topayotgan iqtisod, barpo etilayotgan infratuzilma va kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyat demakdir.
Qonunga hurmat, halollikka sadoqat va fuqarolik masʼuliyati — yuksak soliq madaniyatining poydevoridir. Biz qanday boʻlsak, jamiyat ham shunday shakllanadi.
Unutmaylik: farovon kelajakka qoʻyilgan har bir qadam — bugungi ongli qarorlarimizdan boshlanadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 22, 12:12
Media unavailable
2
Show in Telegram


OAV Biz haqimizda



telekanalining
"Joyida"
axborot dasturida Navoiy viloyat soliq boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha tashkil etilgan targ'ibot tadbiri haqida lavha efirga uzatildi.
📱
http://t.me/nvsoliqnews

April 22, 06:56
Media unavailable
3
Show in Telegram

📺
OAV Biz haqimizda
🏐
Navoiy viloyati soliq boshqarmasida haftaning seshanba va jumasi
Sport
kuni. Shu munosabat bilan tashkil etilgan
"Boshqarma boshlig'i kubogi"
uchun voleybol musobaqasi haqida Navoiy teleradiokanalining
"Diyor"
axborot dasturida reportaj efirga uzatildi.
📱
http://t.me/nvsoliqnews

April 22, 06:56
Media unavailable
3
2
Show in Telegram


E’tirof- har qanday xodim faoliyati uchun munosib rag‘bat
▶️
Soliq qo‘mitasida joriy etilgan zamonaviy KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimi asosida xodimlar faoliyati muntazam baholab borilmoqda. Mazkur tizim orqali har bir xodimning ish natijadorligi, tashabbuskorligi hamda xizmat vazifalarini bajarishdagi samaradorligi aniq mezonlar asosida tahlil qilinadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, soliq organlarida faoliyat yuritayotgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega 30 nafar xodimdan iborat TOP-30 ro‘yxati shakllantirildi. E’tiborlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatda Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo'limi boshlig'i o'rinbosari
Ravshan Rahmonov
ham bor. Bu esa hududlarda olib borilayotgan islohotlar, xodimlar malakasini oshirish va samaradorlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
▶️
KPI tizimi xodimlarni rag‘batlantirish, ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda soliq organlari faoliyatining shaffofligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar esa boshqalar uchun ibrat bo‘lib, tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
▶️
Soliq qo‘mitasi kelgusida ham ushbu tizimni takomillashtirib borish, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda soliq xizmatlari sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratadi.
📱
http://t.me/nvsoliqnews