Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mirzayev's Mind

odilbekmirzayev
Founder, CVO at PDP EcoSystem ▪️ Ecosystem builder ▪️ Entrepreneur ▪️ Visioner Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fate Favors the Brave! Murojaat uchun: @Odilbek_Mirzayev_aloqabot
Subscribers
1 345
24 hours
-3
30 days
4
Post views
387
ER
28,77%
Posts (30d)
13
Characters in post
871
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Male
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 27, 04:49

Maktabda töğri tizim quriş maktab binosini qurişdan ham murakkabroq!
Bino quriş uçun loyiha, mablağ, quriliş materiallari va malakali mutaxassislar kerak. Ta’lim va tarbiya tizimi uçun esa bundan ham köproği talab etiladi. Uning loyihasi aniq maqsad, poydevori kuçli qadriyatlar, karkasi töğri metodologiya. Uni professional jamoa quradi, samarali boşqaruv uşlab turadi, doimiy takomillaşuv esa yaşatib boradi.
Binoning mustahkamligini muhandislar hisoblab beradi. Ta’lim tizimining mustahkamligi esa har kuni sinfxonada sinaladi: öqituvçining darsida, öquvçining fikrlaşi va xulq-atvorida.
Binoni qurib bitiriş mumkin. Haqiqiy ta’lim tizimini quriş esa heç qaçon töxtamaydi.
Çunki maqsadimiz şunçaki çiroyli maktab quriş emas.
Maqsadimiz mustaqil fikrlaydigan, bilimli, tarbiyali va mas’uliyatli avlodni voyaga yetkazadigan tizim yaratiş.
Blog:
@OdilbekMirzayev

October 26, 03:47

IMAN Invest atrofidagi vaziyat haqida
Kecha Mahmud Usmon domla IMAN Invest kompaniyasining faoliyati yuzasidan qilgan chiqishi, tabiiyki, kompaniyaga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan minglab odamlarni xavotirga solishi mumkin.
Menimcha, hozir eng muhimi — odamlar vahimaga berilib, shoshilinch qarorlar qabul qilmasligi.
Moliyada «bank run» degan tushuncha bor. Ya'ni ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida o‘z pullarini qaytarib olishga urinadi. Bunday vaziyatda hatto yaxshi ishlayotgan kompaniya ham jiddiy moliyaviy qiyinchilikka duch kelishi, oxir-oqibat bankrot bo‘lishi mumkin. Chunki investorlarning pullari odatda naqd holda saqlanmaydi, balki turli savdo va investitsiya faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Eng yomoni, bunday vaziyatda birinchi bo‘lib kelganlar pullarini qaytarib olishga ulgurishi, qolganlarga esa mablag‘ yetmay qolishi mumkin.
Musulmon inson faqat o‘z manfaatini o‘ylamasligi, boshqalarning haqqini ham hisobga olishi kerak. Albatta, har kim o‘z mulkini himoya qilishga haqli. Lekin vahima bilan qilingan qarorlar ba'zan o‘zimizga ham, boshqalarga ham zarar yetkazishi mumkin.
Agar kompaniyaning asosiy faoliyati sog‘lom bo‘lsa, rahbariyat halol va mas'uliyat bilan ishlasa, ayrim moliyaviy qiyinchiliklarni vaqt o‘tishi bilan bartaraf etish mumkin. Buning uchun esa investorlarda ishonch saqlanishi va kompaniya rahbariyati bu ishonchni amaliy ishlari bilan oqlashi zarur.
Shu bilan birga, bildirilgan ayblovlarni ham e'tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Ular xolis va mustaqil tekshirilishi kerak.
IMAN Invest rahbariyatining yangi Shariat kengashini tuzish va mustaqil shar'iy tekshiruv o‘tkazish tashabbuslarini ijobiy baholayman. Lekin, nazarimda, buning o‘zi yetarli emas.
Kompaniya rahbariyatiga yana uchta muhim taklifim bor:
Birinchidan,
xalqaro miqyosda obro‘-e'tiborga ega mustaqil auditorlik tashkilotini jalb qilib, kompaniyaning moliyaviy faoliyatini chuqur tekshirtirish kerak (Big Four). Ayniqsa, investorlarning pullari qayerga va qanday sarflangani, mablag‘larni noqonuniy ishlatish yoki o‘zlashtirish holatlari bo‘lgan-bo‘lmagani aniqlanishi lozim.
Ikkinchidan
, kompaniya faoliyatini nazorat qiladigan, rahbariyatdan mustaqil bo‘lgan kamida uch nafar tajribali mutaxassisdan iborat Kuzatuv kengashini tashkil etish zarur (Mustaqil direktorlar ishtirokida).
Uchinchidan
, kompaniya moliyaviy hisobotlari, mustaqil tekshiruv xulosalari va faoliyatidagi muhim o‘zgarishlarni investorlar uchun muntazam ochiq e'lon qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yishi kerak (Shaffoflik tamoyili).
Zero, odamlar o‘z pullari qayerda, qanday ishlatilayotgani va qanday daromad keltirayotganini bilishga haqli.
Oddiy investorlarga esa maslahatim — vahimaga tushmang, ammo befarq ham bo‘lmang. Hozircha yangi sarmoya kiritishga shoshilmang. Mavjud mablag‘ingizni qaytarib olish masalasida esa shartnomangiz va shaxsiy moliyaviy holatingizni hisobga olib qaror qiling. Kompaniya rahbariyatining keyingi qadamlarini, ayniqsa mustaqil tekshiruv natijalarini diqqat bilan kuzatib boring.
Bu masala faqat bitta kompaniyaning taqdiri bilan bog‘liq emas. O‘zbekistonda endigina rivojlanayotgan islom moliyasi xizmatlariga bo‘lgan ishonch ham muhim.
Shariatga muvofiq ishlash boshqa masala, odamlarning mablag‘larini halol, oqilona va mas'uliyat bilan boshqarish boshqa masala. Aslida, islom moliyasi bilan shug‘ullanadigan tashkilot ikkalasiga ham birdek e'tibor berishi kerak.

October 24, 16:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

1️⃣
PDP school — sifatli ta'lim, malakali o'qituvchilar bilan
Bugun maktabimiz o'qituvchilari uchun professional mutaxassis
Feruza Tursunova
boshchiligada maxsus seminar tashkil etildi.
Bu kabi seminarlar o'qituvchilarimizning bilim va malakasi yanada yuqori bo'lishiga hamda ta'lim sifati yanada oshishiga sabab bo'ladi.
💬
Telegram
|
📹
Instagram
|
📹
YouTube

October 24, 04:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Ta’lim tizimining sifati uning öqituvçilari sifatidan yuqori böla
olmaydi.»
McKinsey, 2007

October 24, 03:03

Jamiyatning özgarişi va taqdiri ikki muhim institutga boğliq:
birinçisi — oila, ikkinçisi — maktab.
Xalqning kelajagini özgartirişda esa ikki muhim şaxsning örni beqiyos:
oilada — ona, maktabda — öqituvçi!
Blog:
@OdilbekMirzayev

October 23, 07:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Boşlanğiç hissiyot kompyuterimga virus tuşib qolgandek :)
Blog:
@OdilbekMirzayev

October 23, 04:39

Farzandingizni «parnik»da katta qilmang!
Parnikda ösgan köçatni bilasiz: issiq, şamol yöq, suvi vaqtida. Lekin uni birdaniga oçiq dalaga ekib qöysangiz, köpinça birinçi şamoldayoq sinadi. Şuning uçun tajribali boğbonlar köçatni kunda bir-ikki soatdan taşqariga çiqarib, asta-sekin oçiq havoga örgatadi. Botanikada buning ilmiy nomi ham bor:
tigmomorfogenez
. Şamol va taşqi ta’sir ösimlik poyasini yöğonroq va mustahkamroq qiladi. Ya’ni qarşilik ösimlikka ziyon emas, ösiş uçun signal!
Bolalar ham xuddi şunday.
Köp hollarda, asosan onalarimiz (ba’zan otalar va buvilar ham), farzandga bölgan mehri sabab uning mas’uliyatini özlari olib qöyadi. Muammolarini özi hal qilişga qöyib berişmaydi.
Maktabdagi muammolarini özi hal qiladi.
Farzandi unutgan narsalar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi.
Har qanday qiyinçilikdan himoya qilişga urinadi.
Ilm bu haqda nima deydi?
🔬
«Vertolyot ota-onalar» tadqiqoti, AQŞ, 2014.
18–23 yoşli 297 nafar talabadan aynan onalarining tarbiya uslubi haqida söralgan. Ota-onasi hamma narsani nazorat qilgan talabalarda depressiya darajasi sezilarli yuqoriroq, hayotdan qoniqiş esa pastroq çiqqan. Olimlar buning asosiy sababini şunday tuşuntiradi: bu talabalarda ikki asosiy psixologik ehtiyoj qondirilmagan. Biri “özim qaror qilaman” (
avtonomiya
), ikkinçisi “men uddalay olaman” (
kompetentlik
) hissi.
🔬
Albert Bandura, Stenford universiteti.
Uning “self-efficacy” nazariyasiga köra, insondagi “qölimdan keladi” degan işonçning eng kuçli manbai nasihat ham, maqtov ham emas. Bu işonç özi qilib körib, uddalagan tajribadan tuğiladi. Demak, bola uçun biz qilib bergan har bir iş unga jim, lekin aniq xabar yetkazadi: “Sen buni eplay olmaysan.”
Lekin öz holiga taşlab qöyiş ham yeçim emas
!
Bu “bolani tinç qöying” degani emas. Psixolog Diana Baumrind tadqiqotlaridan beri ma’lum: eng yaxşi natija qattiq boşqaruvda ham, erkin qöyib yuborişda ham çiqmaydi. U mehr, aniq çegara va doimiy kuzatuv birga kelgan oilalarda çiqadi. 422 nafar bolani 8 yil kuzatgan Minnesota universiteti olimi Nicole Perry ham ota-onaning roli muhimligini alohida ta’kidlagan. Bolaga u özi eplay oladigan vaziyatni taniydigan, qiyinçilik bola kuçidan oşganda esa yöl körsatadigan ota-ona kerak.
Farq şunda: kuzatuv bolani körib turiş, boşqaruv esa bola örniga yaşaş. Hammasini özingizga olmang. Bola öz muammosini özi hal qilişni örgansin, siz esa yonida turing.
Xulosa oddiy:
mas’uliyat tuğma xislat emas
, maşq bilan şakllanadigan könikma. Mas’uliyati olib qöyilgan bola mas’uliyatsiz bölib tuğilmagan.
U şunçaki buni maşq qiliş imkonini olmagan
.
Mehr farzandning yölidagi har bir toşni olib taşlaş emas. Mehr unga toşdan oşib ötişni örgatiş.
Farzandga yölni tayyorlamang, farzandni yölga tayyorlang.
📚
Manbalar:
Perry N.B. va boşq. (2018). Developmental Psychology, 54(8)
Schiffrin H.H. va boşq. (2014). Journal of Child and Family Studies, 23
Baumrind D. (1966). Child Development, 37(4)
Bandura A. (1997). Self-Efficacy: The Exercise of Control
Jaffe M.J. (1973). Thigmomorphogenesis. Planta
@OdilbekMirzayev

October 21, 13:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugundan yangi özbek alifbosiga ötdim.
Blog:
@OdilbekMirzayev

October 21, 03:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
Til — millatning qalbi!
Har birimizning ilk so‘zimiz, bolalik xotiralarimiz, onamiz aytgan allalar ona tilimiz bilan bog‘liq.
O‘zbek tili — shunchaki muloqot vositasi emas, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan boylik.
💙️
️
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
PDP School
jamoasi ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatini ushbu video orqali ifoda etishdi.
Ona tilimiz bor ekan, millatimizning ovozi hamisha barhayot!
💬
Telegram
|
📹
Instagram
|
📹
YouTube

October 21, 03:44

Oʻzini hurmat qilgan inson oʻz tilini ham hurmat qiladi. Oʻzbek tili bayrami muborak!
Blog:
@OdilbekMirzayev