Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Odiljon Tojiyev

odiljon_tojiyev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruv raisi Odiljon Tojievning rasmiy kanali https://taplink.cc/odiljon.tojiyev
Subscribers
1 998
24 hours
-6
30 days
-343
Post views
8 917
ER
446,3%
Posts (30d)
8
Characters in post
676
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
November 21, 13:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
ÖZMMA - GTA 6 TALQINIDA!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X

November 19, 12:24
Media unavailable
5
Show in Telegram

Dunyo bizni qaysi tilda o‘qiydi?
Bugun Toshkentdagi
Webster universitetida
bo‘ldik va hamkorlik memorandumini imzoladik.
Mamlakatimizda o‘zgarishlar tez kechyapti, islohotlar jadallashyapti. Ularni dunyoga birinchi qo‘ldan, sifatli va ishonarli yetkaza oladigan yosh jurnalistlar kerak. Dunyo esa bizni ko‘pincha ingliz tilida o‘qiydi.
Webster universiteti bilan aynan shu yo‘nalishda ishlashga kelishdik:
yosh jurnalistlar uchun qo‘shma loyihalar, qisqa muddatli o‘quv kurslari va dasturlar.
Maqsad ularga zamonaviy jurnalistika yo‘nalishlarini, ayniqsa ingliz tilidagi jurnalistikani o‘rgatish.
Chunki kadr tayyorlashda ta’lim va amaliyot bir-biriga yaqinlashganda natija yaxshi chiqadi.
O‘zbekiston haqidagi xabarni dunyoga xolis va birinchi qo‘ldan yetkazish o‘zimizga bog‘liq.
Buning uchun bu ishni puxta biladigan jurnalistlar safini kengaytirishimiz kerak.
Odiljon Tojiyev

November 18, 10:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Uzoq yillar davomida Davlat bayroğini asosan rasmiy binolarda körardik.
2023-yilda qonunga kiritilgan özgartirişlar bilan har bir fuqaro bayroqni uyiga osib qöyişi va
undan kundalik hayotda hurmat bilan foydalanişi
mumkin böldi.
Davlat öz ramzini fuqarosiga işonib topşirdi.
Bayroqni öz uyiga osgan odam unga çetdan qaramaydi, özinikidek asraydi.
Vatanparvarlik ana şunday kiçik odatlardan boşlanadi.
Bugun Davlat bayroğimiz qabul qilinganiga 35 yil töldi.
Barçamizga bu kun muborak bölsin!
Odiljon Tojiyev

November 06, 12:42
Media unavailable
4
Show in Telegram

Ekologiya faqat mutaxassislarning mavzusi emas
Bolaligimizda kattalar ariqdagi suvni bekorga oqizmaslikni, hovliga daraxt ekishni o‘rgatishardi. Ular buni “ekologiya” demasdan, shunchaki odob, madaniyat, hayot qoidasi deb bilishardi.
Bugun bu mavzu murakkab atamalar bilan aytiladi:
iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini boshqarish.
Mohiyati esa o‘sha-o‘sha: farzandlarimizga qanday tabiat qoldiramiz?
Shu haqda bugun BMT Taraqqiyot dasturi(UNDP)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii xonim bilan suhbatlashdik. UNDP bilan imzolagan memorandumimizni qanday qilib aniq ishga aylantirish mumkinligini gaplashdik.
Fikrlarimiz uchta g‘oya atrofida jamlandi:
“Yashil loyihalar” uchun media paketi, iqlim, suv va ekologiyaga bag‘ishlangan hujjatli filmlar va reportajlar, ekologik jurnalistika tanlovi.
Nega aynan media?
Mutaxassis o‘z sohasini o‘rganadi, muammo bor bo‘lsa uni aniqlaydi, jurnalist esa shu narsani odamlarga tushuntiradi.
Hisobotdagi raqamni oddiy oilaning hayotiga bog‘lab beradigan kishi ham jurnalist.
G‘oyalarni aniq loyihalarga aylantirishga kelishib oldik.
Odiljon Tojiyev

November 04, 09:40

Media uchun eng katta kapital bu auditoriya ishonchi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent…

November 04, 07:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Media uchun eng katta kapital bu auditoriya ishonchi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan
“O‘zbekistonda media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot”
o‘tkazildi.
So‘rovni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazi 8–19 sentabr kunlari barcha 14 hududda 1 411 kishi ishtirokida o‘tkazdi.
Juda muhim mavzu.
Natijalarga ko‘ra, yangilik olishda Telegram yetakchilik qilmoqda.
Ko‘pchilik bir nechta manbadan foydalanadi: respondentlarning 51,6 foizi yangilikni Telegramdan, 44,6 foizi televideniyedan, 41,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan oladi.
Ammo raqamlar tahlilida ahamiyatli jihat bor. Televideniyega respondentlarning 44,3 foizi ishonadi, Telegram-kanallarga esa 11,3 foizi.
Ya’ni raqamli platformalar rivojlanayotganiga qaramay, televideniyega ishonch yuqori.
Auditoriya afzal ko‘radigan telekanallar qatorida Milliy TV va O‘zbekiston 24 bilan birga a
ssotsiatsiyamiz a’zolari Zo‘r TV va Sevimli TV
ham bor. Demak,
xususiy media ham katta auditoriya uchun raqobatlasha oladi.
Ko‘p o‘qilish hali ishonch degani emas.
Bu farq har bir tahririyat uchun o‘ylab ko‘rishga arziydigan savol.
Odiljon Tojiyev

November 02, 14:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

Pekin
|
28-30 oktabr, 2026
Odiljon Tojiyev

November 02, 09:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Raqamlar va g’oyalar
Pekin safari yakunlandi. Endi navbat bo‘lib o‘tgan ishlarni tahlil qilishga.
Har qanday islohotni ikki narsa orqali baholash mumkin: natijasi va uni harakatga keltirgan g‘oya. Raqamlar taraqqiyot natijalarini ko‘rsatadi, g‘oyalar esa uning yo‘nalishini belgilaydi.
Pekinda
Prezidentimizning “
O‘zbekiston: barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida
” kitobining xitoy tilidagi nashri taqdimotida xitoylik hamkasblarimiz oldida aynan shu fikrni ilgari surdim.
Davlatimizning natijalarini hamma biladi.
O’tgan yili iqtisodiyot 7,7 foiz o’sdi, yalpi ichki mahsulot 147 milliard dollardan oshdi. Kambag’allik 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi, birgina 2025-yilda 1 435 ta mahalla kambag’allikdan xoli bo’ldi.
Lekin chetdan kuzatayotgan odamga raqamning o’zi ko’p narsa aytmaydi. U o’sish qayerga yo’naltirilganini va qarorlar qanday mantiq bilan qabul qilinganini bilmoqchi bo’ladi.
Statistikada bu savolga javob yo'q.
Bu mantiq kitobdagi “inson - jamiyat - davlat” tamoyilida aniq ko’rinadi.
Bu tartib 2023-yilgi Konstitutsiyaga asos qilib olingan. “Tashabbusli byudjet” esa shu tamoyilning amaldagi ko’rinishi: byudjetdan qaysi yo’l yoki maktab ta’mirlanishini odamlarning o’zi ovoz berib hal qiladi.
Mamlakatni raqamlar orqali bilish mumkin, uni tushunish uchun esa g’oyalarini o’qish kerak. Xitoylik o’quvchi endi bu imkonga ega.
Odiljon Tojiyev

October 21, 07:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun - 21-oktyabr, O‘zbek tili bayrami kuni.
1989-yilning shu kunida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi.
Bu qaror o‘z davrida katta jasorat talab qilgan, uning ortida fidoyi ziyolilarimizning yillar davomidagi kurashlari turibdi.
Har bir xalq dunyoni o‘z tili orqali ko‘radi va anglaydi.
“Ko‘ngil”, “uyat”, “bag‘rikenglik”
kabi so‘zlarimizni boshqa tilga to‘liq tarjima qilish qiyin. Chunki ularda
xalqimizning ming yillik hayot tajribasi, qadriyatlari va fe’l-atvori
bor.
Tilni yo‘qotgan xalq o‘z xotirasidan ham mahrum bo‘ladi. Ajdodlarimiz asrlar osha asrab kelgan bu merosni bekam-u ko‘st kelajak avlodga yetkazish bugun bizning zimmamizda.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman!
Odiljon Tojiyev

October 21, 05:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qonun tilini bilasizmi?
“
Deputatlar nima deydi?
” Telegram kanali bayram munosabati bilan qisqa test tayyorlabdi.
Testdagi so‘zlarning bir qismi parlament va qonunchilik atamalari, bir qismi esa kundalik hayotda ishlatiladigan, o‘zbekcha muqobili bor so‘zlar.
Javobdan keyin so‘zning ma’nosi va qaysi tildan kelib chiqqani ko‘rsatiladi.
Test oxirida esa natijangizga qarab unvon ham olar ekansiz.
Bilimingizni tekshirib ko‘rishni tavsiya qilaman
👇
Testni boshlash
Odiljon Tojiyev