Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Odiljon Tojiyev

odiljon_tojiyev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojievning rasmiy kanali https://taplink.cc/odiljon.tojiyev
Подписчики
2 556
24 часа
30 дней
-33
Просмотры
1 135
ER
44,41%
Посты (30д)
12
Символов в посте
956
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 17, 13:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bizga qo‘shnilarimiz haqida kim gapirib beryapti?
Markaziy Osiyoda siyosiy kelishuvlar, chegaralar ochilishi va iqtisodiy o‘sish - bularning hammasi muhim.
Va davlatlar darajasidagi bu yutuqlarning eng mustahkam poydevori xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy va chinakam ishonch.
Samarqandda o‘tayotgan
Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida
aynan shu masala ko‘tarildi.
Bugun biz axborot emas, ishonch tanqisligi davrida yashayapmiz.
Bu sharoitda voqelikning buzib ko‘rsatilishi, manipulyatsiya va feyklar jamoatchilik fikriga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Masalaning yana bir o‘ta nozik tomoni bor.
Markaziy Osiyo aholisining o‘rtacha yoshi bor-yo‘g‘i 29 da.
Umumiy kelajagimiz mana shu raqamli avlodning qo‘lida. Biz ularga media orqali nimani taqdim etyapmiz?
Shuning uchun, biz mintaqa OAVlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida
doimiy ishlaydigan aniq mexanizm, qo‘shma media loyihalar va faktcheking
bo‘yicha tizimli hamkorlikni amalga oshirishimiz zarur.
Biz ilgari surayotgan mintaqaviy media hamkorlik turli xil qarashlar sof faktlarga tayanadigan, milliy manfaat va qadriyatlar hurmat qilinadigan maydon.
Davlat rahbarlari mintaqada devorlar o‘rniga ko‘priklar qurdi. Siyosat o‘z so‘zini aytdi.
Ana shu ko‘priklarni mustahkam ushlab turish media va jamiyatning yelkasidagi vazifa.
Odiljon Tojiyev

September 16, 11:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔥
“Media Akademiya” loyihasi doirasida “Rennesans” telekanalida “Sun’iy intellekt yordamida sifatli media-kontent ishlab chiqarish: g‘oyadan tayyor mahsulotgacha” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🔺
AI mutaxassisi
Umar Islomov
ishtirokidagi trening davomida sun’iy intellektning zamonaviy media va jurnalistikadagi imkoniyatlari, AI yordamida g‘oya va ssenariy ishlab chiqish, matn, vizual, audio hamda video kontent yaratish bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
🔺
Shuningdek, ishtirokchilar
to‘g‘ri prompt yozish, AI yaratgan kontentni tahrirlash, faktlarni tekshirish, media etikasi va axborot ishonchliligini ta’minlash
bo‘yicha tavsiya va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🔥
“Media Akademiya”
— zamonaviy media uchun yangi bilim, amaliy ko‘nikma va professional rivojlanish maydoni.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 16, 04:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham
vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “
Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham

ehhe

devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman:
“balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”
.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —
“non-stop”
rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi,
“bular menga suv ham bermaydi”
deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi:
“9 soat bo‘ldi”
.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리
문화
(ppalli-ppalli munhwa)
. Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti –
vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning
“shoshilmasdan shoshilish”
prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.

September 15, 15:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqand osmonida shaxmat timsollari
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi dron-shou bilan yanada yorqin tus oldi. Yuzlab dronlar osmonda shaxmat va olimpiada ramzlarini gavdalantirdi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 15, 13:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Samarqand xalqaro shaxmat olamining diqqat markazida
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu Olimpiadada dunyoning eng kuchli 3 ta jamoasidan biri sifatida bahsga kirishyapti.
Jahonning top-10 shaxmatchilari safida vakillarimiz borligi esa, yillar davomida qilingan mehnat va to‘g‘ri strategiya natijasi.
Aql va tafakkur bellashuvida natijani sokin o‘ylangan dono yurishlar hal qiladi. Shaxmat taxtasi qarshisida o‘tirgan har bir yoshimiz ortida butun bir elning ishonchi va duosi turibdi.
Strategiya aniq, maqsaddan chekinish yo‘q. Qat’iyat ва intellekt g‘alaba qozonsin.
Odiljon Tojiyev

September 15, 05:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanishi arafasida Samarqanddagi jarayonlar.
No Comment
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 03, 05:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yer yuzi aholisining
qariyb 42 foizini
qamrab olgan Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)
boshqa bloklarga qarshi qaratilmagani, ochiqligi va qarorlarning faqat konsensus asosida qabul qilinishi
bilan mintaqaviy blokdan xalqaro tizimdagi muvozanatning yangi kuch markaziga aylandi.
Davlatimiz o‘z milliy manfaatlarini qat’iy himoya qiladigan va yirik kuch markazlarini bir stol atrofida muvozanatda ushlab tura oladigan kuchli, pragmatik va mustaqil siyosat yuritib kelyapti.
Odiljon Tojiyev

August 31, 05:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Odiljon Tojiyev

August 28, 17:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
da
Milliy media assotsiatsiyasi
a’zosi bo‘lgan nodavlat teleradiokanal va OAVlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh hamkasblarimizga “
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi
” esdalik ko‘krak nishonlarini topshirdik.
Bugungi kunda
jamoatchilik bilan muloqotda, xolis axborot yetkazishda
aynan nodavlat medianing o‘rni har qachongidan muhim bo‘lib boryapti.
Nodavlat media odamlarning dardi, taklifi va muammosi erkin aytiladigan, ochiq muloqot kechadigan jonli maydonga aylangan.
Bunday muhitni esa aynan o‘z kasbiga sadoqatli media vakillari yaratyapti.
E’tirofga sazovor bo‘lgan barcha kasbdoshlarimizni tabriklayman.
Qalamingiz doimo o‘tkir bo‘lsin.
Odiljon Tojiyev

August 28, 10:35
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Milliy media assosiatsiyasiga a’zo nodavlat teleradiokanallar va OAV vakillaridan bir guruhi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi»
esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Oliy Majlis qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Assosiatsiya boshqaruv raisi Odiljon Tojiyev soha xodimlarining mamlakat media makonidagi o‘rni va fidoyi mehnatini alohida e’tirof etdi. Shundan so‘ng Vatanimiz taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol ijodkorlarga esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning eng qaynoq lahzalarini yuqoridagi suratlarda ko‘rishingiz mumkin.
Barcha taqdirlangan qadrli kasbdoshlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ijodingiz hamisha sermazmun, qalamingiz har doim o‘tkir bo‘lsin!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|