Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Оhangaron shahar hokimligi

ohangaronshahar
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Hokimlikka murojaat uchun bot: @ohangaronshbot Veb-sayt: https://gov.uz/oz/ohangaronshahar Facebook: https://www.facebook.com/share/1CGHPJ8rdZ/ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCKuZbzYW0w5bsayPHUNo9ZA
Subscribers
6 205
24 hours
-14
30 days
6
Post views
835
ER
13,46%
Posts (30d)
482
Characters in post
1 187
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 10, 13:55
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Bolalar masalalari bo‘yicha Ohangaron shahar milliy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning
10-sentabr kuni
shahar hokimligi binosida shahar hokimi
Sadriddin Shoqosimov
raisligida
Bolalar masalalari bo‘yicha shahar Ohangaron milliy komissiyasining yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida 1-, 3- va 4-umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan kiritilgan, voyaga yetmaganlarni ta’limga jalb etish hamda ularning chet davlatga chiqishi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalalar komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, har bir holat yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, maktabga jalb etish hamda chet davlatga chiqishi bilan bog‘liq masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 13:33
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#SESSIYA
🇺🇿
Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Kengash deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga
2 ta muhim masala
kiritilib, ular deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
1️⃣
Ohangaron shahrida Tashabbusli budjetning 2026-yil 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllangan hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra
Openbudget.uz
tizimida “g‘olib” deb topilgan takliflarni tanlab olish va ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
Mazkur masala yuzasidan
Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari
Sh. Abdusattarov
ma’ruza qildi.
2️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi KQ-379-V-sonli qaroridan kelib chiqib, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2023-yil 25-iyuldagi “Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-59-24-10-214-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar inobatga olinib, muhokamalar yakunida har bir masala bo‘yicha
tegishli qarorlar qabul qilindi
.
Sessiya yakunida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibining hamda
Sanoq komissiyasi raisining axborotlari
eshitildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦

YouTube
🟥
Instagram
🌐
Facebook

September 10, 12:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Yoshlar_bandligi
#Kambagallikni_qisqartirish
Ohangaron shahrining bandligi ta’minlanmagan yoshlar va xotin-qizlar shahrimizdagi yirik sanoat korxonasiga olib borildi.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 11:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Yil o‘qituvchisi — 2026”
Shunday kasblar borki, ularda qalbsiz ishlashning iloji yo‘q. O‘qituvchilik ana shunday kasblardandir.
“Ohangaronsement” MCHJ tashabbusi bilan Ohangaron shahri maktablari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil o‘qituvchisi — 2026” an’anaviy tanloviga start berilganini e’lon qilamiz.
Bu shunchaki professionallik va bilim sinovi emas. Bu — har kuni bolalarga dunyoni kashf etishga, o‘zlariga ishonishga, xatolardan cho‘chimaslikka va yuksak marralarni ko‘zlashga ko‘maklashadigan insonlar haqidagi tanlovdir.
Bunda pedagogik mahorat, bolalarga mehr, g‘ayrat-shijoat, ijodkorlik, zamonaviy g‘oyalar va ilhomlantirishga bo‘lgan samimiy istak muhim ahamiyatga ega.
Ishonamizki, har bir maktabning o‘z Bosh harflar bilan yoziladigan O‘qituvchisi bor. Uning darslari yodda muhrlanadi, so‘zlari dalda bo‘ladi, bolalarga munosabati esa butun bir hayotni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Biz aynan shunday ustozlarni ko‘rishni, eshitishni, qo‘llab-quvvatlashni va ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildirishni istaymiz.
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
Arizalar 2026-yil 30-sentyabr soat 23:00 gacha qabul qilinadi.
Arizalarni quyidagi usullarda topshirish mumkin:
- maktab ma’muriyati orqali;
- shahar xalq ta’limi bo‘limi va hokimlik orqali;
- “Ohangaronsement” MCHJ ma’muriyatiga shaxsan topshirish orqali;
- bevosita tanlov tashkilotchilariga.
Maktablardan kelib tushadigan arizalar soni cheklanmagan.
To‘ldirilgan anketani quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
📧
K.Svetlana@akhancem.uz
📧
Rahimberdieva.M@akhancem.uz
yoki Telegram orqali:
📱
+998 93 007 87 80
📱
+998 50 554 63 68
Rus va o‘zbek tillaridagi anketani hamda tanlov Nizomini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin:
https://drive.google.com/drive/folders/1DUjyL6SS9HOhy2JMVmsncHdMAXzlJFqV?usp=sharing
Keling, Ohangaronning yorqin, dono, ijodkor va ilhomlantiruvchi o‘qituvchilarini — yangi nomlarni birgalikda kashf etaylik!
“Yil o‘qituvchisi — 2026”
tanlovi har kuni eng muhim vazifani ado
etuvchi — farzandlarimizga o‘sishga, o‘ziga ishonishga va o‘z yo‘lini topishga yordam berayotgan insonlar haqidagi tarixga aylansin.

September 10, 11:38
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Ohangaron shahar FVB tomonidan taʼlim muassasalarida profilaktik oʻrganishlar oʻtkazilmoqda
​Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan hududdagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumtaʼlim maktablarida profilaktik koʻrik va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
​Oʻrganishlar davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratilmoqda:
- ​Muassasalardagi isitish qozonxonalari va tizimlarining texnik holati;
- ​Gaz va elektr uskunalari hamda tarmoqlarining xavfsizlik talablariga mosligi;
- ​Birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va ulardan foydalanish tayyorgarligi;
- ​Favqulodda vaziyatlarda koʻchirish (evakuatsiya) yoʻllarining ochiqligi hamda xavfsizligi.
​Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berilmoqda. Shuningdek, muassasa xodimlari va oʻqituvchilar bilan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tushuntirish-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 11:15
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Joriy yilning 10-sentabr kuni,
Payshanba — “Yoshlar kuni”
munosabati bilan
Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Saidxon Kamilxanov
tashabbusi bilan Ohangaron shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabining 10–11-sinf o‘quvchilari bilan
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!”
shiori ostida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi, kelajagi va jamiyatga yetkazadigan zararlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning turlari, ularning noqonuniy muomalasi hamda bunday holatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish lozimligi haqida tushunchalar berishdi.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 10:44
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Xonobod_MFY
#Yo
‘l_ta‘mirlash
🇺🇿
Bugun
shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov
"Xonobod" MFY hududidagi Shifokorlar ko‘chasida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
​O‘rganish davomida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi, lotok va bordyurlar o‘rnatish hamda yondosh kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha ketayotgan ishlarning sur’ati va sifati atroflicha tahlil qilindi.
​Shahar rahbari pudratchi va mas’ullarga yo‘l rekonstruksiyasini yanada jadallashtirish, barcha imkoniyatlarni safarbar etgan holda ishlarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash yuzasidan qat’iy topshiriqlar berdi.
​Shahrimiz mahallalarida infratuzilmani modernizatsiya qilish va yo‘l-kommunikatsiya tarmog‘ini yangilash ishlari nazorat ostida olib borilmoqda.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 09:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📹
#SESSIYA

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi
32-sessiyasi Jonli efirda uzatilmoqda.
JONLI EFIR
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦

YouTube
🟥
Instagram
🌐
Facebook

September 10, 09:15
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🧑‍💻
🧑‍💻
🧑‍💻
#Yoshlar_bandligi
Shahrimizdagi yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasidagi amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Berilgan topshiriqlarga muvofiq, mas’ul rahbarlar hamda bir guruh vaqtincha band bo‘lmagan yoshlar va xotin-qizlar shahrimizda faoliyat yuritayotgan 5 ta yirik sanoat zavodi hamda ishlab
chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi.
O‘tkazilgan amaliy tadbirda
65 nafar
yoshlar va xotin-qizlar korxonalarning ishlab chiqarish sexlarini bevosita ko‘zdan kechirib, u yerdagi texnologik jarayonlar, ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va maishiy qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Korxona mutaxassislari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mutaxassislikka qo‘yiladigan talablar hamda ajratiladigan ish haqi miqdori bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Amaliy muloqot va obyektlarni joyida o‘rganish natijasida bir qator yoshlar hamda xotin-qizlar o‘zlariga mos keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha ishga joylashish istagini bildirishdi.
Tanishuv jarayonida ushbu zavodlarda ishlash istagini bildirgan yoshlar va xotin-qizlarga korxona mas’ullari tomonidan ishga qabul qilish shartlari hamda talab etiladigan kerakli hujjatlar atroflicha tushuntirildi.
Tanishuv yakunlariga ko‘ra,
20 nafar fuqaro
o‘zlariga ma’qul kelgan yo‘nalishlar bo‘yicha darhol ishlash istagini bildirdi.
Shahrimizda aholi farovonligini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarning munosib mehnat qilishlari uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
‌‌
|Facebook

September 10, 08:44
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Murojaat
👮‍♀️
Ohangaron shahar prokurori Umarov Maxmud Madjidillayevichning shahar aholisiga
murojaati
Hurmatli Ohangaron shahar aholisi!
Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda har bir fuqaroning huquqiy madaniyati va jamiyat oldidagi mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Yosh avlod – mamlakatimiz kelajagi. Shu bois ularni to‘g‘ri tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, salbiy ta’sirlardan asrash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Shu munosabat bilan barcha ota-onalarni farzandlari tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor qaratishga, ularning kimlar bilan muloqot qilayotgani, qanday muhitda bo‘layotgani va bo‘sh vaqtini qay tarzda o‘tkazayotganini doimiy nazoratda ushlashga chaqiraman. Farzand taqdiriga befarqlik kelajakda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Shuningdek, shahrimizdagi har bir mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida doimiy ogohlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik birgalikda, hamjihatlikda ish olib borishi lozim.
Jinoyatchilikka qarshi kurash faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi emas. Bu – butun jamiyatning, har bir fuqaroning umumiy mas’uliyatidir. Faqatgina birdamlik, o‘zaro hamkorlik va ogohlik orqali yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlashga erishamiz.
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni qonunlarga hurmat bilan qarashga, jamiyatdagi tinchlik va tartibni asrashga, yoshlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslikka chaqirib qolaman. Birgalikda harakat qilsak, shahrimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yanada samarali natijalarga erishamiz.
Hurmat bilan,
Ohangaron shahar prokurori
Mahmud Umarov