
Оhangaron shahar hokimligi
Is gazi – körinmas qotil
Sovuq ob-havo şaroitida isitiş moslamalari, gaz va qattiq yoqilğidan foydalaniş kuçayişi natijasida is gazi (uglerod oksidi) bilan zaharlaniş holatlari yuzaga keliş xavfi ortadi. Mazkur gaz rangsiz va hidsiz bölib, inson salomatligi va hayoti uçun jiddiy xavf tuğdiradi.
Şu munosabat bilan, fuqarolardan quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etiş söraladi:
🔹
isitiş peçlari va gaz jihozlaridan faqat soz holatda foydalaniş;
🔹
möri va şamollatiş tizimlarini muntazam tekşirtirib boriş;
🔹
gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik;
🔹
yaşaş xonalarini belgilangan tartibda şamollatib turiş;
🔹
imkon qadar is gazi aniqlovçi moslamalar (datçiklar) örnatiş.
❗️
Unutmang, beparvolik oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Özingiz va yaqinlaringizni körinmas qotildan asrang!
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
⚖️
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH: AMALIYOT VA SAMARADORLIK
🏢
Toshkent viloyat sudida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan maqsadli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
⚡️
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari hamda sudyalar ishtirok etdi.
🔍
Seminar markazida bo‘lgan asosiy masalalar:
✅
Huquqni tiklash kafolatlari: Ayollarning buzilgan huquqlarini sud tartibida qayta tiklash va himoya qilishning eng samarali yo‘llari;
✅
Murojaat madaniyati va hujjatlashtirish: Sudga ariza va da’volarni kiritish, sud hujjatlarini qonun talablari asosida to‘g‘ri va kamchiliksiz rasmiylashtirish tartibi;
✅
Xatolar ustida ishlash: Ijtimoiy soha vakillari tomonidan amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan tipik kamchiliklar tahlili;
✅
Yagona amaliyot: Xotin-qizlar huquqlariga oid nizolar bo‘yicha bir xil va adolatli sud amaliyotini shakllantirish.
💡
Maqsad bitta: Mas’ul tashkilot vakillarining yuridik bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirish orqali, har bir muhtoj ayolga o‘z vaqtida, sifatli va malakali huquqiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashdir.
📌
Zero, xotin-qizlarning huquqiy himoyasi — kuchli va adolatli jamiyat poydevoridir.
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/toshkentviloyatisudlari
Prezidentimiz Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan film suratga olinayotgan pavilyonda bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил павильон, где снимается фильм о детстве Абу Али ибн Сины.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Davlatimiz rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan
tanishdi.
—
Глава нашего государства
ознакомился
со съемочной площадкой историко-художественного фильма «Хусайн», посвященного детству Абу Али ибн Сины.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#kino
#ibnSino
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Qabul_vaqti
Ohangaron shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan
Xalq qabulxonasi binosida
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkaziladi.
🗓
Fuqarolarni qabul qilish jadvali bilan tanishing!
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
|Facebook
#Doimiy_Komissiya
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
⚖️
Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida shahardagi kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot.
🫡
Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yilning 9 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli axborot va hisobotlar tinglanib, muhokama qilindi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya raisi va a’zolari tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, taqdim etilgan axborot va hisobotlar yuzasidan xulosa berildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida
“Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh”
bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi
yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti
tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi
ilk bor Toshkentda
o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa
Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida
oldinda hali ko‘p ishlar turganini
ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Mamlakatimiz yetakchisi o‘n yil oldin
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi
qanday ahvolda bo‘lganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan
studiyani tiklash va ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratishga
alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan
to‘liq rekonstruksiya qilindi.
So‘nggi o‘n yilda sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ikkita farmon va sakkizta qaror
qabul qilindi.
2016-yilda filmlar olish uchun davlat budjetidan
10 milliard so‘m
ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida
218 milliard so‘m
berildi.
Davlatimiz rahbari natijada
milliy filmlarimizning salmog‘i va sifati oshganini, sohaga o‘nlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini
ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida
kinoijodkorlar bilan uchrashuv
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda
milliy kino tariximiz, bir necha avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga ko‘chgan orzulari, intilishlari va armonlari mujassam
ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuy
bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz o‘z davrida
siyosiy va mafkuraviy bosimlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ijodkorlarimiz ana shunday milliy san’at asarlarini yarata olganini
tahsinga sazovor deb baholadi.
“O‘zbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi.
“Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “O‘tov”
singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
OHANGARON ShAHRIDA BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDAA "MAKTABLAR LIGASI” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Ohangaron shahrida
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida voleybol sport turi bo‘yicha
“Maktablar ligasi”ning
shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘quvchilar o‘zarо bellashib, mahorat va iqtidorlarini namoyish etdilar.
Bunday musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sogo‘lom turmush tarzini targib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qiladi.
🇺🇿
Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|
Instagram|
Youtube|
Vebsayt
|Facebook