
OLOT.UZ | Rasmiy kanal
📢
DIQQAT, HURMATLI FUQAROLAR!
Bugun 27 oktyabir kuni Olot tumanining quyidagi mahalla fuqarolar yig'inlarida aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib beriladi:
🔹
Jayxunobod MFY
🔹
Soinqorovul MFY
🔹
Katta bayot MFY
🔹
Usmonshayx MFY
🔹
Chovdur MFY
🔹
Muxtor MFY
✅
Gaz ballonini qabul qilishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qiling hamda ballonning texnik holatini tekshirib oling.
💳
To'lovlar faqat gaz ta'minoti korxonasi tomonidan berilgan maxsus ID-kartalar orqali amalga oshiriladi.
🤝
Mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ushbu xabarni qo'shnilar va yaqinlariga ham yetkazishlarini so'raymiz.
Gazdan oqilona va xavfsiz foydalaning!
https://t.me/olottumani
#Kun_hikmati
Oʻrganish hech qachon toʻxtamasligi kerak, chunki har bir yangi kunga yangi bilim kerak.
https://t.me/olottumani
📢
Viloyatimiz aholisi diqqatiga!
Joriy yilning 28–30-oktabr kunlari viloyatimiz hududida
"
Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash"
mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.
❗️
Hurmatli fuqarolar!
⚠️
O‘quv mashqlari davomida xotirjamlikni saqlashingizni, kuzatiladigan harakatlar va shartli vaziyatlardan vahimaga tushmasligingizni hamda ijtimoiy tarmoqlarda noto'g'ri ma'lumot tarqatmaslikni so‘raymiz!
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
DIQQAT, E’LON!
Olot tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ertaga 27-oktabr kuni “Navro‘z”, “Eski Olot”, “Bunyodkor” va “Xalifa” mahallalarida yangi tortilgan, diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yer usti gaz quvurini asosiy tarmoqqa ulash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan soat 08:00 dan 18:00 ga qadar mazkur mahallalardagi aholi xonadonida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholidan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olib, zarur choralarni oldindan ko‘rishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
https://t.me/olottumani
O‘zgarayotgan Olot yangi loyihalar, yangi imkoniyatlar.
https://t.me/olottumani
"Nurobod" mahallasida aholi daromadini oshirish va bandlikni ta’minlash va ijtimoiy masalalar o‘rganildi.
Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning turmush sharoitini yaxshilash hamda barqaror ish o‘rinlarini yaratish mahallabay ishlash tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun tumani hokimi Nargiza Nematova tomonidan "Nurobod" mahallasida aholi bandligi, daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar kompleks o‘rganildi.
"Nurobod" mahallasida 3 ming 25 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 866 ta oila va 603 dan ortiq xonadon mavjud. Ijtimoiy reyestrda 40 nafar fuqaro qayd etilgan bo‘lib, kam daromadli oilalar soni 21 tani tashkil etmoqda.
Mahallaning mavjud salohiyati va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik aholi daromadlarini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Ushbu sohalarni rivojlantirish orqali oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 193-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 33–35-sonli yig‘ilish bayonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xonadonbay yondashuv asosida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi va kam daromadli oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Chorva va parranda boqish, uy xo‘jaligini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali oilalar daromadini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Xonadonlarda yoqilg‘i zaxiralari, jumladan, ko‘mir va o‘tin, oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi, yashash sharoitlari hamda sovuq kunlarni betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va mavsumni betalafot o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tashrifa oilalarning daromadlarini oshirish, band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.
https://t.me/olottumani