
OLOT.UZ | Rasmiy kanal
#Kun_hikmati
Baʼzan baxt uchun koʻp narsa kerak emas. Oddiy kunlarning qadriga yetish, boriga shukr qilish va qalb xotirjamligini asrashning oʻzi kifoya.
https://t.me/olottumani
Apple Pay & Google Pay: how to use
Kartangizni Wallet’ga qöşing — tölovlar bir “tap” bilan amalga oşadi.
✔️
Apple Pay — iPhone va Apple Watch uçun
✔️
Google Pay — Android smartfonlar uçun
Step by step yöriqnoma — videoda
📹
🔗
Batafsil
Diqqat, yangi tanlov!
🌐
Özbekiston mahallalari uyuşmasi
va
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
hamkorligida
“Mahallada — Yangi Özbekiston nafasi”
körik-tanlovi e’lon qilindi.
🏆
Tanlov nominatsiyalari
:
➡️
Eng yaxşi teledastur;
➡️
Eng yaxşi radiodastur;
➡️
Eng yaxşi internet materiali;
➡️
Matbuotdagi eng yaxşi maqola.
Har bir nominatsiyada ğoliblar uçun mukofotlar:
1-örin — 20 000 000 söm;
2-örin — 15 000 000 söm;
3-örin — 10 000 000 söm.
🗓
Ijodiy işlar
2026-yil 15–30-oktabr
kunlari qabul qilinadi. Ğoliblar
noyabr oyida
e’lon qilinib, tantanali ravişda taqdirlanadi.
✉️
Ijodiy işlarni info@jurnalistlar.uz elektron manziliga yoki Telegram messenjerida +998 70 484-71-79 raqamiga oçilgan “Mahalla-2026” sahifasiga yuboriş söraladi.
☎️
Qöşimça ma’lumot uçun telefon:
(71) 244-64-62.
👉
Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
📱
Facebook
Olotda “Zulfiya” mukofoti uchun iqtidorli qizlar saralandi.
https://t.me/olottumani
🔵
Prezidentimiz Garvard mutaxassisi
Nilufar Qahhorovaga vazir maslahatchisi lavozimini taklif qildi
Garvard global markazi mutaxassisi, buxorolik shifokor Nilufar Qahhorova Prezidentimiz bilan uchrashuvda saraton kasalligini erta aniqlash dasturi natijalari va Toshkentdagi namunaviy poliklinika tajribasi haqida so‘z yuritdi.
U shifokorlar malakasini oshirish, farmasevtika sohasini rivojlantirish va genetik laboratoriya tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari unga Sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi lavozimini taklif qildi.
U esa: «Foydam tegsa, O‘zbekistonda qolaman», — dedi.
Ma’lumot uchun Nilufar Qahhorova buxorolik. 15 yildan ortiq qo‘shma shtatlarda faoliyat ko‘rsatgan xalqaro toifadagi mutaxassis Peshku tumanida tug‘ilgan.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
ZULFIYA MUKOFOTI: OLOTLIK IQTIDORLI QIZLAR SARALANDI
Mamlakatimizda iqtidorli, bilimli va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun tuman Ma’naviyat va ma’rifat maskanida tashkil etilgan tanlov yosh qizlarning ilm-fan, ta’lim, adabiyot, san’at, madaniyat, sport va jamoatchilik faoliyatidagi salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘ldi.
Tanlov tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Unda turli yo‘nalishlarda 41 nafar 14-30 yoshdagi xotin-qizlar o‘z bilimi, iste’dodi, ijodiy yondashuvi va faoliyati bilan ajralib turgan qizlar o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy ishlari, ilmiy izlanishlari, loyihalari, sahna chiqishlari, sportdagi yutuqlari va jamoatchilik faoliyati orqali hakamlar hay’atiga o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar.
Mazkur nufuzli mukofot yosh avlod vakillarini bilim olishga, yangilik yaratishga, ijod qilishga va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashi bilan alohida ahamiyatga ega. Tanlov davomida qizlarning Vatanga sadoqati, ma’naviy dunyosi, intellektual salohiyati va kelajakdagi ezgu maqsadlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Har bir ishtirokchi o‘z yo‘nalishida erishgan yutuqlari, izlanishlari va tashabbuslari bilan e’tiborga loyiq ekanini ko‘rsatdi. Zero, bugungi bilimli, iqtidorli va qat’iyatli qizlar ertangi kun taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan, yurtimiz ravnaqini yangi marralarga olib chiqadigan avloddir.
Tanlov yakunida 10 nafar faol va iqtidorli ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar endilikda viloyat bosqichida Olot tumani sharafini himoya qilish uchun bellashuvni davom ettiradilar.
Shubhasiz, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi yosh qizlarning o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘ldi.
https://t.me/olottumani
Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqçiman: va nihoyat, bugundan Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi.
—
Я рада поделиться хорошей новостью: сегодня в Узбекистане наконец заработали Apple Pay и Google Pay.